Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MAVZU: BETONNING TURLARI Reja: 6.1.Og‘ir betonlarning maxsus turlari. 6.2. G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar.
Nazorat savollari:
1. Beton qorishmang qulay joylashuvchanligi deganda nimani tushunasiz? 2. Konsistensiyasi bо‘yicha beton qorishmalari qanday holatlarda bо‘lishi mumkin? 3. Abrams konusi yordamida qorishma xarakatlanuvchanligini aniqlash tartibini eslang? 4. Beton qorishmasi tarkibini aniqlash deganda nimani tushunasiz? 5. Gidrotexnik va odatdagi og‘ir betonlarning о‘rtacha kubik mustahkamligi va tuzilish parametrlari orasidagi bog‘lanishni eslang. 6. Gidrotexnik betonlar uchun suv-sement nisbati qanday aniqlanadi? 7. Beton qorishmasi uchun suv sarfini aniqlashda qanday omillar inobatga olinadi? 7. Sement va tо‘ldirgichlar sarflarini aniqlash tartiblarini eslang. 8. Siljish koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz? 9. Betonning ishlab chiqarish tarkibi deganda nimani tushunasi va u qanday aniqlanadi? 10. Beton qorishma tayyorlash jarayonidagi о‘ziga xosliklarni eslang. 11. Beton qorishma tashish va zichlash jarayonlari bо‘yicha qanday tushunchalarga egasiz? 6-MAVZU: BETONNING TURLARI Reja: 6.1.Og‘ir betonlarning maxsus turlari. 6.2. G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar. 6.3.G‘ovak betonlar. 6.4.Mahalliy materiallardan tayyorlanadigan betonlar. Tayanch tushunchalar: gidrotexnik beton, yо‘l betoni, manzarali beton, olovbardosh beton, betonpolimerlar, g‘ovak betonlar. Maxsus og‘ir betonlar oddiy betonlardan farqli о‘laroq о‘ziga xos xususiyatlar bilan harakterlanadi. Bu hususiyatlar ulardan qurilishning har xil sohalarida samarali foydalanishga imkon beradi. Maxsus betonlar qatoriga gidrotexnik, yо‘l, manzarali, kislotabardosh va olovbardosh, shuningdek radiofaol ta’sirlardan himoyalaydigan betonlar kiradi. Gidrotexnik beton odatdagi og‘ir betondan farqli о‘laroq, yuqori zichligi, suv о‘tkazmasligi, sovuqqa chidamliligi, 53 issiqlik ajratishining pastligi, ishqorli suvlarning ta’siriga qarshi turg‘unligi bilan harakterlanadi. Betonga bunday xossalar berish uchun sul’fatga turg‘un va pussolanli portlandsement, dona tarkibi yaxshi tanlangan yuqori sifatli tо‘ldirgichlar beton qorishmang sinchiklab tayyorlanishini va quyilishini, shuningdek, qotayotgan betonga tо‘g‘ri qarashni ta’minlaydi. Bog‘lovchi tarkibidagi mayda tuyilgan gidravlik va inert qо‘shimchalar gidrotexnik betonning yemirilishga qarshi xossalarini oshiradi va uning issiqlik ajratishini va chо‘kishini kamaytiradi. Beton aralashmasining suv talabchanligi va sement sarfini kamaytirish, gidrotexnik betonning zichligi va sovuqqa turg‘unligini oshirish uchun plastifikatsiyalovchi va gidrofob qо‘shimchalar (S sulfat-achitqi barda, milonaft va boshqalar) qо‘llaniladi.Siqilishdagi mustahkamlik chegarasining kattaligiga kо‘ra betonlar M100-M400 markalarga bо‘linadi. Gidrotexnik betonning siqilishga mustahkamligi 180 kundan keyin aniqlanadi. Gidrotexnik beton sovuqqa turg‘unligi jixatidan SCH 100- SCH 400 markalarga, suv о‘tkazuvchanligi darajasi bо‘yicha V2-V12 markalarga ega.Betonning u yoki bu markasini tanlash gidrotexnik inshoot betonlanadigan qurilmalarining turi va vazifasiga bog‘liq. Gidrotexnik inshootlarining bevosita atrof muhit ta’sir qiladigan (kо‘p marotaba muzlash va erish, namlanish, qurish, suv, muz,chо‘kindi va shu kabilar) tashqi qismlari uchun mо‘ljallangan betonga ayniqsa yuqori talablar qо‘yiladi. Yо‘l betoni avtomagistrallar, sanoat korxonalari yо‘llari va shahar kо‘chalarini qoplash uchun ishlatiladi. Qoplamalarda foydalanish jarayonida faqat transport vositalari emas, balki atmosfera sharoitlari (kо‘p marta namlanish va qurish, muzlash va erish) ham ta’sir qiladi, shu sababli yо‘l betoniga mustahkamligi, zichligi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi bо‘yicha yuqori talablar qо‘yiladi. Yо‘l betonning M300-M500 markalari egilishga 4-5,5 MPa chegaralarida yuqori darajada mustahkamlikka ega bо‘lishi kerak, uning sovuqqa turg‘unligi odatda SCH 150 va SCH 200 markalar bilan xarakterlanadi. Yо‘l betonini tayyorlash uchun tarkibida 3 kalsiyli alyuminat kо‘pi bilan 8% bо‘lgan klinkerdan tayyorlangan 500 markali plastifikatsiyalangan yoki gidrofob portlandsement tavsiya etiladi. Yо‘l betoni uchun tо‘ldirgich sifatida aralashmalardan tozalangan tabiiy qumlar va zich tog‘ jinslari (granitlar, gabbro va boshqalar) dan tayyorlangan maydalangan tosh ishlatiladi.Sо‘nggi yillarda bino va inshootlarni kо‘rkam qurish uchun manzarali betonlardan tobora keng foydalanilmoqda. Ular turar joy va jamoat binolarini о‘rab turadigan qurilmalari uchun, tashqi va ichki devorlar, zina, fasad, kichik arxitektura detallari, maxsus belgilangan buyumlar uchun mо‘ljallanadi. Betonning ayni turi rangli tо‘ldirgichlar-oq va rangli sementlar, ishqorga chidamli pigmentlar, rangli tog‘ jinslaridan tayyorlangan tо‘ldirgichlar ishlatilishi hisobiga hosil qilinadi. Manzaraga kulrang va rangli beton yuzalarini fakturali ishlab erishiladi. Manzarali betonning rangi va tashqi kо‘rinishiga qо‘yiladigan talablar bilan bir qatorda mustahkamlik, zichlik va chidamliligiga nisbatan qо‘yiladigan yuqori 54 talablarni ham qoniqtirishi kerak, chunki u temir-beton buyumlarning tashqi qatlami hisoblanadi va birinchi navbatda atmosfera ta’sirlariga, qator hollarda yemirilishga duch keladi. Manzarali beton markasi odatda M150, sovuqqa chidamliligi esa SCH50. Olovbardosh beton odatdagi og‘ir betondan farqli о‘laroq yuqori haroratlar ta’sir qilganda о‘zining fizik-mexanik xossalarini berilgan chegaralarda saqlash xususiyati bilan ajralib turadi. О‘tga chidamlilik darajasiga qarab olovbardosh betonlar 1770 0 S dan yuqori о‘tga chidamli, 1580-1770 0 S о‘tga chidamli va - 1580 0 S dan past olovbardosh betonlarga bо‘linadi.Olovbardosh betonlarni tayyorlash uchun bog‘lovchilar sifatida glinozemli sement, portlandsement, shlakoportlandsement va kremneftyorli natriy qо‘shilgan suyuq shishadan foydalaniladi. Metallurgiya shlaklari, sopol va о‘tga chidamli materiallarning sinig‘i, bazalt, diabez, andezit, artik tuf va boshqalar tо‘ldirgichlar va mayda tuyilgan qо‘shimchalar bо‘lib xizmat qiladi.Dastlabki materiallarning turiga qarab olovbardosh betonlar M100-M250 markalarda chiqariladi. Olovbardosh betonlardan sanoat pechlarining futerovkasi, tunnel pechlar vagonetkalarining tagi, domna va marten pechlarining poydevorlari, tutun quvurlari va boshqalar quriladi. Olovbardosh betonlarning ishlatilishi qurilish muddatlarini tejash, narxini pasaytirish va mehnat sarfini kamaytirishga yordam beradi. Juda og‘ir betonlar atom elektr stansiyalarida ishlovchi xodimlarning radiaktiv nurlanishidan ximoyalash uchun ishlatiladi. Yuqori zichlikka ega bо‘lgan tarkibida kimyoviy bog‘langan suvga ega bо‘lgan beton kishi organizmi uchun xavfli bо‘lgan g- nurlar va neytron nurlanishini samarali yutishi aniqlangan. Juda og‘ir ximoya betonlar magnetik, limonit, barit, metall chiqindilari, chо‘yan pitra va shu kabi tо‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Bunday betonlarning zichligi tо‘ldirgich turiga bog‘liq bо‘ladi va magnetit tо‘ldirgichli betonda 4000, chо‘yan pitrali betonda esa 5000 kg/m 3 ga yetadi. Ximoyalovchi betonlar uchun bog‘lovchilar sifatida portlandsementlar, shlakoportlandsementlar va giltuproqli sementlardan foydalaniladi. Gidratli betonlarning tarkibida kimyoviy bog‘langan suv kо‘p miqdorda bо‘lishi tufayli shunday deb atalgan (himoya) hossalarini oshirish maqsadida tarkibiga qо‘shimchalar: bor karbidi, xlorli litiy va boshqalar kiritiladi. Juda og‘ir betonlarning mustahkamligi va chidamliligi odatdagi og‘ir betonlarniki kabi bо‘ladi. Betonpolimerlar g‘ovaklari maxsus ishlov berish natijasida polimerlarga tо‘ldirilgan betondan iborat. Betonga smolalar, bitum, oltingugurt, suyuq manomerlar (metilmetakrilat yoki stirol), polimerlar (epoksid va poliefir smolalar) va ular asosida tayyorlangan turli kompozitsiyalar qо‘shilgan petrolatum shimdiriladi. Bunda betonning mexanik, fizik va himiyaviy xossalari ancha ortadi. Masalan, betonning siqilishga mustahkamligi 200 MPa gacha, suv о‘tkazmasligi, sovuqqa chidamliligi va umuman chidamliligi bir necha marta ortadi. 55 Polimerlar shimdirish beton narxini oshiradi, shu sababli u iqtisodiy jixatdan о‘zini oqlagandagina (ob-havosi og‘ir iqlim yoki ishqorli sharoitlarda bо‘ladigan betonpolimerli buyumlar) quriladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling