24
olinadi. Sement massasiga nisbatan kо‘pi bilan 10%
gacha miqdorda oq rangdagi
minerallarni qо‘shishga ruxsat etiladi.
OQ portlandsement M 400 va M 500 markalarda ishlab chiqariladi. Saqlash
paytida uni ifloslanishdan asrash zarur. OQ portlandsement Qimmatli dekorativ
material bо‘lib, sanoat va grajdan Qurilishida binalarning
ichini va sirtini
pardozlash uchun ishlatiladi. Suvoq qorishmalari tayyorlashda oq yoki kerakli
rangdagi qumdan foydalanish darkor. Ushbu sement turi О‘zbekistonda
Angrendagi Qurilish materiallari kombinatida ishlab chiQariladi.
Rangli portlandsementlar. Rangli portlandsementlar oq klinkerni 20-25 %
mineral buyovchi moddalar bilan birga tuyish yо‘li bilan tayyorlanadi. Buyovchi
moddalar yorug‘lik va ishqorlar ta’siriga chidamli bо‘lishi kerak.
Bunday
bog‘lovchilar О‘zbekistonda Oxangaron Qurilish materiallari kombinatida ishlab
chiqariladi.
Pussolanli portlandsement. Pussolanli
portlandsement klinkerni va
normallaydigan miqdordagi qо‘shilmalarni birgalikda tuyish yо‘li bilan yoki
ularning xar birini aloxida –aloxida tuyib, keyin aralashtirish yо‘li bilan
tayyorlanadi.
Qо‘shilmalarning aktivligi qancha yuqori bо‘lsa, ular shunchalik kam
miqdorda qо‘shiladi.
Tuyilgan holatda kalsiy oksidi gidrati bilan о‘zaro
reaksiyaga kirishib
erimaydigan birikmalar xosil qila oladigan tabiiy yoki sun’iy qо‘shilmalar aktiv
mineral qо‘shilmalar deb ataladi.
Pussolanli portlandsementlar oddiy portlandsementlarga
nisbatan sekinrok
qotadi, 300, 400 markalarda ishlab chiqariladi. Pussolanli portlandsement suvni
kо‘p shimadi, shuning
uchun u qotayotgan paytda, ayniqsa boshlangich davrida
qorishmani tez-tez namlab turish kerak bо‘ladi. Ular
gidrotexnik inshootlarni
qurishda kо‘proq ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: