Мавзу: Металлар технологияси асослари


Uglerodli pо‘latlarning turlanishi va markalanishi


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Uglerodli pо‘latlarning turlanishi va markalanishi 
Rо‘latlar ishlab chiqarish usuliga, kimyoviy tarkibiga, qо‘llanilish sohasiga, 
qaytarilganlik darajasiga va strukturasiga kо‘ra turlanadi. 
Ishlab chiqarish usullariga kо‘ra pо‘latlar marten, kislorod-konvertor, 
bessemer, tomas va elektr pо‘latlariga bо‘linadi. 
Qaytarilganlik darajasiga kо‘ra pо‘latlar turg‘un, qaynamaydigan 
(spokoyniye), qaynaydigan (kipyashiye) va oraliq (poluspokoyniye) pо‘latlariga 
bо‘linadi. 
Kimyoviy tarkibiga kо‘ra kam uglerodli (0,3 % gacha), о‘rtacha uglerodli 
(0,4...0,6 % S) va kо‘p uglerodli (0,6 % dan kо‘p S ) turlariga bо‘linadi. 
Ishlatilish sohasiga kо‘ra konstruksion va asbobsozlik pо‘latlariga 
bо‘linadi. Konstruksion pо‘latlar о‘z navbatida qurilish (0,3 % gacha S) va 
mashinasozlik (0,5 % gacha S) pо‘latlari deb turlanadi. Asbobsozlik pо‘latlari 
tarkibida 0,6 % dan kо‘proq miqdorda uglerod bо‘lib, ular kesish va о‘lchov 
asboblari, hamda shtamplar tayyorlash uchun ishlatiladi. 

Sifatiga kо‘ra uglerodli pо‘latlar quyidagicha turlanadi: 

Oddiy sifatli (S ? 0,06 % ; R ? 0,04 % ) ; 

Sifatli ( S ? 0,04 % ; R ? 0,04 %) ; 

Yuqori sifatli (S ? 0,03 % ; R ? 0,03 %).
Yumshatilgan 
holatdagi 
strukturasiga 
qarab 
uglerodli 
pо‘latlar
evtektoidgacha bо‘lgan (ferrit + perlit), evtektoid pо‘lati (perlit) va evtektoiddan 
keyingi (perlit + sementit) pо‘latlar turlariga bо‘linadi. (19- rasm) 


130 
 
19- rasm. Uglerodli pо‘latlarning mikrostrukturalari 
 
Oddiy sifatli uglerodli pо‘latlardan issiq holatda prokatlash yо‘li bilan turli 
prokatlar (balkalar, chiviq, shveller, burchakliklar, trubalar, listlar), pokovkalar, 
qurilish konstruksiyalari, armatura va mashinalarning yengil sharoitda ishlaydigan 
detallari tayyorlanadi. 
Bu pо‘latlar ishlatilish sohasiga kо‘ra va kafolatlanadigan xossalariga qarab 
uchta guruhga bо‘linadi: 
A - mexanik xossalari kafolatlanadi; 
B - kimyoviy tarkibi kafolatlanadi; 
V - mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlanadi. 
Bu guruhlarga quyidagi markali pо‘latlar kiradi: 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling