Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Yirik tо‘ldirgichlar. Og‘ir betonlar massasining taqriban 50% atrofidagi 
qismini yirik tо‘ldirg‘ichlar (shag‘al yoki chaqiqtosh) tashkil etadi. Betonlarni 
tayyorlashda odatda donalarining yirikli 5 mm dan 70 mm gacha bо‘lgan yirik 
tо‘ldirg‘ichlar ishlatiladi. DST 10268-80 ga kо‘ra, yirik gidrotexnika inshootlarida 
donalarining о‘lchami 120 mm gacha bо‘lgan shag‘al yoki chaqiqtoshni ishlatish 
ruxsat beriladi. Donalarining yirikligi 150 mm gacha bо‘lgan tо‘ldirg‘ichlarni esa 


37 
faqat maxsus texnik-iqtisodiy asoslashlardan keyingina qо‘llash mumkin. 
Tо‘ldirg‘ich donalarining maksimal yirikligi konstruksiya kesimi minimal 
о‘lchamining 1/4 qismidan oshmasligi, temirbeton konstruksiyalarda esa bu yiriklik 
armaturalar orasidagi masofaning 2/3 qismidan kam bо‘lmasligi lozim. 
Eng kam g‘ovaklikga ega bо‘lgan optimal donadorlik tarkibini olish uchun 
yirik tо‘ldirg‘ichlarni 5-10, 10-20, 20-40, 40-70 va 70-120 mm о‘lchamli 
fraksiyalarga ajratadilar, sо‘ngra bu fraksiyalarni ma’lum nisbatlarda aralashtirib 
optimal tarkibli material olinadi. Talab etiladigan xossali beton olish uchun yirik 
tо‘ldirg‘ichning mustahkamligi, sovuqqa bardoshliligi va donalarining shakli ham 
ma’lum standart talablarga (DST 10268-80) javob berishi kerak. Shag‘al yoki 
chaqirtoshning 
mustahkamligi maydalanuvchanlik 
kо‘rsatkichi bо‘yicha 
baxolanadi. Yirik tо‘ldirg‘ichdagi chang va gil zarrachalarining miqdori 1% dan 
kо‘p bо‘lmasligi lozim. 
Qо‘shimchalar. Sement sarfini kamaytirish yoki betonning ma’lum 
xossalari yaxshilash maqsadida betonga dispers (tuyilgan) mineral qо‘shimchalar 
va sirt-faol moddalar qо‘shiladi. 
Mineral qо‘shimchalar sementga nisbatan faol yoki inert bо‘lishi mumkin.
Qum, oxaktosh, dolomit, lyoss va boshqa tog‘ jinslarini maydalab inert 
kо‘shimchalar olinadi. Diatomit, trepel, trass, zol va domna toshqollarini tuyib 
(sement zarrachalarining maydalik darajasigacha) faol qо‘shimchalarni olish 
mumkin. Issiqlik eletrostatsiyalaridan chiqadigan zol eng samarali faol 
qо‘shimchadir. Mineral qо‘shimchalar ishlatilganda beton qorishmang suvga 
bо‘lgan extiyoji xaddan kо‘p oshib ketmasligi lozim. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling