34
Beton va temirbeton konstruksiyalari uchun og‘ir betonning siqilishga
bо‘lgan mustahkamligi bо‘yicha quyidagi sinflari
kо‘zda tutilgan: V3,5; V5; V7,5;
B10; B12.5; B15; V20; V25; V30; V35; V40; V45; V50; V55; V60. Og‘ir
betondan tayyorlanadigan temirbeton konstruksiyalar uchun sinfi V7,5
dan past
bо‘lgan betonlarni qо‘llash qurilish meyorlari bо‘yicha ruxsat etilmaydi. Takroriy
yuklar ta’sirida bо‘lgan konstruksiyalarda sinfi B15 dan yuqori bо‘lgan betonlarni
qо‘llash tavsiya etiladi.
2. Betonning markaziy chо‘zilishga mustahkamligi bо‘yicha sinfi V
t
bilan belgilanadi, bu kо‘rsatkich asosan chо‘zilishga ishlaydigan konstruksiyalarni
loyixalashda tayinlanadi. Qurilish meyorlarida betonlarning V
t
0,8 ... V
t
3,2
sinflari
belgilangan.
Z. Betonning sovuqqa chidamlilik bо‘yicha markasi (F
, sikl). Bu
kо‘rsatkich gidrotexnika inshootlarini loyixalashda tayinlanadi. Og‘ir beton uchun
sovuqqa chidamlilikning quyidagi markalari bir-biridan farqlanadi: F50; F75; F100;
F150; F200; F300; F400; F500. Bu belgilardagi sonlar
namunalarni ketma-ket
muzlatib eritganda ular bardosh beradigan (mustaxkamlikning yо‘qotilishi 15% dan
oshmaydigan) sikllar miqdorini bildiradi. Betonning sovuqqa chidamliligini
aniqlash usullari DST 10060-76 da keltirilgan. Sovuqqa chidamlilik bо‘yicha beton
markasi
konstruksiya turi, inshoot sinfi va undan foydalanish sharoitlariga qarab
belgilanadi. Turar joy va sanoat binolari uchun
betonning sovuqqa chidamliligi,
odatda G‘50 marka bilan xisoblanadi. Lekin gidrotexnik inshootlarda
foydalaniladigan betonlarning sovuqqa chidamliligiga
ancha yuqori talablar
qо‘yiladi.
Betonning sovuqqa chidamliligi ishlatiladigan sement turiga, tо‘ldirgichlar
sifatiga, beton zichligi va boshqa omillarga bog‘liqdir. Pastalyuminatli
portlandsement va yuqori sifatli maydalangan granit
tosh asosida tayyorlangan
zich strukturali betonlarning sovuqqa chidamlilik darajasi yuqori bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: