Yengil beton tо‘ldirgichlari. Yengil betonlar uchun tо‘ldirgich sifatida
tabiiy yoki sun’iy g‘ovakli tosh materiallar ishlatiladi. Ularning sifati va
xossalariga ma’lum darajada beton xossalari bog‘liq bо‘ladi.Sanoat chiqindilari va
maxsus qayta ishlangan tabiiy tosh materiallar sun’iy tо‘ldirgich bо‘lib xizmat
qiladi.
Sanoat
chiqindilari
bо‘lgan
va
oldindan
qayta
ishlanmaydigan
tо‘ldirgichlarga metallurgiya va yoqilg‘i shlaklari, himiya korxonalari shlaklari,
shuningdek turli kullar kiradi.
G‘ovak tо‘ldirgichlar sirtining shakli va harakteriga kо‘ra yumaloq, nisbatan
silliq (keramzit shag‘ali) va burchakli g‘adir-budirlikka (shlak pemzasidan qilingan
mayda tosh) ega bо‘lishi mumkin. Donalarining yirikligi jixatidan g‘ovak
tо‘ldirgichlar mayda (qum) va yirik (shag‘al va mayda tosh) tо‘ldirgichlarga
bо‘linadi. G‘ovak qum odatda ikkita fraksiyalarga taqsimlanadi: 1,25 mm gacha
(mayda qum) va 1,25-5 mm (yirik qum); g‘ovak mayda tosh (shag‘al) 3 ta
fraksiyalarga taqsimlanadi: 5-10, 10-20 va 20-40 mm. Tо‘ldirgichlar
qorishmasidan har bir fraksiya о‘lchamlarining nisbati maxsus grafiklar bо‘yicha
hosil bо‘lgan qorishma mumkin qadar kо‘p g‘ovak bо‘ladigan qilib о‘rnatiladi.
Quruq holatdagi tо‘kma zichligining kattaligi bо‘yicha (kg/m
3
larda) g‘ovak
materiallar quyidagi markalarga bо‘linadi: 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400, 500,
600, 800, 1000 va 1200.
G‘ovak tо‘ldirgichlar tarkibidagi sement toshini yemirilishiga va foydalanish
sharoitlarida
beton
turg‘unligini pasaytirishga sabab bо‘ladigan zararli
aralashmalarning miqdori tegishli texnik shartlarda ruxsat etilgan qiymatlardan
ortiq bо‘lmasligi kerak.
Zararli aralashmalar jumlasiga suvda eriydigan sulfatli va sulfat kislota
birikmalar, yonib ulgurmagan yoqilg‘i zarrachalari, shuningdek loyli va
changsimon zarrachalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |