Мавзу: Металлар технологияси асослари
Yengil betonlarning xossalari
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyordangan yengil betonlarning asosiy xossalari.
Yengil betonlarning xossalari. G‘ovak tо‘ldirgichlar asosida tayyorlangan
yengil betonlar zichlik, issiqlik о‘tkazuvchanlik, mustahkam va sovuqqa chidamlilik xossalariga ega. Shu xossalarga ega bо‘lgan beton olish uchun dastlabki tashkil etuvchi materiallarni tanlashgina emas, balki beton tarkibini tо‘g‘ri tanlash ham zarurdir. Betonning о‘rtacha zichligi asosan tо‘ldirgichning zichligi va donalari tarkibiga, bog‘lovchi suv sarfiga bog‘liq. G‘ovakli yirik tо‘ldirgichlar zichligining uning asosida olingan beton zichligiga nisbati oddiy yengil beton uchun о‘rtacha hisobda 0,5 ga, kam qumli va g‘ovaklangan beton uchun 0,6 ga teng. Masalan, zichligi 500 kg/m 3 keramzit asosida zichligi 1000 kg/m 3 ga yaqin bо‘lgan kerazitobeton olish mumkin. 42 Bog‘lovchi sarfi ortishi bilan yengil betonning zichligi ortadi, chunki g‘ovakli tо‘ldirgichlarning zichligi sement toshining zichligidan kichik bо‘ladi. Shu sababli beton zichligini pasaytirish uchun tо‘ldirgichlarning optimal dona tarkibini tanlash hisobiga bog‘lovchini mumkin qadar kam sarflash yoki sement toshida mayda berk g‘ovaklar hosil qilish zarur. G‘ovaklangan yengil betonlar deb ataladigan betonlarning zichligi 600 kg/m 3 dan ortiq g‘ovakli tо‘ldirgichlar bilan tayyorlash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Issiqlik о‘tkazuvchanlik- yengil betonlarning muhim xossalari bо‘lib, u keng chegaralarda (0,07 dan 0,7 Vt/(mCH 0 S) gacha о‘zgaradi. Uning qiymatiga beton zichligi, g‘ovakliligi va boshqa omillar sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Zichlik ortishi bilan betonning issiqlik о‘tkazuvchanligi ortadi (10-jadval). 10-jadval G‘ovakli tо‘ldirgichlar asosida tayyordangan yengil betonlarning asosiy xossalari. Tо‘ldirgich Tо‘ldirgich zichligi, kg/m 3 Yengil beton xossalari zichligi, kg/m 3 siqilishga mustahkamli k chegarasi, MPa issiqlik о‘tkazuvchanli gi, Vt/(mCH 0 S) Pemza Vulkanik tuf Keramzit Agloporit Termozit Shishgan perlit Shishgan vermikulit 400-600 600-800 250-600 350-600 400-800 150-300 100-200 750-1000 1000-1300 600-1200 1000-1600 900-1800 400-800 300-500 3,5-5 5-10 3,5-15 10-20 5-20 1,5-7,5 1-2 0,15-0,25 0,22-0,45 0,16-0,4 0,25-0,48 0,21-0,52 0,08-0,22 0,07-0,2 Issiqlik о‘tkazuvchanligi 0,2 Vt/(mCH 0 S) dan kichik bо‘lgan issiqlik izolyatsion yengil betonlar juda yengil tо‘ldirgichlar, masalan, shishgan perlit ishlatilganda hosil bо‘ladi. Yengil beton mustahkamligi asosan sementning faolligiga, suv-sement nisbatiga va tо‘ldirgichlarning mustahkamligiga, shuningdek sement sarfi va zichlash darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Beton hajmida mustahkam sement toshi qancha kо‘p bо‘lsa, betonning mustahkamligi shunchalik yuqori bо‘ladi. Lekin sement miqdori ortganda beton zichligi ortadi, bu bilan birga uning issiqlik о‘tkazuvchanligi ham ortadi, bu esa maqsadga muvofiq emas. Yengil betonning sovuqqa chidamliligi bog‘lovchining turi va miqdoriga shuningdek, tо‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligiga bog‘liq bо‘ladi. Portlandsementda tayyorlangan betonlarning sovuqqa chidamliligi ancha yuqori bо‘ladi, sement miqdori ortgan sari chidamliligi ham ortadi. Sovuqqa chidamli 43 yengil tо‘ldirgichlar (pemza, keramzit, agloporit) sovuqqa chidamliligi SCH 25- 100 betonlar olishga imkon beradi. Bunday betonlardan binolarning tashqi qurilmalarida foydalaniladi. Yengil betonlarni tayyorlash va quyish. G‘ovakli tо‘ldirgichli beton qorishmalari odatdagi qorishmalarga о‘xshash tayyorlanadi, lekin yengil beton qorishma ancha sinchiklab aralashtirish lozim. Bu maqsadda majburiy aralashtirish prinsipi bо‘yicha ishlaydigan betonqorgichlardan foydalaniladi. Buyumlarni qoliplashda og‘ir beton qorishmalaridan qoliplashda qо‘llaniladigan qoliplarga quyish va zichlash usullari qо‘llaniladi. Yengil beton qorishmasidan qoliplangan buyumlar bug‘lashda, elektr vositasida isitishda va avtoklav ishlash sharoitlarida yetarli darajada jadal qotadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling