Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2. Beton qorishmasi tarkibini aniqlash
- 1. Suv-sement nisbatini aniqlash
200
100 5.1-rasm. Beton qorishmang xarakatlanuvchanligini aniqlovchi standart qolip Konus chо‘kishiga ega bо‘lmagan qattiq konsistensiyali qorishmalarning qulay joylashuvchanligini vibratsiya ta’sirida ishlaydigan maxsus texnik viskozimetrlar yordamida baxolaydilar. Viskozimetrdagi qorishmaning ma’lum balandlikkacha tushishi uchun ketgan vaQt (t, sek) uning konsistensiya kо‘rsatkichini (qattiqligini) tavsiflaydi. Gidrotexnika inshootlarini barpo etishda asosan xarakatlanuvchan konsistensiyali qorishmalar ishlatiladi. 5.2. Beton qorishmasi tarkibini aniqlash Kam sement sarflab sifatli beton va beton qorishma tayyorlash uchun eng avvalo uning tarkibini tо‘g‘ri tanlash lozim. Beton tarkibini tanlash deganda 1 m 3 beton qorishma tayyorlash uchun kerak bо‘ladigan materiallar (suv, sement, qum va yirik tо‘ldirg‘ich) miqdorini aniqlash tushuniladi. Betonni tashkil etuvchi materiallarning miqdori xavoyi-quruq holatdagi tо‘ldirg‘ichlar uchun xisoblansa, bunga betonning nominal yoki laboratoriya tarkibi deyiladi. Agar tо‘ldirgichlarning tabiiy namligi inobatga olinib, beton tarkibiga tuzatishlar kiritilsa, betonning ishlab chiqarish yoki ishchi tarkibi kelib chiqadi. 46 Betonning nominal tarkibi qsuyidagi tartibda aniqlanadi: 1. Suv-sement nisbatini aniqlash. Suv-sement nisbati betonning о‘rtacha kubik mustahkamligi (R m ) hamda sovuqqa chidamlilik va suv о‘tqazmaslik bо‘yicha markalarini ta’minlash shartlari asosida qabul qilinadi. Gidrotexnik va odatdagi og‘ir betonlarning о‘rtacha kubik mustahkamligi va tuzilish parametrlari orasida quyidagi kо‘rinishdagi bog‘lanish mavjud: ) 5 , 0 / ( W С kAR R с m , (5.1) bu yerda k – mustaxkamlikning ta’minlanish muddatiga bog‘liq koeffitsiyent: mustahkamligi 28 kundan keyin ta’minlanishi lozim bо‘lgan odatdagi betonlar uchun k=1,0; loyixaviy mustaxkamlikka 180 kundan keyin erishiladigan gidrotexnik betonlar uchun k=1,4; A – tо‘ldirg‘ichlarning sifatiga bog‘liq xolda qabul qilinadigan koeffitsiyent; R s – sementning mustaxkamlik kо‘rsatkichi (aktivligi); C/W – sement-suv nisbati. (5.1)-ifodadan suv-sement nisbati: ) 5 , 0 /( / c m c kAR R kAR C W . (5.2) Yuqorida keltirilgan (5.1)-ifoda betonning о‘rtacha kubik mustahkamligi, sementning aktivligi va sement-suv nisbati orasida tо‘g‘ri chiziqli bog‘lanish mavjudligini kо‘rsatadi. Bu formula 5 , 2 / W C uchun о‘rinlidir. Agar 5 , 2 / W C bо‘lsa (amaliyotda juda kam qо‘llaniladigan yuqori mustaxkam betonlarni tayyorlashda qabul qilinadi), betonning mustahkamligini aniqlovchi formula quyidagi kо‘rinishda yoziladi: ) 5 , 0 / ( 1 W C R kA R c m . (5.3) Yuqorida keltirilgan mustaxkamlik bog‘lanishlaridagi A va A 1 koeffitsiyentlarning qiymatlari qum va yirik tо‘ldirgichning sifatiga bog‘liq ravishda quyidagicha qabul qilinadi: yuqori sifatli tо‘ldirgichlar uchun A = 0,65; A 1 = 0,43; о‘rtacha sifatli materiallarda A = 0,60; A 1 = 0,40; past sifatli tо‘ldirgichlar ishlatilganda A = 0,55; A 1 = 0,37. Gidrotexnik betonlar uchun suv-sement nisbatini qabul qilishda ularning sovuqqa chidamlilik va suv о‘tqazmaslik bо‘yicha markalarini ta’minlash shartlari ham xisobga olinadi. 5.1-jadvalda ushbu markalarni ta’minlovchi suv- sement nisbatlarning eng yuqori (chegaraviy) qiymatlari keltirilgan. 47 5.1-jadval Betoning sovuqqa chidamlilik bо‘yicha markalari W/C nisbatning eng katta miqdori Betonning suv о‘tqazmaslik bо‘yicha markalari W/C nisbatning eng katta miqdori F100 0,60 W2 0,70 F200 0,55 W4 0,60 F300 0,50 W6 0,55 F400 0,45 W8 0,45 F500 0,40 W12 0,40 Odatdagi betonlar tarkibini aniqlashda suv-sement nisbati (5.2)-formula bо‘yicha, gidrotexnik betonlarda esa (5.2)-formula va 1-jadval asosida о‘rnatilgan W/C nisbatlarning eng kichik qiymatiga teng miqdorda qabul qilinadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling