Мавзу: Металлар технологияси асослари


Mahalliy materiallardan tayyorlanadigan betonlar


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

6.4.Mahalliy materiallardan tayyorlanadigan betonlar 
Keyingi yillarda О‘zbekistonning barcha shahar va qishloqlarida qurilish 
ishlarini keng rivojlantirishda temir-beton kо‘plab qо‘llanila boshlandi va ular 
Dalvarzin va Zarafshon suv inshootlari qurilish tizimiga minglab kub metr 
ishlatildi. Katta Farg‘ona kanali, Chirchiq elektroximiya kombinati, Toshkent 
Tо‘qimachilik kombinatlari qurilishlari bunga misol bо‘la oladi. Chirchiq-Bо‘zsuv 
suv omborida va Farhod GES ida yaxlit betondan tashqari yig‘ma temir-beton 
qurilmalari ham ishlatildi. 
Beton qorishma tayyorlash va uni yotqizish, betonning qotishi jarayonida 
unga qarab turish va, nihoyat, О‘zbekistonga xos bо‘lgan iqlim sharoitlarining 
beton xossalariga ta’siri kabi qator savollar borki, bularni о‘rganish juda ham 
zarurdir. 
Havoning quruq va issiq bо‘lishi О‘zbekistonning hamma xududlarida beton 
ishlarini va demak, qurilish ishlarini ham yil bо‘yi davom ettirish uchun ancha 
qulay sharoit mavjud. Bu sharoitda ham beton о‘ziga nisbatan ma’lum tadbirlarni 
amalga oshirishni talab etadi, albatta. Olib borilgan tajribalar shuni kо‘rsatdiki, 
qarovsiz qolgan betonning 90 kundan keyingi siqilishdagi mustahkamligi 127,0
kgG‘sm

(12,7 MPa) bо‘lgan bо‘lsa, xuddi shu qorishmadan yotqizilgan betonning 
nam sharoitda 90 kundan keyingi mustahkamligi 153,0-160,0 kgG‘sm

( (15,3-16 
MPa) ni kо‘rsatadi. Demak, beton qorishmasi yotqizilgandan keyin undagi 
namlikni saqlash choralarini kо‘rish bilan, uning mustahkamligini 20-25% gacha 
oshishiga erishar ekanmiz. Betonga qarab turish choralari u yotqizilgandan keyin 
darhol kо‘rilishi kerak. Avvalo beton sirtiga parda hosil qiluvchi moddalardan 
surish tavsiya etiladi. Bunday moddalar sifatida bitum yoki bitumli suv (bitum 
emulsiyasi), lateks, sintetik kauchuk, etinol laki kabi organik bog‘lovchilarni 
ishlatish mumkin. Shu bilan bir qatorda sirtiga nam yog‘och qipig‘i, qum yotqizish 


61 
kabi choralarni kо‘rish mumkin. Bunday choralarni bizning respublikamiz 
sharoitida (yoz vaqtida) ikki hafta davom ettirish kerak, agar havo bulut bо‘lsa 3-4 
kun ham yetarlidir. Yuqoridagi choralar kо‘rilmagan taqdirda, beton qurilmaning 
ochiq sirtida alohida-alohida mayda darzlar paydo bо‘ladi. Bunday darzlar 
kо‘pincha betondagi sementning quyuqlanish davrining boshlang‘ich bosqichida 
paydo bо‘ladi. Bu esa qurilmaning umumiy mustahkamligiga putur yetkazadi. 
Bularning oldini olish uchun yana quyidagi texnik talablarga rioya qilish ham 
maqsadga muvofiqdir: 
1.Beton tarkibini tо‘g‘ri hisoblash va uning SG‘S nisbati 0,8 dan oshmasligi 
kerak. Bu beton qorishma joylash jarayonida undagi suvning ajralmasligini 
ta’minlaydi. 
2.Betonning quyosh nuri va shamol ta’sirida bо‘ladigan sirt qatlamini SG‘S 
nisbati eng kichik bо‘lgan beton qorishma bilan yotqizish tavsiya etiladi. 
3.Qotgan beton qurilma ustiga yangi beton qorishma yotqizishdan avval uni 
obdon tozalash, agar zarur bо‘lsa, 1 sm gacha qalinlikdagi beton qatlamini yuqori 
bosimli suv bilan yuvib tashlash kerak. Bu qotgan va yangi yotqizilgan beton 
orasidagi choklarning puxta yopishishini ta’minlaydi.Respublikada og‘ir betondan 
tashqari mahalliy materiallar asosida kislotaga chidamli hamda yengil betonlar ham 
ishlatiladi. 
Avvallari kislotaga chidamli beton uchun ketadigan materiallar Rossiyadan 
keltirilgan bо‘lsa, hozir esa bunday materiallar respublikamizning о‘zidan kо‘plab 
topiladi. Masalan, kislotaga chidamli tо‘ldirgichlardan andezit, kvars qumi, 
betonning qotishini tezlatadigan kremniy-ftorli natriy va eruvchan shisha kabi 
materiallar respublikamizning Darvoza, Oqtosh va shu kabi xududlarida kо‘plab 
topilgan. 
G‘ovak tо‘ldirgichlar asosida ishlanadigan yengil betonlar respublikamizning 
deyarli hamma qurilishlarida ishlatilmoqda. Ayniqsa, keramzit beton, perlit-beton 
va kо‘p g‘ovakli yengil betonlar qurilishlarda keng tarqalmoqda. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling