Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Juda og‘ir betonlar
Olovbardosh beton odatdagi og‘ir betondan farqli о‘laroq yuqori haroratlar
ta’sir qilganda о‘zining fizik-mexanik xossalarini berilgan chegaralarda saqlash xususiyati bilan ajralib turadi. О‘tga chidamlilik darajasiga qarab olovbardosh betonlar 1770 0 S dan yuqori о‘tga chidamli, 1580-1770 0 S о‘tga chidamli va - 1580 0 S dan past olovbardosh betonlarga bо‘linadi. Olovbardosh betonlarni tayyorlash uchun bog‘lovchilar sifatida glinozemli sement, portlandsement, shlakoportlandsement va kremneftyorli natriy qо‘shilgan suyuq shishadan foydalaniladi. Metallurgiya shlaklari, sopol va о‘tga chidamli materiallarning sinig‘i, bazalt, diabez, andezit, artik tuf va boshqalar tо‘ldirgichlar va mayda tuyilgan qо‘shimchalar bо‘lib xizmat qiladi.Dastlabki materiallarning turiga qarab olovbardosh betonlar M100-M250 markalarda chiqariladi. Olovbardosh betonlardan sanoat pechlarining futerovkasi, tunnel pechlar vagonetkalarining tagi, domna va marten pechlarining poydevorlari, tutun quvurlari va boshqalar quriladi. Olovbardosh betonlarning ishlatilishi qurilish muddatlarini tejash, narxini pasaytirish va mehnat sarfini kamaytirishga yordam beradi. Juda og‘ir betonlar atom elektr stansiyalarida ishlovchi xodimlarning radiaktiv nurlanishidan ximoyalash uchun ishlatiladi. Yuqori zichlikka ega bо‘lgan tarkibida kimyoviy bog‘langan suvga ega bо‘lgan beton kishi organizmi uchun xavfli bо‘lgan g- nurlar va neytron nurlanishini samarali yutishi aniqlangan. Juda og‘ir ximoya betonlar magnetik, limonit, barit, metall chiqindilari, chо‘yan pitra va shu kabi tо‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Bunday betonlarning zichligi tо‘ldirgich turiga bog‘liq bо‘ladi va magnetit tо‘ldirgichli betonda 4000, chо‘yan pitrali betonda esa 5000 kgG‘m 3 ga yetadi.Ximoyalovchi betonlar uchun bog‘lovchilar sifatida portlandsementlar, shlakoportlandsementlar va giltuproqli sementlardan foydalaniladi. Gidratli betonlarning tarkibida kimyoviy bog‘langan suv kо‘p miqdorda bо‘lishi tufayli shunday deb atalgan (himoya) hossalarini oshirish maqsadida tarkibiga qо‘shimchalar: bor karbidi, xlorli litiy va boshqalar kiritiladi. Juda og‘ir betonlarning mustahkamligi va chidamliligi odatdagi og‘ir betonlarniki kabi bо‘ladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling