Yemirilishga (nurashga) chidamlilik. Betonning nurashi deb, atrofdagi
muhitning fizik- kimyoviy ta’siri ostida uning yemirilishiga aytiladi. Betonning
nurashi sement toshining yemirilishi (qotgan betonning eng turg‘un bо‘lmagan
qо‘shimchasi sifatida) natijasida sodir bо‘ladi va odatda, u bilan birga
mustahkamligi va suv о‘tkazmasligi pasayadi, shuningdek uning armatura bilan
bog‘lanishi yomonlashadi.
Betonning nurashi ishqoriy modda beton ichiga kirishi natijasida vujudga
keladi va modda beton darzlari hamda g‘ovaklaridan doimo kirib turganda ancha
tezlashadi.
Betonning yemirilishga chidamliligini oshirishga beton tarkibini sinchiklab
tanlash, maxsus sementlar, masalan, pussolan, kislotabardosh va gil tuproqli
sementlarni qо‘llab, beton aralashmasini solish va zichlash hisobiga erishiladi.
Betonni nurashdan himoyalash uchun qurilmalarning agressiv muhitga tegib
turadigan yuzalari zich sopol plitkalar bilan qoplanadi, maxsus moddalar bilan
(natriy kremniy ftoridli suyuq shisha) ishlanadi, namdan himoyalash bituminoz va
parda hosil qiluvchi polimer materiallar bilan qoplanadi.
Olovbardoshlik. Beton olovbardosh material hisoblanadi. О‘t ketgan
hollarda alanga qisqa muddat ta’sir qilganda betonning issiqlik о‘tkazuvchanligi
kichik bо‘lishi tufayli, u yaxshi saqlanib qoladi. Lekin haroratlar 160-200
0
S
chegaralarida uzoq muddat ta’sir etganda beton mustahkamligi 25-30%ga pasayadi.
Beton 500
0
S dan ortiq haroratgacha qizdirilganda kalsiy gidroksidining
suvsizlanishi va sementning boshqa qotish maxsulotlarining parchalanishi
natijasida yemiriladi. Shunday qilib, foydalanish jarayonida yuqori haroratlar
(200
0
S dan ortiq) ta’siriga yо‘liqadigan beton qurilmalarni issiqlik himoyalash
materiallari bilan о‘rash yoki ularni olovbardosh betondan tayyorlash lozim.
4.3. Betonning sinflari va markalari
Suv xо‘jaligi qurilishi obyektlarida ishlatiladigan konst-ruksiyalarni
loyixalashda betonning sifatini baxolash (nazorat qilish) uchun quyidagi
kо‘rsatkichlardan foydalanadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |