Мавзу: Металлар технологияси асослари


 G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

6.2. G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar 
G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar turli xil bо‘lib, 
ishlatiladigan yirik tо‘ldirgich turi, beton tuzilishi va vazifasi bilan farqlanadi. 
Yirik 
g‘ovakli tо‘ldirgichlarning turiga qarab yengil betonlar 
keramzitobeton, agloporitobeton, shlakobeton, pemzobeton va hakozolarga 
bо‘linadi. 
Bu betonlar tuzilishiga kо‘ra esa quyidagi asosiy turlarga bо‘linadi: 

bog‘lovchi 
modda,suv, 
mayda 
va 
yirik 
tо‘ldirgichlardan 
tayyorlanadigan oddiy yengil beton; bunda yirik tо‘ldirgichlarning donalari 
orasidagi bо‘shliqlar qorishmaga tо‘ldiriladi (30-rasm); 

yirik g‘ovakli (qumsiz) yengil betonlar; ularda yirik tо‘ldirgichlar 
donasi yupqa sement xamiri qatlami bilan qoplanadi, donalar orasidagi bо‘shliqlar 
esa shundayligicha qoladi; 

bog‘lovchi modda va g‘ovak hosil qilish asosida tayyorlangan 
g‘ovaklangan yengil betonlar. G‘ovak hosil bо‘lishi 30 – rasmda ifodalangan. 
Keramzit qilgich yordamida beton tuzilishida havo kataklari tuzilishi vujudga 
keladi. Bu sement qorishmang g‘ovakligini 1-keramzit shag‘al donalari oshiradi va 
shu bilan beton zichligini pasaytiradi. 2-qorishma. 
 
 
30-rasm. Betonlarda g‘ovak hosil bо‘lishi.
 


56 
Vazifasiga qarab g‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar 
quyidagi turlarga bо‘linadi: 

havoda quritilgan holatida о‘rtacha zichligi 500 kg/m
3
dan kam, 
issiqlik о‘tkazuvchanligi ortig‘i bilan 0,25 Vt/(mCH°S) issiqlik izolyatsion yengil 
betonlar. Ular issiqlik izolyatsion plitalar va boshqa buyumlarni tayyorlash uchun 
qо‘llaniladi; 

о‘rtacha zichligi 500-1400 kg/m
3
mustahkamligi kamida M35, issiqlik 
о‘tkazuvchanligi ortig‘i bilan 0,6 Vt/(mCH°S), tutib turuvchi va о‘zini-о‘zi tutib 
turuvchi qurilmalarga (devorlar va bostirmalarda) foydalaniladigan konstruksion-
issiqlik izolyatsion yengil betonlar; 

о‘rtacha zichligi 1400-1800 kg/m
3
, mustahkamligi kamida M50, 
sovuqqa chidamliligi SCH15 va bundan yuqori, tutib turuvchi qurilmalarga 
ishlatiladigan konstruksion yengil betonlar. 
Bog‘lovchining turiga kо‘ra sementli, ohakli, gipsli, aralash bog‘lovchi va 
suyuq shisha asosida tayyorlangan yengil betonlar bо‘ladi. 
Avtoklavda qotmaydigan yengil betonlar uchun portlandsement, 
shlakoportlandsement, pussolanli portlandsement, shuningdek tez qotadigan 
portlandsement ishlatiladi. 
 Yengil beton tо‘ldirgichlari. Yengil betonlar uchun tо‘ldirgich sifatida tabiiy 
yoki sun’iy g‘ovakli tosh materiallar ishlatiladi. Ularning sifati va xossalariga 
ma’lum darajada beton xossalari bog‘liq bо‘ladi. 
Sanoat chiqindilari va maxsus qayta ishlangan tabiiy tosh materiallar sun’iy 
tо‘ldirgich bо‘lib xizmat qiladi. 
Sanoat 
chiqindilari 
bо‘lgan va oldindan qayta ishlanmaydigan 
tо‘ldirgichlarga metallurgiya va yoqilg‘i shlaklari, himiya korxonalari shlaklari, 
shuningdek turli kullar kiradi. 
G‘ovak tо‘ldirgichlar sirtining shakli va harakteriga kо‘ra yumaloq, nisbatan 
silliq (keramzit shag‘ali) va burchakli g‘adir-budirlikka (shlak pemzasidan qilingan 
mayda tosh) ega bо‘lishi mumkin. Donalarining yirikligi jixatidan g‘ovak 
tо‘ldirgichlar mayda (qum) va yirik (shag‘al va mayda tosh) tо‘ldirgichlarga 
bо‘linadi. G‘ovak qum odatda ikkita fraksiyalarga taqsimlanadi: 1,25 mm gacha 
(mayda qum) va 1,25-5 mm (yirik qum); g‘ovak mayda tosh (shag‘al) 3 ta 
fraksiyalarga taqsimlanadi: 5-10, 10-20 va 20-40 mm. Tо‘ldirgichlar 
qorishmasidan har bir fraksiya о‘lchamlarining nisbati maxsus grafiklar bо‘yicha 
hosil bо‘lgan qorishma mumkin qadar kо‘p g‘ovak bо‘ladigan qilib о‘rnatiladi. 
Quruq holatdagi tо‘kma zichligining kattaligi bо‘yicha (kg/m

larda) g‘ovak 
materiallar quyidagi markalarga bо‘linadi: 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400, 500, 
600, 800, 1000 va 1200. 
G‘ovak tо‘ldirgichlar tarkibidagi sement toshini yemirilishiga va foydalanish 
sharoitlarida 
beton 
turg‘unligini pasaytirishga sabab bо‘ladigan zararli 
aralashmalarning miqdori tegishli texnik shartlarda ruxsat etilgan qiymatlardan 
ortiq bо‘lmasligi kerak. 


57 
Zararli aralashmalar jumlasiga suvda eriydigan sulfatli va sulfat kislota 
birikmalar, yonib ulgurmagan yoqilg‘i zarrachalari, shuningdek loyli va 
changsimon zarrachalar kiradi. 
Yengil betonlarning xossalari. G‘ovak tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan 
yengil betonlar zichlik, issiqlik о‘tkazuvchanlik, mustahkam va sovuqqa 
chidamlilik xossalariga ega. Shu xossalarga ega bо‘lgan beton olish uchun 
dastlabki tashkil etuvchi materiallarni tanlashgina emas, balki beton tarkibini 
tо‘g‘ri tanlash ham zarurdir. 
Betonning о‘rtacha zichligi asosan tо‘ldirgichning zichligi va donalari 
tarkibiga, bog‘lovchi suv sarfiga bog‘liq. G‘ovakli yirik tо‘ldirgichlar zichligining 
uning asosida olingan beton zichligiga nisbati oddiy yengil beton uchun о‘rtacha 
hisobda 0,5 ga, kam qumli va g‘ovaklangan beton uchun 0,6 ga teng. Masalan, 
zichligi 500 kgG‘m
3
keramzit asosida zichligi 1000 kgG‘m
3
ga yaqin bо‘lgan 
kerazitobeton olish mumkin. 
Bog‘lovchi sarfi ortishi bilan yengil betonning zichligi ortadi, chunki 
g‘ovakli tо‘ldirgichlarning zichligi sement toshining zichligidan kichik bо‘ladi. Shu 
sababli beton zichligini pasaytirish uchun tо‘ldirgichlarning optimal dona tarkibini 
tanlash hisobiga bog‘lovchini mumkin qadar kam sarflash yoki sement toshida 
mayda berk g‘ovaklar hosil qilish zarur. G‘ovaklangan yengil betonlar deb 
ataladigan betonlarning zichligi 600 kg/m

dan ortiq g‘ovakli tо‘ldirgichlar bilan 
tayyorlash maqsadga muvofiq bо‘ladi. 
Issiqlik о‘tkazuvchanlik- yengil betonlarning muhim xossalari bо‘lib, u keng 
chegaralarda (0,07 dan 0,7 Vt/(mCH
0
S) gacha о‘zgaradi. Uning qiymatiga beton 
zichligi, g‘ovakliligi va boshqa omillar sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Zichlik ortishi 
bilan betonning issiqlik о‘tkazuvchanligi ortadi (10-jadval). 
6.1-jadval
G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyordangan yengil
betonlarning asosiy xossalari 
Tо‘ldirgich 
Tо‘ldirgich 
zichligi, 
kg/m
3
Yengil beton xossalari 
zichligi, 
kg/m
3
siqilishga 
mustahkamlik 
chegarasi, 
MPa 
issiqlik 
о‘tkazuvchanligi, 
Vt/(mCH
0
S) 
Pemza 
Vulkanik tuf 
Keramzit 
Agloporit 
Termozit 
Shishgan perlit 
Shishgan 
vermikulit 
400-600 
600-800 
250-600 
350-600 
400-800 
150-300 
100-200 
750-1000 
1000-300 
600-1200 
1000-600 
900-1800 
400-800 
300-500 
3,5-5 
5-10 
3,5-15 
10-20 
5-20 
1,5-7,5 
1-2 
0,15-0,25 
0,22-0,45
0,16-0,4 
0,25-0,48 
0,21-0,52 
0,08-0,22 
0,07-0,2 


58 
Issiqlik о‘tkazuvchanligi 0,2 Vt/(mCH
0
S) dan kichik bо‘lgan issiqlik 
izolyatsion yengil betonlar juda yengil tо‘ldirgichlar, masalan, shishgan perlit 
ishlatilganda hosil bо‘ladi. 
Yengil beton mustahkamligi asosan sementning faolligiga, suv-sement 
nisbatiga va tо‘ldirgichlarning mustahkamligiga, shuningdek sement sarfi va 
zichlash darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Beton hajmida mustahkam sement toshi qancha 
kо‘p bо‘lsa, betonning mustahkamligi shunchalik yuqori bо‘ladi. Lekin sement 
miqdori ortganda beton zichligi ortadi, bu bilan birga uning issiqlik 
о‘tkazuvchanligi ham ortadi, bu esa maqsadga muvofiq emas. 
Yengil betonning sovuqqa chidamliligi bog‘lovchining turi va miqdoriga 
shuningdek, 
tо‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligiga bog‘liq bо‘ladi. 
Portlandsementda tayyorlangan betonlarning sovuqqa chidamliligi ancha yuqori 
bо‘ladi, sement miqdori ortgan sari chidamliligi ham ortadi. Sovuqqa chidamli 
yengil tо‘ldirgichlar (pemza, keramzit, agloporit) sovuqqa chidamliligi SCH 25-
100 betonlar olishga imkon beradi. Bunday betonlardan binolarning tashqi 
qurilmalarida foydalaniladi. 
Yengil betonlarni tayyorlash va quyish. G‘ovakli tо‘ldirgichli beton 
qorishmalari odatdagi qorishmalarga о‘xshash tayyorlanadi, lekin yengil beton 
qorishma ancha sinchiklab aralashtirish lozim. Bu maqsadda majburiy aralashtirish 
prinsipi bо‘yicha ishlaydigan betonqorgichlardan foydalaniladi.Buyumlarni 
qoliplashda og‘ir beton qorishmalaridan qoliplashda qо‘llaniladigan qoliplarga 
quyish va zichlash usullari qо‘llaniladi. Yengil beton qorishmasidan qoliplangan 
buyumlar bug‘lashda, elektr vositasida isitishda va avtoklav ishlash sharoitlarida 
yetarli darajada jadal qotadi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling