Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘ir betonlarning maxsus turlari
Sirt-faol qо‘shimchalar sement xamirining qovushqoqligini kamaytirib,
qorishmanining xarakatlanuvchanligini oshiradi. Ular suvni yoqtiruvchi va suvni yoqtirmaydigan turlarga bо‘linadi. Texnik lignosulfonatlar konsentratlari va ularga о‘xshash moddalar hamda superplastifikatorlar gidrofil (suvni yoqtiradigan) kо‘shimchalarga kiradi. Betonga qо‘shiladigan sirt-faol moddalarning miqdori ularning faolligiga qarab sement massasiga nisbatan 0,15 – 1 % oraliqda bо‘ladi. Suvni yoqtirmaydigan qо‘shimchalar neft, smola va yog‘ kislotalaridan tashkil topadi. Ular beton qorishmasida mayda xavo pufakchalarini xosil qiladi va ushbu pufakchalar qum zarrachalarining bevosita bog‘lanishiga yо‘l qо‘ymay, qorishma xarakatlanuvchanligining oshishiga sabab bо‘ladi. Beton qorishmang xossalarini boshqarishda shuningdek, qotish tezligini rostlovchi, suv о‘tkazuvchanlikni kamaytiruvchi va boshqa turdagi moddalardan ham foydalanadilar. Og‘ir betonlarning maxsus turlari Maxsus og‘ir betonlar oddiy betonlardan farqli о‘laroq о‘ziga xos xususiyatlar bilan harakterlanadi. Bu hususiyatlar ulardan qurilishning har xil sohalarida samarali foydalanishga imkon beradi. Maxsus betonlar qatoriga gidrotexnik, yо‘l, manzarali, kislotabardosh va olovbardosh, shuningdek radiofaol ta’sirlardan himoyalaydigan betonlar kiradi.Gidrotexnik beton odatdagi og‘ir 38 betondan farqli о‘laroq, yuqori zichligi, suv о‘tkazmasligi, sovuqqa chidamliligi, issiqlik ajratishining pastligi, ishqorli suvlarning ta’siriga qarshi turg‘unligi bilan harakterlanadi. Betonga bunday xossalar berish uchun sul’fatga turg‘un va pussolanli portlandsement, dona tarkibi yaxshi tanlangan yuqori sifatli tо‘ldirgichlar beton qorishmang sinchiklab tayyorlanishini va quyilishini, shuningdek, qotayotgan betonga tо‘g‘ri qarashni ta’minlaydi. Bog‘lovchi tarkibidagi mayda tuyilgan gidravlik va inert qо‘shimchalar gidrotexnik betonning yemirilishga qarshi xossalarini oshiradi va uning issiqlik ajratishini va chо‘kishini kamaytiradi. Beton aralashmasining suv talabchanligi va sement sarfini kamaytirish, gidrotexnik betonning zichligi va sovuqqa turg‘unligini oshirish uchun plastifikatsiyalovchi va gidrofob qо‘shimchalar (S sulfat-achitqi barda, milonaft va boshqalar) qо‘llaniladi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasining kattaligiga kо‘ra betonlar M100- M400 markalarga bо‘linadi.Gidrotexnik betonning siqilishga mustahkamligi 180 kundan keyin aniqlanadi. Gidrotexnik beton sovuqqa turg‘unligi jixatidan SCH 100- SCH 400 markalarga, suv о‘tkazuvchanligi darajasi bо‘yicha V2-V12 markalarga ega. Betonning u yoki bu markasini tanlash gidrotexnik inshoot betonlanadigan qurilmalarining turi va vazifasiga bog‘liq. Gidrotexnik inshootlarining bevosita atrof muhit ta’sir qiladigan (kо‘p marotaba muzlash va erish, namlanish, qurish, suv, muz,chо‘kindi va shu kabilar) tashqi qismlari uchun mо‘ljallangan betonga ayniqsa yuqori talablar qо‘yiladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling