Мавзу: Металлар технологияси асослари


) Mexanikaviy aralashmalar


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

1) Mexanikaviy aralashmalar. Qotishma tarkibiga kiruvchi 
komponentlarning atomlari birlamchi kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, 


121 
balki qochsa, bunday qotishmaga kiruvchi har bir komponent atomlari 
kiristallanishida mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda kristall donlari о‘zaro 
chegarasi bilan bog‘lanadi, xolos. Bunday qotishmalar qotishma tarkibiga kiruvchi 
komponentlarning 
ayrim-ayrim 
donlarining 
mexanikaviy 
aralashmasidan 
tuzilganligi uchun mexanikaviy aralashma deyiladi.
A va B komponentlardan iborat qattiq qotishmaning strukturasi mikroskopda 
kuzatilsa, u 9-rasm, a da kо‘rsatilgandek kо‘rinishda bо‘ladi. Qotishma tarkibiga 
kiruvchi komponentlar atomlarining 
diametrlari 
farqi 15% dan ortiq 
bо‘lganidagina mexanikaviy aralashma hosil bо‘lishi aniqlangan. Bunday 
qotishmaga qо‘rg‘oshin-surma qotishmasi misol bо‘la oladi.
a) b) 
9 - rasm. a) mexanikaviy aralashmaning mikrostruktura sxemasi; b) qattiq 
eritmaning mikrostruktura sxemasi 
2) Qattiq eritmalar. Kо‘pchilik texnikaviy qotishmalar suyuq holatda 
bir jinsli, ya’ni komponentlari bir-birida tо‘la erigan holatda bо‘ladi. Kristallanish 
jarayonida bu bir jinslilik saqlanib qoladi. Qotishma komponentlarining atomlari 
umumiy kristall panjaraning tarkibiga kiradi, ya’ni komponentlar bir-birida tо‘la 
eriydi. 
Demak, 
eruvchi 
komponentlarning 
eruvchanligi 
va 
erituvchi 
komponentning erituvchanligi qattiq holatda ham saqlanib qoladi. Bunday 
qotishmaning kristallanishida hosil bо‘ladigan qattiq modda qattiq eritma deyiladi, 
u bir fazali (bir xildagi) kristallardan tashkil topadi. Qattiq eritmaning 
mikrostrukturasi 9–rasm, b dagidek kо‘rinishda bо‘ladi. Qotishma tarkibiga 
kiruvchi komponentlar atomlarining diametrlari bir-birdan 15% dan kam farq 
qilgandagina qattiq eritma hosil bо‘ladi.
Qattiq eritmada: 
eruvchi B moddaning о‘rnini A erutuvchi modda atomlari olishi mumkin, 
u holda о‘rin olish qattiq eritmasi hosil bо‘ladi; 
agar eruvchi B modda A erutuvchi modda kristall panjarasidagi atomlar 
orasiga joylashsa, bunday qotishma singdirish qattiq eritmasi deyiladi; 
A komponent kristall panjarasidagi atomlar о‘rinlarini B komponent 
atomlari borgan sari almashtirib borsa, natijada A komponent kristall panjarasi 
о‘rniga B komponent kristall panjarasi hosil bо‘ladi. Bunday qattiq qotishmalarga 
bir-birida cheksiz eriydigan qattiq eritmalar deb ataladi.
Metallardan alyuminiy (Al) va mis (Cu) о‘rin olish qattiq eritmasini hosil 
qiladi. Bunda alyuminiy kristall panjarasi saqlanib qolgan holda 5,5% mis 
atomlari alyuminiy atomlarining о‘rnini olishi mumkin. Demak, mis alyuminiyda 
5,5% gacha eriydi.


122 
Kristall panjaralari yoqlari markazlashgan kub shakliga ega bо‘lgan 
moddalar: kumush va oltin, nikel va mis, molibden va volfram, vanadiy va titan 
bir-birlarida cheksiz erishi mumkin.

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling