Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Mayda tо‘ldirg‘ichlar. Donalarining о‘lchamlari 0,15 mm dan 5 mm gacha
bо‘ladigan Qum betondagi mayda tо‘ldirg‘ich bо‘lib, uning sifati donadorlik tarkibiga, donalarning shakli, о‘lchamlari va sirtining holatiga (silliqligi, g‘adir- budirligi, tozaligi), mineral tarkibiga va undagi zararli qushimchalar miqdoriga bog‘liqdir. Betonlarni tayyorlashda kо‘proq kvarsli qumlar ishlatiladi. Oxaktosh, dolomit singari chо‘kindi jinslarning yemirilishidan xosil bо‘lgan qumlar faqat texnik-iqtisodiy asoslashdan keyingina qо‘llanilishi mumkin. qumdagi chang va gil zarrachalarining miqdori odatdagi tabiiy qumlarda 3 % dan oshmasligi kerak. Sifatli beton olish uchun sement xamiri nafaqat tо‘ldirg‘ichlar donalari orasidagi bо‘shliqni tо‘ldirishi, shuningdek donalarni biroz siljitgan xolda ularning sirtini yupqa qatlam bilan qoplashi ham zarur. Bо‘shliq va donalar sirtining yuzasi qancha kam bо‘lsa, sement xamiridan shuncha samaraliroq foydalaniladi. Qumning sifatini DST 8735-75 da keltirilgan usullar bо‘yicha baxolaydilar. Qumdagi chang va gil zarrachalarining miqdori yuvish usulida aniqlanadi. Toza qumning yirikligini baxolashda uning donadorlik tarkibi kо‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Qumning donadorlik tarkibini kо‘zining о‘lchamlari 10; 5; 2,5; 1,25; 0,63; 0,315; 0,14 mm bо‘lgan standart elaklar tо‘plami yordamida aniqlaydilar. Donadorlik tarkibining asosiy kо‘rsatkichlariga xususiy qoldiq (Xar bir elakda ushlanib qolgan massaning namuna umumiy massasiga nisbati, %) va tо‘la qoldiq kiradi. Xar bir elakdagi tо‘la qoldiq (A i ) quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi: 36 i i a a a А ... 25 , 1 5 , 2 , (4.3) bu yerda 5 , 2 a , 25 , 1 a , i a - 2,5 mm о‘lchamli elak va undan keyingi kichik о‘lchamli elaklardagi xususiy qoldiqlar. Amaldagi meyoriy xujjatlarda qumning yirikligini «yiriklik moduli» deb ataladigan kо‘rsatkich orqali baxolash tavsiya etiladi. Lekin bu kо‘rsatkich qumning yirikligini tо‘la baxolay olmaydi. Qumning mayda-yirikligini obyektiv baxolash uchun qum donalarining о‘rtacha yirikligi va solishtirma yuzasi qiymatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Qum donalarining о‘rtacha vazniy yirikligini quyidagi ifoda bо‘yicha aniqlash mumkin: ) / ( 100 i i d a d , (4.4) bu yerda d i – a i xususiy qoldiq ushlanib qolgan elakning о‘lchami. Qum zarrachalarining solishtirma yuzasi quyidagi formula bо‘yicha xisoblab topiladi: ; d k s sm 2 /g , (4.5) bu yerda k - qum zarrachalarining shakl koeffitsiyenti: mayda zarrachali qumlar uchun k = 8; о‘rta yiriklikdagi qumlar uchun k = 9; yirik daryo qumlari uchun k = 10. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling