Мавзу: Металлар технологияси асослари
Tog‘ jinslarining turlari
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magmatik tog‘ jinslari
2.2. Tog‘ jinslarining turlari
Tog‘ jinslari hosil bо‘lish sharoiti, sababi va tarkibiga qarab quyidagi guruxlarga bо‘linadi : - magmatik tog‘ jinslari (birlamchi); - chо‘kindi tog‘ jinslari (ikkilamchi); - metamorfik tog‘ jinslari (о‘zgargan). Magmatik tog‘ jinslari magmaning (grekcha magma – quyuq maz) yer yuzasiga otilib chiqishi yoki uning yer ichkarisida kristallanishidan hosil bо‘ladi. CHо‘kindi tog‘ jinslari magmatik tog‘ jinslarining nurashidan hamda organizm qoldiqlarining tо‘planishidan hosil bо‘ladi. Nuragan jinslarni atmosfera yog‘inlari, oqar suvlar о‘zi bilan birga oqizib, okean va dengiz tubiga yig‘adi. Metamorfik (о‘zgargan) tog‘ jinslar magmatik va chо‘kindi jinslarga yuqori xarorat va kuchli bosim ta’sir qilishi natijasida hosil bо‘ladi. Magmatik tog‘ jinslari hosil bо‘lish sharoitiga qarab effо‘ziv va intrо‘ziv tog‘ jinslariga bо‘linadi. Effо‘ziv jinslar magmaning yer yuziga oqib chiqib qotishdan, intrо‘ziv jinslar esa magmaning yer pо‘stlog‘ida kristallanishidan hosil bо‘ladi, bular bir-biridan strukturalarining xar xilligi bilan qiladi. Intrо‘ziv jinslar tо‘la kristallangan bо‘ladi. ularni tashkil etuvchi minerallarning kristallari bir- biridan yaqqol ajralib, kо‘zga tashlanib turadi. Kristall donachalarining kattaligi bir xil bо‘ladi. Bir xil kattalikdagi minerallar donalaridan iborat struktura granitli struktura deb ataladi. Bunga granit tog‘ jinsi strukturasi misol bо‘la oladi. 13 Agar bir xil kattalikdagi kristall donalardan iborat massa ichida ayrim-ayrim katta kristall donalari uchrasa, bunday struktura granit-porfirli struktura deb ataladi. Masalan, granit-porfir, kvarsli porfir, siyenit –porfir ana shunday strukturaga misol bо‘la oladi. Effо‘ziv jinslarning strukturasi xilma-xildir. Kristall donalari kо‘rinmasa, oynaviy struktura deb ataladi. Agar mayda kristall donalari bо‘lsa, porfir strukturali deyiladi. Effо‘ziv jinslarning bunday strukturali bо‘lishiga sabab shuki, yer ustiga otilib chiqqan magma tez sovib, tezroq qotadi va undagi kimyoviy elementlar kristallanib ulgura olmaydi. Intruziv tog‘ jinslariga granit, siyenit, diorit, gabro kirsa, effuziv tog‘ jinslariga porfir, diabiz, bazalt, vulqon tufi, pemzalar misol bо‘ladi. Magmatik tog‘ jinslari vaqt о‘tishi bilan muxit ta’sirida fizikaviy va kimyoviy nurashlarga uchraydi. Bunday geologik yemirilishlar natijasida chо‘kindi tog‘ jinslari hosil bо‘ladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling