35
muzlash-erish sharoitida ishlaydigan betonlarda mineral qо‘shimchalar va uch
kalsiyli silikat miqdori yuqori bо‘lmagan sementlarni ishlatish lozim.
Sementdan samaraliroq foydalanish uchun
uning markasi betonning
mustahkamligidan 1,1 – 1,5 baravar yuqori bо‘lishi kerak. Bu nisbatning
pasaytirilishi sement sarfi va betondagi kirishish deformatsiyaalarining oshishishga
olib keladi.
Suv. Beton qorishma tayyorlash uchun
odatda ichimlik suvidan
foydalaniladi. Suv va sementdagi sulfatlarning umumiy miqdori sement
massasining 3,5 % idan oshmasligi lozim. Suvdagi organik
aralashmalar miqdori
20 ml/g dan yuqori, suvning vodorod kо‘rsatkichi (rN) 4 dan past bо‘lmasligi
kerak.
Tо‘ldirg‘ichlar. Beton qorishmang asosiy massasini tо‘ldirg‘ichlar (qum,
shag‘al, chaqiqtosh) tashkil etadi. Betonda mayda va yirik tо‘ldirg‘ichlarni bir-
biridan farqlaydilar. Tо‘ldirg‘ichlarning sifatiga qо‘yiladigan
texnik talablar DST
10268-80 da keltirilgan.
Optimal nisbat bilan tanlangan mayda va yirik tо‘ldirg‘ichlarning yetarli
darajada mavjudligi nafaqat
sement sarfini kamaytirish, shuningdek betonning
qator xossalarini yaxshilash imkonini beradi. Masalan, tо‘ldirg‘ichlar massasining
yetarli darajada qabul qilinishi kirishish va tashqi yuklar ta’siridagi
deformatsiyaalarning
kamayishiga, beton mustahkamligi va chidamliligining
oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: