Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Kо‘pikbeton sement hamiri yoki qorishma alohida tayyorlangan turg‘un
kо‘pik bilan aralashtirib tayyorlanadi. Kо‘pikbeton qorishmasi qotgandan keyin g‘ovak tuzilishli beton hosil bо‘ladi. Kо‘pik hosil qilgichni suv bilan faol ravishda aralashtirish yо‘li bilan kо‘pik tayyorlanadi. Kо‘pik hosil qilgich sifatida kanifol sovun va hayvon yelimi yoki saponinning (о‘simlik sovuni ildizini ekstrakti) suvdagi eritmasi, shuningdek GK (qushxonalardan olinadigan gidrolizlangan qon) preparat ishlatiladi. Hosil bо‘lgan kо‘pik turg‘un tuzilishga ega va sement xamiri yoki qorishmasi bilan yaxshi aralashadi.Kо‘pikbeton qorishmasi uchta barabandan (ular ichida kurakli val aylanadi) iborat kо‘pik-beton qorgichda tayyorlanadi. Kо‘pik tayyorlash uchun kо‘pik kо‘piktirgichli hamda sement bilan suvni va kremnezemli qо‘shimcha bilan aralashtirish uchun qorishma qorgichli 2 ta baraban ustki tomonida joylashgan. Ular ostida tayyor kо‘pik va qorishma sinchiklab aralashtiriladigan uchinchi baraban joylashgan. Kо‘pik-beton aralashmasi metall qoliplarga quyiladi va bug‘lash kameralari yoki avtoklavlarga yuboriladi.Avtoklavda 175-190 0 S va 0,8-1,3 MPa bug‘ bosimida kalsiy gidroksidi kremnezemni qо‘shimcha bilan о‘zarobog‘lanadi. Bunda yetarli darajada yuqori mutahkamlik va chidamlilikka ega bо‘lgan kalsiy gidrosilikati hosil bо‘ladi. Gazobeton sement (ba’zan ohak qо‘shib), kremnezemli qо‘shimcha va suv aralashmasidan aralashtirib bо‘lingan qorishmaga gaz hosil qilgich- alyuminiy upasi,pergidrol (perekis vodorodining suvdagi ertmasi N 2 O 2 ) vaboshqalar kiritib tayyorlanadi. Eng kо‘p tarqalgan gaz hosil qilgich-mayda zarrachali alyuminiy kukuni (upasi) dir. Gaz hosil bо‘lish jarayoni alyuminiyni kalsiy gidroksidi bilan quyidagicha kimyoviy reaksiyaga kirishi natijasida sodir bо‘ladi:2AI + 3Ca(OH) 2 + 6H 2 O = 3CaO CH AI 2 O 3 CH6H 2 O + 3H 2 - CHAjralib chiqadigan vodorod sement xamirini shishiradi, xamir qotayotganda g‘ovak tuzilishini saqlab qoladi.Gazobetonning dastlabki materiallari – sement, ohak-pushonka, maydalangan qum va suv qorigichda sinchiklab qoriladi, alyuminiy upasining suvli quyqa qо‘yiladi va takror aralashtirilgandan keyin gazobeton qorishmasi metall qoliplarga qо‘yiladi, bunda qolip tо‘la-tо‘kis tо‘lishiga e’tibor berish kerak.Qoliplarda yetiltirilgandan keyin gazobeton odatda avtoklavlarda tez qotiriladi. Avtoklavda ishlashdan foydalaNilsa yuqori mustahkam buyum olish ta’minlanmasdan, balki sementni qisman yoki tо‘la ohakka almashlash yо‘li bilan sement sarfini kamaytirish mumkin. Sement tо‘la ohakka almashinilsa gazosilikatlar hosil bо‘ladi.G‘ovak betonlarning xossalari. G‘ovak betonlarning ishlatilish sohasini belgilaydigan asosiy xossalari - g‘ovakliligi, mustahkamligi, issiqlik о‘tkazuvchanligi, suv shimuvchanligi va sovuqqa chidamliligidir. G‘ovak betonlarning g‘ovakliligi 50-85%. U betonlarning 500 dan 1200 kg\m 3 gacha о‘zgarib turadigan zichligi bilan bevosita xarakterlanishi mumkin. G‘ovak betonlarning xossalariga faqat g‘ovaklarning umumiy hajmi emas, balki 60 ularning bir meyorda taqsimlanishi, xususiyati (ochiq,tutash yoki berk) о‘lchami va hokazolar ham ma’lum darajada ta’sir qiladi. G‘ovak betonlarning mustahkamligi dastlabki materiallarning zichligi, turi va xossalariga, shuningdek, issiq ishlov berish turi hamda rejimiga bog‘liq. G‘ovak betonlar uchun siqilishdagi mustahkamligi bо‘yicha quyidagi markalar belgilangan: M15, M25, M35, M50, M75, M100 va M150. G‘ovak betonlarning issiqlik о‘tkazuvchanligi ularning zichligiga bog‘liq. Zichligi 700- 900 kgG‘m 3 konstruksion – issiqlik izolyatsion g‘ovak betonlarning issiqlik о‘tkazuvchanligi 0,16-0,23 Vt G‘(mCH 0 S) ga teng. G‘ovak betonlarning suv shimishi va sovuqqa chidamliligi zichligi va g‘ovaklarni tuzilishiga bog‘liq. G‘ovak betonlar zichligi 700-900 kgG‘m 3 da massasi bо‘yicha suv shimishi 30-40% chegaralarda о‘zgaradi. G‘ovak betonlarning sovuqqa chidamliligi yengil betonlarnikiga nisbatan bir oz past. Suv shimishini kamaytirish va sovuqqa chidamliligini oshirish uchun mayda berk g‘ovaklari bir tekis taqsimlangan g‘ovak beton hosil qilish tavsiya qilinadi. G‘ovak betonning tovush о‘zgarmaslik xossalari va о‘tga chidamliligi yaxshi bо‘ladi, ularga ishlov berish oson. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling