Мавзу: Металлар технологияси асослари
Mahalliy tabiiy tosh materiallar
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
2.4.Mahalliy tabiiy tosh materiallar
О‘zbekiston shaharlarida sanoat va uy-joy binolari qurish va ularga pardozlash qoplama materiallarini kо‘plab ishlatish, shuningdek temir yо‘l о‘tkazish kabi ishlar juda rivojlanib ketganligi tufayli oddiy g‘isht va sopol materiallar qurilish talablarini qondira olmay qoldi. Shuning uchun ham qurilishda ajoyib materialtabiiy toshlar qо‘llanila boshlandi. Qurilish uchun zarur bо‘lgan tabiiy tosh materiallarni qidiruv ishlari О‘zbekistonda yaxshi yо‘lga qо‘yilgan. Hozirgacha topilgan qazilma boyliklar zahirasi qurilish talablarini bir necha о‘n yillargacha qondira oladi. Bekobod hududi yaqinidagi Mо‘g‘ultov tog‘lari qoyalarining va Farhod tog‘i qoyalarining hammasi qora va kul rang ohaktoshlardan iborat. Bu oxaktoshlar sement ishlab chiqaruvchi zavodlarni 100 yil ta’minlay oladi. Ohangarondan to Angrengacha bо‘lgan yо‘lning shimoli-g‘arb tomonida ohaktosh zahiralari qoplanganligini kо‘rish mumkin. Bu yerlarda ohaktosh qatlamining qalinligi 20 metrgacha yetadi. Bu hudud atrofidagi sopol materiallarga xos sog‘ tuproq qatlamining qalinligi 10 metrgacha yetadi. Bulardan tashqari, bu vodiylarda portlandsementga qо‘shiladigan tabiiy faol qо‘shilmalardan opokalar, vulqon tuflari va tabiiy pishgan tog‘ jinslari (gliyej) ham bor. Shuningdek, bunday qо‘shilmalar parkent, Qizilqiya, Angren hududida va Ohangaron vodiysida kо‘plab uchraydi. Beton va temir-beton qurilmalarni tayyorlashda ishlatiladigan mayda (qum) va yirik (shag‘al) tо‘ldirgichlar О‘zbekistonda keng tarqalgan. Chirchiq daryosining Chinoz yaqinidagi о‘zanida, Sirdaryo о‘zanida, Farg‘ona vodiysi va boshqa yerlarda shag‘al va qum zahiralarini kо‘plab uchratish mumkin. Beton uchun yuqorida aytilgan daryo qumlari qatorida qadimiy dengiz qirg‘oq qumlarini ham ishlatish mumkin. Bunday qum konlari Toshkent yaqinidagi hududlarda va Farg‘ona vodiysida kо‘p uchraydi. Ular 10-20 metr qalinlikdagi qatlam sifatida, Ohangaron vodiysida kichkina tepaliklar sifatida Jilg‘a tо‘xtash joyigacha, Chirchiq vodiysida esa Barraj tо‘xtash joyigacha bо‘lgan joylarda kо‘p tarqalgan. Mays va Darvoza qum konlaridan deyarli 15 yildan beri qum qazib olinmoqda. SHо‘rob va Sulyukta kо‘mir konlari atrofida 20-30 metr qalinlikka ega bо‘lgan oq 17 qum qatlamlari yer yuzasiga kо‘tarilib qolgan. Kon qidiruvchilarimiz juda katta kvars qum zahiralarini Qizilqum sahrolarida ham topdilar. Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida, Qoraqalpog‘istonning ba’zi hududlarida, Farg‘ona vodiysida shunday yerlar borki, ular barxan qumlari bilan qoplangan. Bulardan tashqari loyli slanets toshlari Zarafshon vodiysining chap qirg‘og‘idagi Zirabuloq qishlog‘iga yondosh Ziyovuddin tog‘larida, Qoraqalpog‘istondagi Sulton- UizDog‘ tog‘larida va Farg‘ona vodiysining janubida ham kо‘p uchraydi. Yer yuzasiga kо‘tarilib chiqqan tabiiy tosh materiallaridan bazalt, andezit va diabaz kabi jinslar respublikaning Toshkent, Turkiston, Nurota kabi hududlarida atrofida kо‘p uchraydi. Bazalt chiqadigan Nevich koni Parkentdan 10-15 kilometr sharqi- janubda, Toshkent yaqinida joylashgan. Qora rangdagi bazalt toshlari Nevich daryosining tog‘ oralig‘ida qatlam-qatlam bо‘lib yotibdi. Toshkentdan 50-70 kilometr masofadagi Qurama tog‘larida 100 metr qalinlikka ega bо‘lgan dolomit qatlamlari topilgan. Oq dolomit toshlari О‘zbekistonning janubida, G‘uzor tog‘larining g‘arbiy- janubidagi Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Chig‘anoq ohaktosh zahiralari О‘zbekistonning janubida, Surxondaryo viloyatida keng tarqalgan. Toshkent yaqinidagi ohaktosh qatlamlarining qalinligi 5- 20 metrga yetadi. Bu ohaktoshlardan Ohangaronda portlandsement olish uchun foydalanilmoqda. Buxoro shahri yaqinidagi ohaktosh qatlamlarining qalinligi 150 metrga yetadi. О‘zbekistonda 30 dan ortiq marmar konlari bor. Samarqand viloyatidagi «G‘ozg‘on» marmari о‘zining zahira kategoriyasiga, bloklashuvchanligiga va rangining turligiga kо‘ra sovet va chet el quruvchilariga keng tanilgan. Bu marmar bilan Parij va Nyu-Yorkda tashkil etilgan butun dunyo kо‘rgazmasi pavilyonlarining devorlari qoplangan. Moskvadagi kо‘plab saroylarning ichki qismini qoplashda va qisman Toshkentdagi Navoiy nomidagi opera va balet akademik teatri binosini bezatishda «G‘ozg‘on» marmari ishlatilgan. О‘zbekiston halqlariga marmar toshinipg gо‘zalligi, uning qurilish va me’morchilikda ishlatilishi qadim zamonlardan ma’lumdir. Samarqand shahridagi Gо‘ri Amir, Shoxi zinda, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim madrasasi, tarixiy me’moriy yodgorliklarda marmar toshlar qoplama plitalar, pol uchun bloklar, supachalar yasashda kо‘p qо‘llanilgan. О‘zbekistonning Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari tog‘larida juda kо‘p marmar konlari bor. Toshkent yaqinida ikkita marmar koni bо‘lib, bulardan biri – Mingbuloq konidir. Mingbuloq marmari yirik donali, och kul rang. Ikkinchisi Chotqol tog‘larining g‘arbiy yon bag‘rida, Sо‘qoq va Zarkent qishloqlari о‘rtasida joylashgan. Bu marmar oq, sariq, och о‘t va kul rangdir. Tuproqning maxsus turi bо‘lgan sog‘ tuproq О‘zbekiston qurilishlarida kо‘p tarqalgan materialdir. U kimyoviy va mineralogik tarkibiga kо‘ra hamda kelib 18 chiqishi bо‘yicha oddiy tuproqni eslatadi. Ammo sog‘ tuproq tarkibida faol gil (AI 2 0 3 ) miqdori kо‘p. Respublikamizda sog‘ tuproq juda kо‘p. Ayniqsa, Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Samarqand, Qо‘qon kabi hududlarda sog‘ tuproq zahiralari kо‘p tarqalgan. Sog‘ tuproqdan ishlangan xom g‘ishtning kam qavatli bino devorlarini qurishda ishlatilishi uning yuqori mexanik xususiyatga ega ekanligidan darak beradi. Sog‘ tuproq g‘isht ishlab chiqarishda, sopol buyumlar tayyorlashda asosiy xom ashyodir. Shuningdek, suvoqchilikda, sement ishlab chiqarishda va kо‘p g‘ovakli beton va qurilmalar tayyorlashda ham u kо‘plab ishlatiladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling