Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Sovuqqa chidamlilik. Foydalanish jarayonida doimo suv va manfiy 
haroratlar ta’siriga uchraydigan beton va temir-beton qurilmalarning chidamliligi 
betonning sovuqqa chidamliligiga bog‘liq bо‘ladi. 
Sovuqqa chidamliligi jixatdan og‘ir beton SCH 50, 75, 100,150,200 va 
hokazo, SCH 700 gacha (raqamlar muzlatish va eritish sonini kо‘rsatadi) 
markalarga bо‘linadi. Sovuqqa chidamliligi bо‘yicha beton markasi qurilma turi
inshoot sinfi va undan foydalanish sharoitlariga qarab belgilanadi. Turar joy va 
sanoat binolari uchun betonning sovuqqa chidamliligi, odatda SCH 50 marka bilan 
harakterlanadi. Lekin gidrotexnik inshootlarda, kо‘priklarning tayanchlari va 
boshqalarda foydalaniladigan betonlarning sovuqqa chidamliligiga ancha yuqori 
talablar qо‘yiladi. 
Betonning sovuqqa chidamliligi ishlatiladigan sement turiga, tо‘ldirgichlar 
sifatiga, beton zichligi va boshqa omillarga bog‘liq bо‘ladi. 
Kirishish va kengayish. Gidravlik bog‘lovchilar asosida tayyorlangan 
betonlar (kirishmaydigan va kengaymaydigan sementlar asosida tayyorlangan 
betonlar bundan istisno) hajman о‘zgaradi. Beton havoda qotganda kirishadi, nam 
sharoitlarda qotganda esa u hajmi umuman о‘zgarmaydi yoki bir oz shishadi. Og‘ir 
betonning kirishish kattaligi beton inshootning 1 m uzunligiga odatda taxminan 
0,15 mm ni tashkil qiladi. Betonning kirishishi natijasida og‘ir va katta о‘lchamli 
qurilmalarda darzlar hosil bо‘lishi mumkin, bu esa о‘z navbatida betonning 
yaxlitligini buzadi, uning mustahkamligi va chidamliligini pasaytiradi. 
Betonning kirishishini kamaytirish uchun sement kо‘p sarflanadigan 
betonlardan foydalanishga yо‘l qо‘ymaslik kerak, bunda dona tarkibi yaxshi yirik 
tо‘ldirgichlardan foydalanish va betonni nam muhitda qotishini ta’minlash zarur. 
Katta qurilmalarni betonlashda beton qotayotgan birinchi davrda u sement 
suv bilan birikayotganda ajralib chiqadigan issiqlikdan qizib kengayishi mumkin. 


33 
Betonning issiqlik ajratib chiqarishini kamaytirish maqsadida kichik ekzotermikli 
sementlarni ishlatish, shuningdek, harorat choklarini hosil qilish zarur. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling