Мавзу: Металлар технологияси асослари


 Beton qorishmasi tashish, quyish va zichlash


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

5.4. Beton qorishmasi tashish, quyish va zichlash 
Beton qorishmasi zavod yoki betonqorgich qurilmasidan beton 
ishlatiladigan 
joygacha 
kо‘pincha avtosamosvallar yordamida, qurilish 
maydonchasi chegarasidagi qisqa masofalarga esa tasmali transportyorlar, beton 
nasoslari, vagonchalar, qovg‘alar (badyalar) va boshqalar vositasida tashiladi. 
Beton qorishma eng qisqa masofa bо‘yicha tashish, mumkin qadar qayta yuklash 
va tashish vaqtini cheklash (1 soatgacha) lozim. 
Qurilish maydoni beton zavodidan ancha uzoq masofada joylashgan bо‘lsa, 
beton qorishma tayyorlash va tashish uchun avtobeton qorgichlardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Bunda avtobeton orgichning barabaniga materiallar zavodda 
yuklanadi, beton qorishmasi esa yо‘lda, bevosita beton ishlatiladigan joy yaqinida 
tayyorlanadi. 
Beton va temirbeton konstruksiyalarining sifati ma’lum darajada beton 
qorishma quyish va zichlash usuliga ham bog‘liqdir. 
Oldindan tayyorlanib qо‘yilgan qolip (opalubka) va unga о‘rnatilgan 
armaturaga beton qorishmasi odatda gorizontal qatlamlash usulida quyiladi. Bunda 
qorishma qolipning butun hajmini, shu jumladan burchaklar va toraygan joylarini 
zich tо‘lg‘azishi kerak. 
Beton qorishmasi odatda vibratorlar (titratkichlar) vositasida zichlanadi. Bu 
usulning moxiyati shundan iboratki, beton qorishmasiga maxsus mexanizmlar-
vibratorlardan yuqori chastotali tebranishlar uzatiladi, buning natijasida qorishma 
qovushqoqligi ancha kamayadi. Bunday suyuqlantirilgan beton qorishmasi og‘irlik 
kuchi ta’sirida qolip bо‘yicha bir tekis taqsimlanadi, armaturalar orasidagi barcha 
bо‘shliqlar yaxshi tо‘ladi. Titratish paytida beton qorishmasidagi tо‘ldirg‘ich 
donalari о‘zaro siljib, ular orasidagi bо‘shliq sement qorishmasi bilan tо‘lishi 
sababli qorishmadagi xavo pufakchalari tashqariga siqib chiqariladi, natijada 


52 
material yaxshilab zichlanadi. Titratish tugaganda qolipdagi qorishma tezda 
quyuqlashadi. 
Beton qorishma zichlash uchun elektromexanik, elektromagnit va pnevmatik 
vibratorlarlardan 
foydalanish 
mumkin. 
Qurilish 
amaliyotida 
kо‘proq 
elektromexanik vibratorlar ishlatiladi. Konstruksiyasi bо‘yicha vibratorlar yuzaki, 
chuqurlik bо‘yicha kо‘milib ishlaydigan va maydonchali bо‘ladi. Vibrator 
betonlanadigan konstruksiyaning turi, shakli va о‘lchamlariga qarab tanlanadi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling