Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Sirt-faol qо‘shimchalar sement xamirining qovushqoqligini kamaytirib
qorishmanining xarakatlanuvchanligini oshiradi. Ular suvni yoqtiruvchi va suvni 
yoqtirmaydigan turlarga bо‘linadi. Texnik lignosulfonatlar konsentratlari va ularga 
о‘xshash moddalar hamda superplastifikatorlar gidrofil (suvni yoqtiradigan) 
kо‘shimchalarga kiradi. Betonga qо‘shiladigan sirt-faol moddalarning miqdori 
ularning faolligiga qarab sement massasiga nisbatan 0,15 – 1 % oraliqda bо‘ladi.
Suvni yoqtirmaydigan qо‘shimchalar neft, smola va yog‘ kislotalaridan tashkil 
topadi. Ular beton qorishmasida mayda xavo pufakchalarini xosil qiladi va ushbu 
pufakchalar qum zarrachalarining bevosita bog‘lanishiga yо‘l qо‘ymay, qorishma 
xarakatlanuvchanligining oshishiga sabab bо‘ladi. Beton qorishmang xossalarini 
boshqarishda shuningdek, qotish tezligini rostlovchi, suv о‘tkazuvchanlikni 
kamaytiruvchi va boshqa turdagi moddalardan ham foydalanadilar.
Og‘ir betonlarning maxsus turlari 
Maxsus og‘ir betonlar oddiy betonlardan farqli о‘laroq о‘ziga xos 
xususiyatlar bilan harakterlanadi. Bu hususiyatlar ulardan qurilishning har xil 
sohalarida samarali foydalanishga imkon beradi. Maxsus betonlar qatoriga 
gidrotexnik, yо‘l, manzarali, kislotabardosh va olovbardosh, shuningdek radiofaol 
ta’sirlardan himoyalaydigan betonlar kiradi.Gidrotexnik beton odatdagi og‘ir 


38 
betondan farqli о‘laroq, yuqori zichligi, suv о‘tkazmasligi, sovuqqa chidamliligi
issiqlik ajratishining pastligi, ishqorli suvlarning ta’siriga qarshi turg‘unligi bilan 
harakterlanadi. Betonga bunday xossalar berish uchun sul’fatga turg‘un va 
pussolanli portlandsement, dona tarkibi yaxshi tanlangan yuqori sifatli 
tо‘ldirgichlar beton qorishmang sinchiklab tayyorlanishini va quyilishini, 
shuningdek, qotayotgan betonga tо‘g‘ri qarashni ta’minlaydi. 
Bog‘lovchi tarkibidagi mayda tuyilgan gidravlik va inert qо‘shimchalar 
gidrotexnik betonning yemirilishga qarshi xossalarini oshiradi va uning issiqlik 
ajratishini va chо‘kishini kamaytiradi. Beton aralashmasining suv talabchanligi va 
sement sarfini kamaytirish, gidrotexnik betonning zichligi va sovuqqa turg‘unligini 
oshirish uchun plastifikatsiyalovchi va gidrofob qо‘shimchalar (S sulfat-achitqi 
barda, milonaft va boshqalar) qо‘llaniladi. 
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasining kattaligiga kо‘ra betonlar M100-
M400 markalarga bо‘linadi.Gidrotexnik betonning siqilishga mustahkamligi 180 
kundan keyin aniqlanadi. Gidrotexnik beton sovuqqa turg‘unligi jixatidan SCH 
100- SCH 400 markalarga, suv о‘tkazuvchanligi darajasi bо‘yicha V2-V12 
markalarga ega. 
Betonning u yoki bu markasini tanlash gidrotexnik inshoot betonlanadigan 
qurilmalarining turi va vazifasiga bog‘liq. Gidrotexnik inshootlarining bevosita 
atrof muhit ta’sir qiladigan (kо‘p marotaba muzlash va erish, namlanish, qurish, 
suv, muz,chо‘kindi va shu kabilar) tashqi qismlari uchun mо‘ljallangan betonga 
ayniqsa yuqori talablar qо‘yiladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling