Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2. Beton qorishmasi tarkibini aniqlash. 5.3. Beton qorishma tayyorlash. 5.4. Beton qorishma tashish, quyish va zichlash.
- 5.1. Beton qorishmaning konsistensiyasi
Nazorat savollari:
1 О‘rtacha zichligi bо‘yicha betonlar qanday guruxlarga bо‘linadi? 2. Bog‘lovchi turi va qо‘llanilish soxasidagi farqlar bо‘yicha betonlarning nomlanishlarini eslang. 3. Betonning siqilishga mustahkamligi qanday aniqlanadi? 4. Beton mustahkamligini aniqlovchi asosiy omillarga nmalar kiradi? 5. Beton mustahkamligining vaqt bо‘yicha о‘zgarib borishini aniqlovchi formula tuzilishini eslang? 6. Betonning g‘ovakligi, suv о‘tkazuvchanligi va sovuqqa chidamliligi deganda nimalarni tushunasiz? 7. Og‘ir betonlar qanday sinflar va markalarga bо‘linadi? 8. DST bо‘yicha betondagi suvga qо‘yiladigan talablarni eslang. 9. DST bо‘yicha betondagi sementga qо‘yiladigan talablarni eslang. 10. DST bо‘yicha betondagi tо‘ldirg‘ichlarga qо‘yiladigan talablarni eslang. 11. Qum yirikligini tavsiflovchi kо‘rsatkichlarga nimalar kiradi va ular qanday aniqlanadi? 44 5-MAVZU: BETON QORISHMASINING REOLOGIK va TEXNOLOGIK XOSSALARI. Reja: 5.1. Beton qorishmang konsistensiyasi. 5.2. Beton qorishmasi tarkibini aniqlash. 5.3. Beton qorishma tayyorlash. 5.4. Beton qorishma tashish, quyish va zichlash. Tayanch tushunchalar: Abrams konusi, qorishmalarning konsistensiya kо‘rsatkichlari, beton qorishma, 5.1. Beton qorishmaning konsistensiyasi Beton va temirbeton konstruksiyalarining sifati ularni tayyorlashda ishlatiladigan beton qorishmang qulay joylashuvchanligiga yoki konsistensiyasiga (suyuq-qatiqligiga) bevosita bog‘liqdir. Shu sababli temirbeton zavodlari hamda qurilish tashkilotlari qoshidagi laboratoriyalarda qorishmalarning konsistensiya kо‘rsatkichlari muntazam ravishda tekshirilib turiladi. Qulay joylashuvchanlik deganda qorishmaning buyum qolipini yaxshi tо‘ldirishi, ya’ni о‘zining og‘irligi yoki tashqi mexanik ta’sir natijasida zichlanish xususiyati tushuniladi. Xarakatlanuvchan va qattiq konsistensiyali qorishmalarni bir-biridan farqlaydilar. Qorishmaning xarakatlanuvchanligi kesik konus shaklidagi standart qolip (Abrams konusi) yordamida quyidagi tartibda aniqlanadi: 1. Balandligi 300 mm, ustki qismining diametri 100 mm va ostki qismining diametri 200 mm bо‘lgan standart metall qolip (5.1-rasm) suv shimimaydigan yassi yuza ustiga о‘rnatiladi. Shundan sо‘ng konus (qolip) balandligi bir xil bо‘lgan uch qatlamli shaklda navbatma-navbat qorishma bilan tо‘ldiriladi, bunda xar bir qatlam uchi dumaloq sterjen yordamida 25 marta shibbalanib, zichlanadi. Shibbalash jarayonida konusni qimirlatmay, yassi yuzaga bosib turish kerak. 2. Qolip tо‘lgach, undan chiqib qolgan ortiqcha qorishma chizg‘ich yordamida sidirib tashlanadi. Sо‘ngra qolip extiyotkorlik bilan tikkasiga kо‘tarilib, qorishmadan chiqariladi. Qolipdan olingan konus shaklidagi qoriqma о‘z og‘irligi ta’sirida chо‘ka boshlaydi; namuna chо‘kib bо‘lgach, uning yoniga extiyotkorlik bilan metall qolip о‘rnatiladi, qolip ustiga chizg‘ich qirrasi bilan yotqiziladi, chizg‘ichning pastki qirrasiga boshqa chizg‘ichni taqab turib, konussimon qorishmaning chо‘kishi (S, sm) 0,5 sm gacha aniqlikda о‘lchanadi. Sinash paytida qolipni chiqarib olishga sarflangan vaqt davomiyligi 5—7 soniyadan, qolipga beton qorishma tо‘ldirila boshlangan paytdan qorishmaning chо‘kishi о‘lchanadigan paytgacha bо‘lgan vaqt davomiyligi esa 10 daqiqadan oshmasligi lozim. 3. Beton qorishmang chо‘kishi ikki marta о‘lchab aniqlanadi. Olingan natijalarning о‘rtacha arifmetik qiymati konusning natijaviy chо‘kishi sifatida qabul qilinadi. Sinash natijalari orasidagi tafovut konus chо‘kishi 4 sm gacha bо‘lganda 1 sm dan, konus chо‘kishi 5—9 sm oraliqda bо‘lganda 2 sm dan, 45 chо‘kish 10 sm bо‘lganda 3 sm dan oshmasligi lozim. Aks xolda tajribalar qaytadan о‘tkaziladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling