Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temirbetoining afzalliklari
Temirbetonning mohiyati. Beton va pо‘lat armaturadan tashkil topgan
hamda kuch va ta’sirlarga ularning birgalikda ishlashi ta’minlanadigan kompleks qurilish materialiga temirbeton deyiladi. Ma’lumki beton siqilishga yaxshi, chо‘zilishga esa ancha sust (siqilishga nisbatan 10...20 baravar kam) qarshilik kо‘rsatadi. Pо‘lat armatura esa chо‘zilish va siqilishga juda yaxshi ishlaydi. Betonning chо‘zilishga qarshiligi juda kichik bо‘lganligi sababli, kesimi qisman yoki tо‘laligicha chо‘zilishga ishlaydigan konstruksiyalarni sof betondan tayyorlash imkoniyatlari cheklangan. Masalan, egilishga ishlaydigan tо‘sinning betaraf о‘qdan quyida joylashgan chо‘ziladigan zonasida juda kichik yuklar, ba’zan xattoki о‘zining xususiy og‘irligi ta’sirida ham yoriqlar paydo bо‘ladi va ular tezda kengayib, tо‘sinning buzilishiga olib keladi Agar bu tо‘sinning chо‘ziladigan zonasi kesim yuzasining 1...2% mikdoridagi pо‘lat armatura bilan ta’minlansa, konstruksiyaning yuk kо‘tarish qobiliyati 10...20 baravar oshadi Konstruksiyalarning siqiladigan zonalari ham kо‘pincha armatura bilan ta’minlanadi, chunki pо‘lat siqilishga ham juda katta qarshilik kо‘rsatadigan materialdir. Masalan, siqilishga ishlaydigan ustun kesimini armaturalash uning yuk kо‘tarish qobiliyatini ancha oshirish yoki kesim о‘lchamlarini kamaytirish imkonini beradi. Temirbetoining afzalliklari quyidagilardan iborat: statik va dinamik yuklarga yuqori darajada qarshilik kо‘rsata olishi; zilzila va yong‘in ta’siriga bardoshliligi; kо‘pga chidamliligi; atmosfera ta’sirlariga yaxshi qarshilik kо‘rsatishi; maxalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl berishning osonligi; ekspluatatsiya xarajatlarining nisbatan kamligi. Quyidagilar temirbetonning asosiy nuqsonlariga kiradi: vaznining og‘irligi; issiQlik va tovushni oson о‘tqazishi; tayyorlash va foydalanish jarayonida yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va shunga о‘xshashlar. Bajarilish usuli bо‘yicha yig‘ma, yaxlit (monolit) va yig‘ma-yaxlit temirbeton konstruksiyalarini bir-biridan farqlaydilar. Zavod yoki boshqa maxsus joylarda oldindan tayyorlanib, qurilish maydonchasida montaj qilinadigan yig‘ma konstruksiyalar bugungi kunda amaliyotda kо‘proq kо‘llanilmokda. Chunki ulardan foydalanish sarf xarajatlarni kamaytirish, konstruksiya sifatini yaxshilash, qurilish ishlarini sanoatlashtirish, ishlarni ob- xavoning xar qanday sharoitlarida jadal olib borish, qurilish muddatini kisqartirish, konstruksiyalarni tayyorlashda ilg‘or texnologiyalarni qо‘llash va boshqa imkoniyatlarni beradi. Qurilish joyida opalubkalar yordamida bevosita quyiladigan yaxlit konstruksiyalar qismlarga bо‘linishi va birxillashtirish (unifikatsiyalashtirish) qiyin bо‘lgan obyektlarda, masalan individual loyixalar asosida barpo etiladigan gidrotexnika inshootlarida kо‘proq qо‘llaniladi.Armaturaning turi bо‘yicha egiluvchan armaturali (diametri 40 mm gacha bо‘lgan sterjenlar ishlatiladigan) va yuk kо‘taruvchi armaturali temirbeton bir-biridan farqlanadi. Yuk kо‘taruvchi 64 armatura sifatida yoyma pо‘lat maxsulotlari (shveller, qо‘shtavr, burchaklilar) yoki yirik diametrli sterjenlardan tayyorlangan sinchlar (karkaslar) ishlatiladi. Bunda armatura osma qolipdan va yangi yotqizilgan beton qorishmasidan tushadigan yukni о‘ziga qabul qiladi. Yuk kutaruvchi armaturali temirbeton yirik va massiv gidrotexnika inshootlarida qо‘llaniladi. Temirbetonning maxsus turlaridan biri armotsement bо‘lib, uni tayyorlashda mayda zarrachali tо‘ldirgichli beton va diametri 0,5...2 mm li simlardan tayyorlangan tо‘rlar ishlatiladi va bu tо‘rlar armotsementning butun qalinligi bо‘yicha tekis joylashtiriladi. Armotsementli konstruksiyalar chо‘zilish va egilishga yaxshi qarshilik kо‘rsatishi, yoriqbardoshliligi va elastikligi yuqoriligi bilan odatdagi temirbetondan farq qiladi. Armotsement yupqa devorli konstruksiyalarni tayyorlashda ishlatiladi.Odatdagi temirbetondan tashqari oldindan zо‘riqtirilgan temirbeton ham mavjud. Tayyorlash jarayonida oldindan betonda siqilish va armaturada chо‘zilish kuchlanishlari о‘yg‘otilgan temirbeton oldindan zо‘riqtirilgan deb ataladi. Oddiy temirbetonda о‘ta mustaxkam pо‘latlardan foydalanish imkoniyatlari chegaralangan bо‘lib, bu kamchilikni betonni oldindan siqish orqali kamaytirish mumkin. Oldindan zо‘riqtirilgan konstruksiyalarda mustahkamligi ancha yuqori bо‘lgan betonlar va armaturalar ishlatidadi. Oldindan zо‘riqtirish orqali beton va armaturaning imkoniyatlaridan tо‘laroq foydalanish, konstruksiya kо‘ndalang kesimini va tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Oldindan zо‘riqtirilgan konstruksiyalarning yoriQbardoshliligi va bikrligi ham odatdagi konstruksiyalarnikiga nisbatan ancha yuqoridir.Qurilishbop yig‘ma temir-beton va beton buyumlar hamda qurilmalar turar joyfuqaro binolari qurilishi, sanoat, transport qurilishi va qurilishning boshqa turlarida keng qо‘llaniladi. Temir-beton qurilish materialidan iborat bо‘lib, unda qurilmada birgalikda ishlaydigan qotgan beton va pо‘lat armatura bir butun bо‘lib yig‘ilgan. Kо‘rsatib о‘tilganidek beton siqilishga yaxshi qarshilik kо‘rsatadi va chо‘zilishga esa yomon qarshilik kо‘rsatadi; pо‘lat armatura esa chо‘zilishga yaxshi qarshilik kо‘rsatadi. Temir-beton tо‘sinning egilishga ishlash sxemasi 7.1-rasmda kо‘rsatilgan. Ikkita tayanchda yotgan tо‘singa ustki tomondan kuch ta’sir etganda tо‘sinning ustki tomoni siqiladi, pastki zonasi esa chо‘ziladi. Faqat betondan tayyorlangan tо‘sinning mustahkamligi uncha yuqori bо‘lmaydi; tо‘sinning chо‘zilishga qarshiligi kichik bо‘lmaganligi uchun u uncha katta bо‘lmagan yuklamadayoq yemiriladi. CHо‘ziladigan pastki zonaga pо‘lat armatura qо‘yilganda esa tо‘sin ancha katta yuklamaga bardosh bera oladi. Armatura va betonning birgalikdagi yuklama qabul qilishi harorat katta bо‘lganda ham ular orasidagi bog‘lanish kuchlarining kattaligi xisobiga deformatsiyaaga yо‘l qо‘ymaydi. Bunda zich betondagi pо‘lat armatura zanglashdan ham yaxshi himoyalangan. Tayyorlanish usuliga kо‘ra temir-beton qurilmalar yaxlit va yig‘ma qurilmalarga bо‘linadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling