Мавзу: Металлар технологияси асослари
Mahalliy bog‘lovchi moddalar
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
3.6.Mahalliy bog‘lovchi moddalar
О‘zbekistonda ohak ishlab chiqarish. Markaziy Osiyoda ohak qurilishda XIX asrning о‘rtalarida juda kam ishlatilgan bо‘lib, qurilishda asosan havoda qotadigan bog‘lovchi materiallardan sog‘ tuproq bilan ganch kо‘p tarqalgan edi. Respublikada ohak ishlab chiqaruvchi yirik zavodlar birinchi bо‘lib Jizzax va Quvasoyda 1930 yillarda qurildi. Keyinchalik Ohangaron va Chirchiq vodiylarida topilgan kо‘pdan-kо‘p ohakbop xom ashyo zahiralari, respublika ehtiyojini qondira oladigan darajada ohak ishlab chiqarish imkonini tug‘dirdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Sulton-Ule-Dag‘ tog‘ etaklari, shuningdek, Orol dengizining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan katta qatlamdagi bо‘rli ohaktosh zahiralari ohak ishlab chiqarish uchun yaroqli xom ashyolarrdir. Shu singari ohakbop xom ashyo zahiralari respublikaning SHо‘rsuv, Rishton, Sox, Samarqand, Buxoro va boshqa hududlarida juda kо‘p tarqalgan. Ota-bobolarimiz ohak yoki ganch olishda xom ashyoni juda oson va sodda usul bilan pishirib yuqori sifatli bog‘lovchi moddalar olishga muvaffaq bо‘lishgan. Gipsli bog‘lovchi moddalarning О‘zbekistonda keng miqyosda ishlatilganligi, arxeologlarning kо‘rstishicha VII-X va X–XIII asrlarga tо‘g‘ri keladi. Bu davrda gips asosan g‘isht terishda, san’at koshonalarini yaratishda, ganch va alebastr toshlariga о‘yib gullar solishda kо‘p ishlatilar edi. Ma’lumki, gips havoda qotadigan bog‘lovchidir. Shunga kо‘ra bizning ota-bobolarimiz gipsli 26 bog‘lovchilarni ob-havoda, suv, nam ta’siriga chidamliligini oshirish va mustahkamligini oshirish maqsadida juda kо‘p turli faol qо‘shilmalar qо‘shib foydalanib kelingan. Masalan, gips qorishmang plastikligini, yopishuvchanligini, shuningdek, buyumning chidamliligini, mustahkamligini oshirish maqsadida maxsus о‘simlik yelimi ishlatilgan. Gipsning obhavo ta’siriga chidamliligini oshirish maqsadida, qorishmaga о‘simlik kuli, tuyilgan pista kо‘mir, g‘isht kukuni, ohak va boshqalar qо‘shib devorlar qurishda suvoqchilikda va me’morchilikda ishlatilgan. Markazxiy Osiyoda kо‘p tarqalgan ganch havoyi bog‘lovchi modda bо‘lib, u oddiy qurilish gipsdan tarkibidagi tuproqning kо‘pligi (20-40% gacha) bilan farq qiladi. Ganch ham qurilish gipsi singari 170-180 0 S haroratda pishirib olinadi, ya’ni undagi ikki molekula suvli gips yarim molekulali holatga keltiriladi. Ganchning sifati, asosan, undagi yarim molekulali gipsning yoki boshqa sо‘z bilan aytganda, xom ashyo tarkibidagi ikki molekulali gipsning miqdoriga bog‘liq bо‘ladi. Bunda gipsning miqdori qanchalik ortsa, ganch shunchalik yuqori sifatli bо‘ladi. Hozir respublikada tо‘rtta korxona ganch ishlab chiqarmoqda. Portlandsement. О‘zbekistonda portlandsement ishlab chiqarish asosan XXasrning о‘ninchi yillarida boshlangan. Ammo Markaziy Osiyoda, xususan О‘zbekistonda qurilishi hajmining tez sur’atda о‘sishi natijasida Bekobodda birinchi bо‘lib yiliga 150 ming tonna portlandsement ishlab chiqaruvchi zavod qurilshga ega bо‘lindi. Respublikada portlandsement ishlab chiqaruvchi ikkinchi yirik zavod 1932 yilda Quvasoyda qurildi. Sо‘ngra Angren, Ohangaron va Navoiy shaxarlarida sement zavodlari qurildi. Bugungi kunda mamlakatimiz sement zavodlari О‘zbekiston qurilish soxasini sement bilan tо‘la ta’minlamoqda va chet mamalakatlarga eksport qilish imkoniyatiga ega. Oxangaron, Quvasoy va Navoiy sement zavodlarida ishlab chiqarilayotgan portlandsementning ba’zi turlari bu soxada xalqaro sertifikatni olishga sazovor bо‘ldi. 3.1-jadval Uzbekistonda portlandsement ishlab chiqarilishi, yillar bо‘yicha, ming. t. Korxona nomi 199 0 199 9 200 0 200 5 Qizilqum (Navoi) 290 1 147 5 150 0 225 0 Oxangarons ement 172 6 693 100 0 117 0 Quvasoyse ment 907 713 700 900 Bekabodse 700 440 440 700 27 ment Angren kurilish ashyolari AO 76 9 100 240 Jami 631 0 333 0 374 0 526 0 Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling