Мавзу: Металлар технологияси асослари


tosh beton deb ataladi. Beton xossalarini yaxshilash uchun qorishmaga maxsus


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

tosh beton deb ataladi. Beton xossalarini yaxshilash uchun qorishmaga maxsus 
qо‘shilmalar (masalan, qotish jarayonini tezlatuvchi, qorishmaning plastikligini 
oshiruvchi, g‘ovaklar xosil qiluvchi moddalar) qо‘shiladi.
Beton qorishmasidagi asosiy aktiv materiallar-bog‘lovchi modda bilan 
suvdir. Bog‘lovchi modda (masalan, sement) bilan suv о‘zaro kimyoviy birikadi 
va natijada beton qorishmasidagi sement-suv qaymog‘i (xamiri) plastik holatdan 
asta-sekin qattiq holatga о‘tadi. Mayda va yirik tо‘ldirgichlar betonning bikrligini 
oshiradi, uning chо‘zilish miqdorini, Hajmiy kirishishini kamaytiradi va 
yorilishdan saqlaydi. 
Tо‘ldirgich sifatida kо‘pincha arzon maxalliy materiallar (Qum, shag‘al, 
maydalangan tosh) ishlatiladi. Shuning uchun beton nisbatan arzon material bо‘lib, 
qurilishda keng ishlatiladi. 
Betonning о‘rtacha zichligi sementtoshning zichligiga va tо‘ldirgichlarning 
turiga bog‘liq. Bu kо‘rsatkichlarning о‘zgarishi bilan betonning mustahkamligi
sovuqqa chidamliligi, suv va issiqlik о‘tkazuvchanligi hamda boshqa xossalari 
о‘zgaradi. О‘rtacha zichligi bо‘yicha juda og‘ir, og‘ir, yengil va juda yengil 
betonlarni bir-biridan farQlaydilar. 
Juda og‘ir betonlar – bunday betonlarning о‘rtacha zichligi 2500 kg/m
3
dan 
katta, bunda tо‘ldirgich sifatida pо‘lat qipig‘i (pо‘lat-beton) magnezit, chо‘yan 
bо‘laklari va boshqalar ishlatiladi. 
Og‘ir betonlar – о‘rtacha zichligi 1800-2500 kg/m
3
. Tо‘ldirgich sifatida 
kvarsli Qum, shag‘al yoki maydalangan tosh va boshqalar ishlatiladi. 
Yengil betonlar – bunday betonlarning о‘rtacha zichligi 500-1800 kg/m
3

tо‘ldirgich sifatida toshqol, keramzit, agloporit, perlit, pemza, tuf va boshqa yengil 
tabiiy va sun’iy toshlar ishlatiladi. 
Juda yengil betonlar – о‘rtacha zichligi 500 kg/m
3
dan kam bо‘lgan 
konstruktiv va issiqlikni kam о‘tkazadigan betonlar bо‘lib, ularga kо‘pikbeton, 
gazobeton yoki yirik g‘ovakli (qumsiz) betonlar kiradi. 


29 
Bog‘lovchi moddalarning turi bо‘yicha betonlar sementli, gipsli, silikatli, 
polimer va maxsus bog‘lovchili turlarga bо‘linadi. 
Ishlatilishiga kо‘ra betonlar sanoat va uy-joy qurilishi, gidrotexnika 
inshootlari uchun qо‘llaniladigan, yо‘l va kо‘priklar qurishda ishlatiladigan beton, 
kislota, ishqor va boshqa agressiv muxitga chidamli beton, radiaktiv nurlarni 
о‘tkazmaydigan maxsus betonlar, о‘tga chidamli beton va turli rangdagi pardozbop 
betonlarga bо‘linadi . 
1 m
3
betonning xavoda qotadigan quruq xoldagi massasi uning о‘rtacha 
zichligi deb ataladi. Beton tarkibidagi suvning bir qismi sement bilan kimyoviy 
reaksiyaga kirishib birikadi, qolgan qismi esa bug‘lanib ketadi. Shuning uchun 
amalda mutlaq zich beton bо‘lmaydi. Betonning mustahkamligi, sovuqqa 
bardoshliligi, suv о‘tkazuvchanligi, gaz о‘tkazuvchanligi va boshqa kо‘plab 
xossalari uning о‘rtacha zichligiga bog‘liqdir. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling