Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
6.3.G‘ovak betonlar G‘ovak beton qotib qolgan bog‘lovchi moddadan iborat sun’iy tosh material bо‘lib, bog‘lovchi moddada havo yoki gazga tо‘lgan 1-2 mm diametrli katak kо‘rinishidagi berk g‘ovaklar bir meyorda taqsimlangan bо‘ladi. G‘ovak betonlar mineral bog‘lovchining oldindan shishirilgan qorishmasi,mayda zarralarga bо‘lingan kremnezemli qо‘shimcha, g‘ovak hosil qilgich va suvning qotishi natijasida olinadi. G‘ovak beton hajmi 85% gacha g‘ovakdan iborat, bir meyorda taqsimlangan va biri boshqasidan sement tosh yoki boshqa bog‘lovchi moddadan hosil bо‘lgan yupqa hamda mustahkam tо‘siqlar bilan ajralib turadi G‘ovak betonlarning kо‘pgina turlari mavjud. Ular g‘ovaklarning xosil bо‘lishi, bog‘lovchi moddalar turi, qotish sharoitlari, shuningdek vazifasiga kо‘ra turlanadi.G‘ovak tuzilishi usuliga qarab g‘ovak betonlar gaz va kо‘pikbetonlarga bо‘linadi. Qо‘llaniladigan bog‘lovchining turiga qarab portlandsement asosida tayyorlangan gaz va kо‘pikbetonlarga, havoda qurigan ohak asosida tayyorlangan gaz va kо‘pikgipslarga bо‘linadi.Qotish sharoitlariga kо‘ra g‘ovak betonlar avtoklavda qotiriladigan va avtoklavsiz qotiriladigan betonlarga bо‘linadi.Vazifasiga kо‘ra g‘ovak beton quyidagi turlarga bо‘linadi:havoda quritilgan holatdagi zichligi 500 kg\m 3 dan kichik issiqlik izolyatsion (issiqlik izolyatsion va akustik plitalarni, qobiqlar va boshqa buyumlarni tayyorlash uchun) betonlar;zichligi 500-900 kg\m 3 , 59 mustahkamligi 5-7,5 MPa bо‘lgan konstruksion-issiqlik izolyatsion (binolarning tо‘sib turuvchi qurilmalari uchun) betonlar;zichligi 900-1200 kg\m 3 bо‘lgan konstruksion betonlar (tutib turuvchi va bir yо‘li issiqlik izolyatsion qurilish qurilmalari qavatlar orasidagi qoplash panellari va boshqalar tayyorlash uchun). Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling