Мавзу: Металлар технологияси асослари
A - St.0, St.1, St.2, St.3, St.4, St.5, St.6; B -
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- St.3ps, B St. 3sp, St. 3kp
A - St.0, St.1, St.2, St.3, St.4, St.5, St.6;
B - B St.0, B St.1, B St.2, B St.3, B St.4, B St.5, B St.6; V - V St.2, V St.3, V St.4, V St.5. Barcha guruhlarga mansub 1, 2, 3 va 4 raqamli pо‘latlar qaynaydigan, oraliq va turg‘un, 5 va 6 raqamli pо‘latlar esa oraliq va turg‘un qilib tayyorlanadi. Pо‘latlarning markasidagi “St.” belgisi shu qotishmaning pо‘lat (stal) ekanligini, raqamlar esa (0...6) - pо‘latning tarkibi va mexanik xossalariga bog‘liq shartli raqamlardir. Pо‘latning qaytarilganlik darajasini kо‘rsatish uchun markaning oxirida kp - qaynaydigan, ps - oraliq va sp- turg‘un belgilari qо‘yiladi; masalan, St.3ps, B St. 3sp, St. 3kp va h.k. Oraliq pо‘latlarning tarkibida oshirilgan yoki kо‘paytirilgan marganes miqdori mavjud bо‘lsa, tegishli pо‘lat markasidan keyin G harfi qо‘shiladi, masalan, St. 3 Gps, B St.3 G ps, V St. 5 G ps. Marten va elektr pechlarida suyuqlantirib olinadigan qaynaydigan, oraliq va turg‘un sifatli pо‘latlar 10...20; 25...85 kabi markalanadi. Raqamlar yuzga bо‘linib pо‘lat tarkibidagi uglerod miqdori topiladi (0,1...0,2; 0,25...0,85 %). Kam uglerodli sifatli pо‘latlar (0,5...25 % S) ga termik ishlov berilmaydi, balki ular sementitlanadi. Ular yaxshi payvandlanadi va shtamplanadi. О‘rtacha 131 uglerodli pо‘latlar (30...55 % S) termik ishlov berilgan holatda ishlatiladi. 10...50 markali pо‘latlar sovuq holatda chо‘zilgan chiviqlar va aniq о‘lchamli simlar tarzida ishlatiladi. Uglerodli asbobsozlik pо‘latlari U7, U8, U8G, U9, U10, U11, U12,U13, U7A, U8GA, U10A, U9A, U11A, U12A, U13A kabi markalanadi. Bunday markalar tarkibidagi U harfi pо‘latning uglerodli ekanligini, raqamlar esa о‘nning bir ulushidagi uglerod miqdorini (foiz hisobida), G - pо‘lat tarkibida marganes miqdorining kо‘pligini, A - harfi pо‘latning yuqori sifatli ekanligini ifodalaydi.Uglerodli asbobsozlik pо‘latlardan ba’zilarining ishlatilishi 2- jadvalda keltirilgan. 2- jadval Pо‘lat markasi Ishlatilishi U7, U7A Turtki va zarblar ta’sirida ishlovchi, qattiqligi о‘rtacha, qovushoqligi yuqori bо‘lishi talab etiladigan asboblar va buyumlar (zubilolar, temirchilik bolg‘alari, shtamplar, tamg‘alar, masshtabli chizg‘ichlar, yog‘ochga ishlov beradigan asboblar, tokarlik stanoklarining markazlari, . . .) tayyorlashda ishlatiladi. U8, U8A, U8G Qattiqligi yuqori, qovushoqligi yetarli darajada bolishi talab etiladigan asbob va buyumlar (zubilolar, karnerlar, matritsalar, puansonlar, metall qirqadigan qaychilar, otveyortkalar, duradgorlik asboblari), о‘rtacha qattiqlikdagi burg‘ular tayyorlashda ishlatiladi. U9, U9A Bir oz qovushoq va yuqori darajada qattiq bolishi talab qilinadigan asboblar (karnerlar, shtempellar, tog‘ jinslariga ishlatiladigan zubilolar, duradgorlik asboblari) tayyorlashda ishlatiladi. U10, U10A Kuchli turtki va zarblar ostida ishlaydigan, bir oz qovushoq va yuqori darajada qattiq bо‘lishi talab etiladigan asboblar (randalash keskichlari, frezalar, metchiklar, razveyortkalar, plashkalar, tog‘ jinslari olishda ishlatiladigan burg‘ular, metall qirqadigan arralar, egovlar tayyorlashda ishlatiladigan zubilolar, dumalatish halqalari, kalibrlar, egovlar, taroqsimon asboblar) tayyorlashda ishlatiladi. U11, U11A, U12, U12A Qattiqligi yuqori bо‘lishi talab etiladigan asboblar (egovlar, frezalar, parmalar, ustaralar, plashkalar, soatsozlik asboblari, xirurgiya asboblari, metall qirqadigan arralar, metchiklar) tayyorlashda ishlatiladi. U13, U13A Nihoyatda qattiq bо‘lishi talab qilinadigan asboblar (ustaralar, shaberlar, chо‘zish asboblari, parmalar, egovlar tayyorlashda ishlatiladigan zubilolar) uchun ishlatiladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling