Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Tog‘ jinslari xaqida ma’lumot
Nazorat savollari 1. Kompozitsion material tushunchasining ta’rifini eslang. 2. Qurilish materiallari bо‘yicha Davlat standartlarida qanday ma’lumotlar keltirilgan bо‘ladi? 3 Materialning mikro- va makrotuzilishi deganda nimani tushunasiz? 4. Konglomerat nima? 5. Ishlab chiqarish texnologiyasi va xom ashyo turiga kо‘ra qurilish materiallari qanday guruqlarga bо‘linadi? 6. Haqiqiy zichlik, о‘rtacha zichlik va g‘ovaklikni aniqlash ifodalarini eslang. 7. Siqilish va chо‘zilishdagi mustaxkamlik chegarasini aniqlash formulasini eslang. 8. Egilishdagi mustaxkamlik chegarasi qanday formula yordamida aniQlanadi? 9. Materialning qattiqligini aniqlash usullarini eslang. 10. Ishqalanish kuchlari ta’siridagi yemiriluvchanlik tushunchasini va yeyiluvchanlikni aniqlash usulini eslang. 11. Elastiklik, plastiklik va mо‘rtlik deganda nimalarni tushunasiz? 12. Namlik, suv shimuvchanlik va gigroskopiklik bо‘yicha qanday tushunchalarga egasiz? 13. Materialning suv о‘tkazuvchanligi va sovuqqa chidamliligi deganda nimalarni tushunasiz? 2-MAVZU: TABIIY TOSH MATERIALLAR Reja: 2.1. Tog‘ jinslari xaqida ma’lumot 2.2. Tog‘ jinslarining turlari 2.3. Tabiiy tosh materiallarininng xossalari va turlari 2.4.Mahalliy tabiiy tosh materiallar. Tayanch tushunchalar: tog‘ jinslari, magmatik tog‘ jinslari, chо‘kindi tog‘ jinslari, metamorfik tog‘ jinslari, yirik donali jinslar, shag‘altosh va valunlar, metamorfik tog‘ jinslari. 12 2.1. Tog‘ jinslari xaqida ma’lumot Qurilishda ishlatiladigan tabiiy tosh materiallari tog‘ jinslaridan olinadi. Tog‘ jinslaridan faqat mexanik ishlov berish yо‘li bilan (maydalash, arralash, jilolash va boshqa yо‘llar bilan) olinadigan qurilish materiallari tabiiy tosh materiallar deb ataladi. Bunday ishlov berish natijasida tabiiy tosh materiallari tog‘ jinsining fizikaviy-mexanik xossalarini qariyb tо‘la saqlab qoladi. Tog‘ jinslaridan faqat mexanik usulda ishlov berish yо‘li bilan (maydalash, parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash va boshqa yо‘llar bilan) olinadigan qurilish materialllari tabiiy tosh materialalar deb ataladi. Bunday ishlov berish natijasida tabiiy tosh materiallar tog‘ jinsining fizik-mexanik xossalarini qariyib tо‘la saqlab qoladi. Geologik jarayonlar natijasida hosil bо‘lgan, ma’lum tarkib va tо‘zilishiga ega minerallarning tabiiy birikmasi tog‘ jinsi deb ataladi. Agar tog‘ jinsi bir xil minerallardan tashkil topgan bо‘lsa, monomineral jins deb ataladi (masalan, kvarsit, marmar). Tabiatda bunday jinslar kam uchraydi. Tog‘ jinslari bir necha minerallardan iborat bо‘lsa, polimineral jinslar deyiladi (kvars, dala shpati, barit). Mineral (lotin tilida minera - ruda) –kimyoviy tarkibi va fizik xossalari bо‘yicha taxminan bir jinsli tabiiy jism bо‘lib, fizikaviy–kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bо‘ladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling