Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Chо‘kindi tog‘ jinslari. Yer yuzining kо‘pchilik qismini chо‘kindi tog‘ 
jinslari qoplab yotadi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan, bir necha yuz 
metr, ba’zan bir necha kilomergacha yetadi. CHо‘kindi jinslar turli sharoitlarda
xar xil omillar ta’siridan hosil bо‘ladi. Bu omillar asosan 3 guruhga bо‘linadi : 
1) chо‘kindi jinslarning tarkibini tavsiflovchi omillar: 
2) chо‘kindi jinslarning hosil bо‘lish sharoitini belgilovchi omillar: 
3) chо‘kindi jinslarning fizik va mexanik xossalarini tavsiflovchi omillar. 
CHо‘kindi jinslarning tarkibini tavsiflovchi asosiy omillarga fizikaviy va 
organogen nurash jarayonlari kiradi. Bunday omillar tufayli chaqiq, gilli, kimyoviy 
va organogen chо‘kindi jinslar hosil bо‘ladi. Ular tarkibi va fizikaviy-mexanik 
xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Tog‘ jinslarining fizikaviy-mexanik va kimyoviy nurashidan turli tarkibli 
chо‘kindi jinslar hosil bо‘ladi. Hosil bо‘lish sharoitiga qarab chо‘kindi jinslar 
dengiz, kо‘l, daryo, muz va shamol yotqiziqlariga bо‘linadi. CHо‘kindi jinslarning 
tavsifli belgilaridan biri, ularning qatlam-qatlam bо‘lib yotishidir. Bu bilan ular 
boshqa tog‘ jinslaridan ajralib turadi. 
CHо‘kindi jinslar ularni tashkil etuvchi mineral donalarining katta-
kichikligiga Qarab yirik, о‘rtacha va mayda donali jinslarga bо‘linadi . 
Yirik donali jinslar – mineral donalarining diametri 2 mm dan katta 
bо‘ladi. Ular chaqiq jinslar deb ataladi. 
Donalari silliqlangan yirik donali chaqiq jinslarni valunlar, silliqlanmaganini 
esa xarsangtosh va chaqiqtosh (о‘tkir qirrali tosh) deb ataydilar. 
Shag‘altosh va valunlar asosan tog‘lik joylarda doimiy va vaqtinchalik oqar 
suvlarning ta’siridan hosil bо‘ladi. Yemirilgan jinslarni suv о‘zi bilan oqizib
boshqa joylarga olib borib yotqizadi. Ularni suv о‘zi bilan dumalatib olib ketishi 
tufayli tomonlari silliqlangan bо‘ladi. Bu jinslarning mineral tarkibi yemirilgan 
jinslarning mineral tarkibiga yaqin bо‘ladi. 


14 
Yirik donali jinslarga qum va chang zarrachalari hamda ularni sementlovchi 
modda (xar xil tuzlar, gil zarralari) aralashsa, donalar bir-biri bilan jipslashib 
qotgan jinslar hosil qiladi. Natijada bog‘lanmagan jinslar о‘rniga yirik donali 
qotgan jinslar hosil bо‘ladi. Agar silliq toshlar bir-biri bilan yopishsa, 
konglomeratlar, chaqiq toshlar yopishsa, brekchiyalar hosil bо‘ladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling