Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Toshqolli portlandsement. Gidravlik bog‘lovchi modda bо‘lib, klinker, 
gips, granulalangan domna toshqoli(toshqol)ni birgalikda maydalash yо‘li bilan 
olinadi. Toshqol massasi bо‘yicha 21-60% miqdorda qо‘shiladi. Toshqolli 
portlandsementlar 300, 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi. Ular namlik katta 
joylarda va yer osti inshootlarida ishlatiladi, О‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydi. 
3.5.Sementlarni tashish va saqlash 
Sementlar zavod-tayyorlovchidan ishlatiladigan joyga temir yо‘l va 
avtomobil transportida tashiladi. Sement temir yо‘l orqali keltirilganda bunker 
tipidagi vagon- sement tashigichlar, sisterna va konteynerlar, shuningdek, oddiy 
yopiq vagonlardan foydalaniladi. Yopiq vagonlarga sementlar qoplanmasdan yoki
qoplarga ortiladi. Sement qoplamasdan tashiladigan hollarda u pnevmatik va 
pnevmomexanik yuk tushirgichlar bilan mexanizatsiyalashtirilgan usulda 
tushiriladi. Sement avsementtashigichlar bilan tashilganda u germetik yopiladigan 


25 
lyuk orqali ortiladi va sementashigichda о‘rnatilgan kompressordan keladigan siqiq 
havo yordamida tushiriladi. 
Qoplarda, odatda, oq va rangli portlandsementlar, shuningdek. giltuproqli, 
suv о‘tkazmaydigan kengayadigan va kirishishmaydigan sementlar tashiladi. 
Qoplamasdan yuklangan sementlar ombor yoki bunkerli omborlarda turlari, 
markalari va turli zavod maxsulotlari bо‘yicha alohida –alohida saqlanadi. 
Saqlashda sementlarning har xil turlari va markalarini aralashtirish ma’n etiladi. 
Qog‘oz qopdagi sement yog‘in-sochin suvlari tegmaydigan yopiq binolarda va yer 
yuzasidan kamida 30 sm kо‘tarilgan yog‘och polli ombor –saroylarda saqlanadi. 
Tashish va saqlash vaqtida sementni nam ta’siridan va chet aralashmalar bilan 
ifloslanishidan ehtiyot qilish zarur. 
Sement omborga keltirilganda har bir joyga darhol sementning turi, markasi, 
keltirilgan vaqti va miqdori belgilangan kо‘rsatkichlar qо‘yiladi. Omborga 
keltirilgan sement sifatini nazorat qilish zarur bо‘lsa, har bir tо‘pdan 20 kg namuna 
ajratib olinadi va u tajribaxonada smnash uchun yuboriladi. Bu yerda sement 
standart va tezlashtiriladigan usulda sinaladi. 
Omborda sement uzoq vaqt saqlanganda, odatda havodagi namni о‘ziga 
shimdirib olishi va vaqtdan oldin gidratatsiyalanishi hisobiga u kesak-kesak bо‘ladi 
va faolligi pasayadi. Portlandsementning faolligi 3 oydan keyin о‘rta hisobda 15-
20%, 6 oydan keyin 20-30%ga pasayadi, mayda tuyilgan tez qotadigan 
portlandsementlar esa faolligini ancha tez yо‘qotadi, shu sababli qurilish va qurilish 
industriyasi korxonalarining omborlarida sementning katta zaxiralari bо‘lmasligi 
ma’qulroq. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling