Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Yо‘l betoni avtomagistrallar, sanoat korxonalari yо‘llari va shahar 
kо‘chalarini qoplash uchun ishlatiladi. Qoplamalarda foydalanish jarayonida faqat 
transport vositalari emas, balki atmosfera sharoitlari (kо‘p marta namlanish va 
qurish, muzlash va erish) ham ta’sir qiladi, shu sababli yо‘l betoniga 
mustahkamligi, zichligi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi bо‘yicha yuqori 
talablar qо‘yiladi. 
Yо‘l betonning M300-M500 markalari egilishga 4-5,5 MPa chegaralarida 
yuqori darajada mustahkamlikka ega bо‘lishi kerak, uning sovuqqa turg‘unligi 
odatda SCH 150 va SCH 200 markalar bilan xarakterlanadi. 
Yо‘l betonini tayyorlash uchun tarkibida 3 kalsiyli alyuminat kо‘pi bilan 8% 
bо‘lgan klinkerdan tayyorlangan 500 markali plastifikatsiyalangan yoki gidrofob 
portlandsement tavsiya etiladi. Yо‘l betoni uchun tо‘ldirgich sifatida 
aralashmalardan tozalangan tabiiy qumlar va zich tog‘ jinslari (granitlar, gabbro va 
boshqalar) dan tayyorlangan maydalangan tosh ishlatiladi. 
Sо‘nggi yillarda bino va inshootlarni kо‘rkam qurish uchun manzarali 
betonlardan tobora keng foydalanilmoqda. Ular turar joy va jamoat binolarini 
о‘rab turadigan qurilmalari uchun, tashqi va ichki devorlar, zina, fasad, kichik 
arxitektura detallari, maxsus belgilangan buyumlar uchun mо‘ljallanadi. 
Betonning ayni turi rangli tо‘ldirgichlar-oq va rangli sementlar, ishqorga 
chidamli pigmentlar, rangli tog‘ jinslaridan tayyorlangan tо‘ldirgichlar ishlatilishi 


39 
hisobiga hosil qilinadi. Manzaraga kulrang va rangli beton yuzalarini fakturali 
ishlab erishiladi. 
Manzarali betonning rangi va tashqi kо‘rinishiga qо‘yiladigan talablar bilan 
bir qatorda mustahkamlik, zichlik va chidamliligiga nisbatan qо‘yiladigan yuqori 
talablarni ham qoniqtirishi kerak, chunki u temir-beton buyumlarning tashqi 
qatlami hisoblanadi va birinchi navbatda atmosfera ta’sirlariga, qator hollarda 
yemirilishga duch keladi. Manzarali beton markasi odatda M150, sovuqqa 
chidamliligi esa SCH50. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling