Мавзу: Металлар технологияси асослари


 Tabiiy tosh materiallarining xossalari va turlari


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

2.3. Tabiiy tosh materiallarining xossalari va turlari 
Tabiiy tosh materiallarining turli-tuman fizikaviy –mexanik xossalari ichida 
zichligi, siqilishiga mustahkamlik chegarasi, sovuqqa chidamliligi ajratib 
kо‘rsatiladi. Bu xossalarning qiymatiga kо‘ra materiallarning sifati baholanadi va 
ular markalarga bо‘linadi . 
Quruq holatdagi zichligi bо‘yicha tosh materiallar og‘ir (1800 kg/m
3
dan 
ortiq) va yengil (1800 kg/m
3
dan kam) toshlarga bо‘linadi .


15 
Siqilishga mustahkamlik chegarasi bо‘yicha quyidagi markalar belgilangan: 
og‘ir tosh materiallari uchun –10 dan 400 gacha, yengil tosh materiallari uchun esa 
– 1 dan 20 gacha. 
Sovuqqa chidamlilik darajasi bо‘yicha tosh materiallar uchun 10 dan 500 
gacha marka(G‘) belgilangan. 
Yо‘l qoplamalari, binolarning pollari uchun mо‘ljallangan materiallarga 
qо‘shimcha talablar qо‘yiladi (ishqalanishga yuqori chidamlilik va boshqalar). 
Qoplama plitalar tayyorlanadigan tabiiy tosh uchun tashqi kо‘rinishi, rangi va 
teksturasi katta ahamiyatga ega. 
Qurilishda tabiiy tosh materiallari va buyumlarining quyidagi har xil 
turlaridan foydalaniladi: xarsangtosh, devorbop toshlar va bloklar, Qoplama tosh va 
plitalar, shag‘al, chaqiqtosh, qum va boshqalar.
Qurilishda xarsangtoshning notо‘g‘ri shakldagi bо‘laklari (kо‘porilgan 
xarsangtosh) yoki notо‘g‘ri plitalar kо‘rinishidagi bо‘laklari ishlatiladi. 
Kо‘porilgan xarsangtosh chо‘kindi tog‘ jinslaridan (oxaktosh, dolomit, 
qumtoshlar) portlatish usulida, plitalar esa qatlamli tog‘ jinslaridan ponalar va urib 
harakatga keltiriladigan mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Alohida 
xarsangtoshlarning massasi 20-40 kg atrofida bо‘ladi. 
Xarsangtosh isitilmaydigan binolar va inshootlarning poydevorlari Hamda 
devorlarini, tirgak devorlar va boshqalarni barpo etish uchun material bо‘lib xizmat 
Qiladi. Xarsangtoshni tayyorlashda Hosil bо‘ladigan chiQindilar maydalanadi va 
betonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Devor toshlari va bloklari oxaktoshlardan, vulqon tuflaridan va zichligi 2200 
kg/m
3
gacha bо‘lgan boshqa tog‘ jinslaridan tayyorlanadi. Dastaki terish uchun 
mо‘ljallangan toshlar о‘lchami 390 x 190 x 190 mm, mexanizatsiyalashgan usulda 
terish uchun moslangan yirik bloklarning о‘lchamlari esa jinsning mustahkamligi 
va kranlarning yuk kо‘tarish quvvatiga asoslanib belgilanadi. Toshlar va 
bloklarning tо‘g‘ri geometrik shakli va talab etiladigan о‘lchamlari, odatda 
ularning toshtaroshlash mashinalar yordamida massivdan arralab olish yо‘li bilan 
hosil qilinadi. Sindirib, donalab tayyorlangan toshlar kam ishlatiladi. Devor 
toshlari va bloklarining ustki yuzasi manzaraviylik talablariga ham javob berishi 
kerak. 
Qoplama toshlar va plitalar tabiiy tosh bloklaridan arralab yoki sindirib 
olinadi, keyin mexanik ishlov berish yо‘li bilan tayyorlanadi. tashqi yuzani qoplash
uchun mо‘ljallangan tog‘ jinslari yog‘in-sochinga chidamli bо‘lishi, darz va 
yemirilish izlari bо‘lmasligi, chiroyli va rangi о‘zgarmaydigan bо‘lishi kerak. 
Bunday maqsadlar uchun granit, siyenit, diorit, laboradorit, kvarsit, zich oxaktosh, 
tuf, qumtosh ishlatiladi. Ichki yuzani qoplash uchun ishlatiladigan tog‘ jinslari 
chiroyli rangli bо‘lishi va oson jilolanishi kerak. Bunday maqsadlarda kо‘pincha 
marmartosh ishlatiladi. 
Qoplama toshlar va plitalar arralangan va yо‘nilgan bо‘ladi. Arralangan 
buyumlar yо‘nilgan buyumlarga nisbatan arzon va puxtaroq bо‘ladi, chunki tog‘ 
jinslarini arralab, mikrodarzlarsiz yupqa buyumlar tayyorlash mumkin.


16 
Devorlarni qoplash va pol uchun mо‘ljallangan plitalar tо‘g‘ri burchakli 
shaklga va berilgan о‘lchamlarga ega bо‘lishi kerak. Bundan tashqari, plitalarning 
ustki yuzasiga turli manzarali faktura beriladi.
Magmatik tog‘ jinslaridan tayyorlangan plitalar va toshlar (granit, 
laboradorit, gabbro va boshqalar) monumental binolarning sokollari va 
fasadlarining sirtini, jamoat binolarining kishilar oqimi jadal bо‘lgan (masalan, 
metro stansiyalari, vokzal, aeroport) xonalaridagi chidamli va manzarali pollarini 
qoplash uchun ishlatiladi.
Marmar plitalar ishlab chiqarishda kо‘p chiqindi hosil bо‘ladi, ulardan 
chiroyli koshinkor pol yasashda yoki manzarali suvoq qorishmalari tayyorlashda 
foydalaniladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling