Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Prizmalarning
mustaxkamkamligi taqriban R b = (0,7...0,83)R ga teng. 4.1-rasm. Beton namunalarini gidravlik pressda sinash. Betonning siqilishga mustahkamligi sementning aktivligiga, suv va sement massasining nisbatiga, tо‘ldirgichlarning mustahkamligi va sifatiga, ularning donadorlik tarkibiga, qotishning davom etishiga, atrof muxitning namligi va xaroratiga va boshqa shu kabi omillarga bog‘liq. Bulardan eng asosiylari sementning aktivligi va beton Qorishmasi tarkibidagi suv va sement nisbati W/C yoki unga teskari bо‘lgan sement-suv nisbati C/W dir. Betonning mustahkamligiga tо‘ldirgichlarning donadorligi ham ma’lum darajada ta’sir kо‘rsatadi. Eng mustaxkam betonlar yirik donali tо‘ldirgichdan foydalanib xosil qilinadi. Yirik tо‘ldirgich donalari yetarli darajada mustaxkam bо‘lishi va sement toshi bilan yaxshi tishlashishni ta’minlaydigan g‘adir-budur yuzaga ega bо‘lishi kerak. Beton mustahkamligi uning tashkil etuvchilarini beton qorg‘ich barabanida tо‘g‘ri aralashtirilishiga ham bog‘liq bо‘ladi, bunda tо‘ldirgichning barcha donalari sement qorishmang qatlami bilan tо‘la qoplangan bо‘lishi kerak. Beton qorishmang zichlanish darajasi, betonni qotish muddati va sharoitlari betonning mustahkamligiga ta’sir kо‘rsatadi. Qulay xarorat va nam sharoitlarda yaxshi zichlangan beton bir necha yil davomida mustahkamligini oshira boradi. Bunda birinchi 7-10 sutkada betonning mustahkamligi yetarli darajada tez ortadi, sо‘ngra 31 28 sutkaga yetganda va undan keyin mustaxkamlikning ortishi sekinlashib boradi. Masalan, beton namunalari 7 sutka davomida normal sharoitlarda qotsa, ularning о‘rta xisobdagi mustahkamligi 28 sutkalik beton mustahkamligi (loyixaviy mustahkamligi) ning 60-70% iga teng bо‘ladi, 180 sutka, 1 yil va 2 yil о‘tgach ushbu kо‘rsatkich tegishlicha 150, 175 va 200 % ni tashkil etadi. Betonning istalgan vaqtdagi mustahkamligini aniqlash, shuningdek, monolit temirbeton konstruksiyalarning qoliplarini olish uchun quyidagi taqribiy empirik formuladan foydalanish mumkin: 28 lg lg 28 n R R n , (4.1) bu yerda R n - n sutkalik betonning mustahkamligi, MPa; R 28 - 28 sutkalik betonning mustahkamligi. Ushbu formulani о‘rtacha markali portlandsement asosida tayyorlangan, 3 sutkadan ortiq saqlab turilgan betonning mustahkamligini taxminan xisoblash uchun qо‘llash mumkin. Konstruksiyalardagi betonning haqiqiy mustahkamligi xuddi shu beton qorishmasidan tayyorlangan va konstruksiyalarning ishlash sharoitlarida qotadigan namunalarni sinab aniqlanadi.Beton mustahkamligining ortib borish tezligiga atrof muxit xarorati katta ta’sir kо‘rsatadi. Beton 70-85 0 S da tо‘yingan bug‘ atmosferasida 10-12 soatdan keyin loyixaviy mustaxkamlikning 60- 70% iga ega bо‘ladi. Atrofdagi xavo xarorati nisbatan past (5-7 0 S) bо‘lganda beton mustahkamligining ortish tezligi sekinlashadi., 0 0 S dan past xaroratda esa betonning qotishi tо‘xtaydi va atrofdagi muxitda barqaror musbat xarorat о‘rnatilgandagina yana davom etadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling