Мавзу: Металлар технологияси асослари


 Betonning asosiy xossalari


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

4.2. Betonning asosiy xossalari 
Og‘ir betonning asosiy xossalariga mustahkamligi, zichligi, suv 
о‘tkazmasligi, sovuqqa chidamliligi, kirishishi, bо‘rtishi, korroziyaga chidamliligi 
va olovbardoshliligi kiradi. 
Ma’lumki beton siqilishga yaxshi, chо‘zilishga esa ancha sust (siqilishga 
nisbatan 10...20 baravar kam) qarshilik kо‘rsatadi. Shu sababli siqilishga 
mustaxkamlik beton mexanik xossalarining asosiy kо‘rsatkichi sifatida qabul 
qilingan. U ayni beton qorishmasidan tayyorlangan va normal sharoitlarda (t =15-
20
0
C, w=90%). 28 yoki 180 sutka davomida qotgan standart 150x150x150 mm 
о‘lchamli kubik shaklidagi namunalarni gidravlik press yordamida siquvchi 
kuchlar ta’siriga sinab kо‘rish bilan aniqlanadi (4.1-rasm). Siqilgandagi
mustaxkamlik chegarasini tomonlarining о‘lchamlari 300, 200, 100 va 75 mm 
bо‘lgan namuna kubiklarda ham aniqlash mumkin. Sinash natijalarini tegishlicha 
1,1; 05; 0,95; 0,85 ga teng koeffitsiyentlarga kо‘paytirish yо‘li bilan standartga
keltirish mumkin. Namunalar о‘lchamini tanlashda quyidagi shartlarga amal qilish 
kerak: beton tо‘ldirgichning eng katta yirikligi namuna tomonlari о‘lchamining 1/3 
qismidan ortmasligi kerak 
Turli о‘lchamdagi namunalar mustahkamligining о‘zgaruvchanligini namuna 
bilan press yostiqlari orasida hosil bо‘ladigan ishqalanish kuchlarining turlicha 
ta’siri orqali izoxlash mumkin. Namunaning balandligi oshib borishi bilan 
kо‘ndalang deformatsiyaalanishga tо‘sqinlik qiladigan ishqalanish kuchlarining 
ta’siri kamayib boradi va о‘z navbatida mustaxkamlik kо‘rsatkichi ham kichikroq 
bо‘ladi. Agar tomonlari 15 sm bо‘lgan kubning mustahkamligi R ga teng bulsa
tomonlari 10 sm li kubniki 1,12 R ga, tomonlari 20 sm li namunaniki esa 0,93R ga 
teng bо‘ladi. 
Prizma shaklidagi namunalarda ishqalanish kuchlarining ta’siri kub 
shaklidagi namunalardagiga qaraganda ancha kam bо‘ladi. Prizma balandligi
ning kvadrat shaklidagi asos tomonining о‘lchami a ga nisbati ortishi bilan 
mustaxkamlik kamayib boradi, birok h/a > 4 bо‘lganda prizmaning mustahkamligi 
о‘zgarmas qiymatlarga erishadi. Konstruksiyalar shaklining prizmaga о‘xshashligi 


30 
va prizma shaklidagi namunalar mustahkamligining о‘zgarmasligini inobatga olib
betonning siqilishga vaqtinchalik qarshiligini baxolash uchun prizma shaklidagi 
namunalarning mustahkamligi qabul qilingan. Bu kо‘rsatkichdan egiluvchi va 
siqilgan 
konstruksiyalarni 
xisoblashda 
foydalanadilar. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling