Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar
40 Betonpolimerlar g‘ovaklari maxsus ishlov berish natijasida polimerlarga tо‘ldirilgan betondan iborat. Betonga smolalar, bitum, oltingugurt, suyuq manomerlar (metilmetakrilat yoki stirol), polimerlar (epoksid va poliefir smolalar) va ular asosida tayyorlangan turli kompozitsiyalar qо‘shilgan petrolatum shimdiriladi. Bunda betonning mexanik, fizik va himiyaviy xossalari ancha ortadi. Masalan, betonning siqilishga mustahkamligi 200 MPa gacha, suv о‘tkazmasligi, sovuqqa chidamliligi va umuman chidamliligi bir necha marta ortadi. Polimerlar shimdirish beton narxini oshiradi, shu sababli u iqtisodiy jixatdan о‘zini oqlagandagina (ob-havosi og‘ir iqlim yoki ishqorli sharoitlarda bо‘ladigan betonpolimerli buyumlar) quriladi. G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar turli xil bо‘lib, ishlatiladigan yirik tо‘ldirgich turi, beton tuzilishi va vazifasi bilan farqlanadi. Yirik g‘ovakli tо‘ldirgichlarning turiga qarab yengil betonlar keram zitobeton, agloporitobeton, shlakobeton, pemzobeton va hakozolarga bо‘linadi. Bu betonlar tuzilishiga kо‘ra esa quyidagi asosiy turlarga bо‘linadi: - bog‘lovchi modda,suv, mayda va yirik tо‘ldirgichlardan tayyorlanadigan oddiy yengil beton; bunda yirik tо‘ldirgichlarning donalari orasidagi bо‘shliqlar qorishmaga tо‘ldiriladi (30-rasm); - yirik g‘ovakli (qumsiz) yengil betonlar; ularda yirik tо‘ldirgichlar donasi yupqa sement xamiri qatlami bilan qoplanadi, donalar orasidagi bо‘shliqlar esa shundayligicha qoladi; - bog‘lovchi modda va g‘ovak hosil qilish asosida tayyorlangan g‘ovaklangan yengil betonlar. G‘ovak hosil 30 - rasm.Keramzit qilgich yordamida beton tuzilishida havo kataklari tuzilishi. vujudga keladi. Bu sement qorishmang g‘ovakligini 1-keramzit sha\al donalari; oshiradi va shu bilan beton zichligini pasaytiradi. 2-=orishma Vazifasiga qarab g‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar quyidagi turlarga bо‘linadi: - havoda quritilgan holatida о‘rtacha zichligi 500 kg/m 3 dan kam, issiqlik о‘tkazuvchanligi ortig‘i bilan 0,25 Vt/(mCH°S) issiqlik izolyatsion yengil betonlar. Ular issiqlik izolyatsion plitalar va boshqa buyumlarni tayyorlash uchun qо‘llaniladi; - о‘rtacha zichligi 500-1400 kg/m 3 mustahkamligi kamida M35, issiqlik о‘tkazuvchanligi ortig‘i bilan 0,6 Vt/(mCH°S), tutib turuvchi va о‘zini-о‘zi tutib turuvchi qurilmalarga (devorlar va bostirmalarda) foydalaniladigan konstruksion- issiqlik izolyatsion yengil betonlar; - о‘rtacha zichligi 1400-1800 kg/m 3 , mustahkamligi kamida M50, sovuqqa chidamliligi SCH15 va bundan yuqori, tutib turuvchi qurilmalarga ishlatiladigan konstruksion yengil betonlar. 41 Bog‘lovchining turiga kо‘ra sementli, ohakli, gipsli, aralash bog‘lovchi va suyuq shisha asosida tayyorlangan yengil betonlar bо‘ladi. Avtoklavda qotmaydigan yengil betonlar uchun portlandsement, shlakoportlandsement, pussolanli portlandsement, shuningdek tez qotadigan portlandsement ishlatiladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling