Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Nazorat savollari: 
1. Tog‘ jinslari hosil bо‘lish sharoitiga kо‘ra qanday guruhlarga bо‘linadi? 
2. Magmatik tog‘ jinslari deganda nimani tushunasiz? 
3. CHо‘kindi tog‘ jinslari qanday hosil bо‘lgan? 
4. Metamorfik (о‘zgargan) tog‘ jinslarining asosiy xususiyatlarini eslang. 
5. Tabiiy tosh materiallarining fizikaviy xossalariga nimalar kiradi? 
6. Tabiiy tosh materiallarining mexanik xossalari kо‘rsatkichlarini eslang. 
7. Qurilishda tabiiy tosh materiallari va buyumlarining qanday turlaridan 
foydalaniladi? 
8. Devor toshlari va bloklari qanday tog‘ jinslaridan tayyorlanadi? 
9. Qoplama toshlar va plitalar qanday usullarda tayyorlanadi?
 
 
 
 
 
 
3-MAVZU: MINERAL BOG‘LOVCHI MODDALAR 
Reja: 
3.1. Mineral bog‘lovchilar va ularning tasnifi 
3.2. Xavoiy va gidravlik oxak
3.3. Gips bog‘lovchilar 
3.4. Portlandsement ishlab chiqarish va turlari 
3.5. Sementlarni tashish va saqlash 
3.6.Mahalliy bog‘lovchi moddalar 
 
Tayanch tushunchalar: mineral bog‘lovchilar, havoiy va gidravlik 
oxak, gips bog‘lovchilar, portlandsement, toshqol portlandsement va pussolon 
portlandsement, 
3.1. Mineral bog‘lovchilar va ularning tasnifi 
Suv bilan aralashtirilgandan sо‘ng plastik massa holatidan asta-sekin 
qotib toshsimon holatga о‘tadigan kukunsimon materiallar mineral bog‘lovchilar 


19 
deyiladi. Ular beton, qurilish qorishmalari, mastikalar va turli sun’iy 
konglomeratlarning asosini tashkil etadi. Pishirilmagan gil inson tomonidan 
ishlatilgan eng birinchi mineral bog‘lovchi bо‘lsa, keyinchalik insoniyat tog‘ 
jinslarini pishirish yо‘li bilan gips va oxak olishni о‘rgandi. 
Bog‘lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil ilgari sun’iy yо‘l bilan hosil 
qilingani ma’lum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda oxak qorishmasi va gidravlik 
qо‘shimchalardan tayyorlangan beton inshootlar Qadimgi vaqtlardan Xozirgi 
davrgacha saqlanib kelmoqda. 
Eramizdan oldingi tо‘rtinchi asrda qurilgan Qadimgi Xorazm chor atrofidagi 
qalin devorlar va minoralarni barpo etishda turli Qо‘shilmalar bilan ganch 
qorishmasi va gil tuproqlardan pishirilgan yapoloq g‘ishtlar hamda tabiiy toshlar 
ishlatilgan. 
Qorishmalarni tayyorlashda Qadimgi о‘zbek Quruvchilari xilma-xil 
Qо‘shilmalardan keng foydalanganlar. Jumladan, vulqan shishasi, oq gil (kaolin), 
Xayvon Qoni, tuxum sarig‘i, suyak yelimi, shirali moddalar Qorishmaning 
mustahkamligi 
va 
chidamliligini 
oshiruvchi 
modda 
vazifasini 
о‘tagan. 
SamarQanddagi Ulug‘bek madrasasi, Qо‘Qondagi Xudoyorxon saroyini barpo 
etishda bunday Qorishmalar bilan birga chang-g‘isht Qorishmasidan va oxak-g‘isht 
Qorishmasidan iborat betonlar Ham ishlatilgan. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan esa sement sanoati tez taraqqiy 
eta boshladi.Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishiga, 
qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keldi. Gidrotexnik inshootlar qurish 
zarurati suvga chidamli bog‘lovchi moddalar izlashni talab etsa, temirbeton 
konstruksiyalarning Qurilishda keng ishlatilishi portlandsementning yangi, tez 
qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish extiyojini tug‘dirdi. Sementning dengiz suvi 
ta’sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi sement turi 
bо‘lgan sulfatga chidamli portlandsement ixtiro qilindi. 
Xozirgi vaqtda gidrotexnik va transport inshootlarida, temirbeton buyumlar 
ishlab chiqarish sanoatida, dengiz va okeanda olib boriladigan qurilishlarda, 
avtomabil yо‘llari va aerodrom qurilishlarida, neft va gaz quduqlarini burg‘ulashda, 
asbestotsement mahsulotlari, о‘tga chidamli beton va boshqalarni ishlab 
chiqarishda maxsus sementlar ishlatilmokda.
О‘zbekistonda, sement sanoatining birinchi tо‘ng‘ich Bekobod sement 
zavodi ishga tushgan 1926 yildan hozirgacha о‘tgan vaqt ichida bir qancha 
zamonaviy va tо‘la avtomatlashtirilgan sement zavodlari va qurilish materiallari 
kombinatlari ishga tushirildi. Respublikamizda qurilish materiallari, ayniksa 
sement ishlab chiqaruvchi zavodlar yuqori unumli mashina va agregatlar bilan
jihozlangan. Qurilish materiallarining «noni» bо‘lgan portlandsementning salmog‘i 
kun sayin ortib bormokda. 
Qotish xususiyatlariga kо‘ra mineral bog‘lovchilar havoiy (havoda 
qotadigan) gidravlik (havoda va suvda qotadigan) va kislotaga bardoshli turlarga 
bо‘linadi. Xavoiy oxak, gips va magnezial bog‘lovchilar havoiy bog‘lovchilarga 
kiradi. Gidravlik oxak va sementlar gidravlik bog‘lovchilardir. Kislotaga bardoshli 
bog‘lovchilar (masalan kvars-kremneftyorli sement) havoda qotgandan sо‘ng uzoq 


20 
muddat davomida kislota ta’sirida ham о‘z mustahkamligini yо‘qotmaydi. Barcha 
mineral bog‘lovchilarni olishdagi umumiy texnologik jarayon - bu xom ashyoni 
pishirishdir. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling