32
pasaytiruvchi plastifikatorlar ishlatilsa, shuningdek, beton
aralashmasini yaxshilab
zichlash hisobiga beton zichligini oshirish mumkin. Beton zichligi ortgan sari
uning xossalari-mustahkamligi, suv о‘tkazuvchanligi,
sovuqqa chidamliligi va
nurashga chidamliligi ortadi. Gidro-texnik inshootlarni barpo etishda betonlar
zichligiga ayniqsa yuqori talablar qо‘yiladi.
Suv о‘tkazmaslik. Temir-beton qurilmalar qalinligi 200 mm dan ortiq
bо‘lganda
zich beton odatda, suv о‘tkazmaydi. Betonning bu xossasi suv
о‘tkazuvchanlik darajasi, ya’ni suv hali beton namunasidan sizib о‘tmaganda uning
eng kichik bosimi bilan harakterlanadi. Bu kо‘rsatkich bо‘yicha betonlar 12 ta
markaga: V2, V4, V6, V8, V10, V12, V14, V16, V18, V20, V25 va V30, ya’ni
tegishlicha kamida 0,2; 0,4; 0,6; 0,8 va hokazo bosimga (3 MPa gacha) bardosh
bera oladigan betonlarga bо‘linadi.
Betonning suv о‘tkazmasligini oshirish
uchun maxsus qoplamalar, masalan,
plastmassalardan tayyorlangan yupqa parda yoki zichlovchi qо‘shimchalar
qо‘llaniladi. Kengayadigan sementlar ishlatilganda betonning suv о‘tkazmasligi
ancha ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: