Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral qо‘shimchalar
Yirik tо‘ldirgichlar. Og‘ir betonlar massasining taqriban 50% atrofidagi
qismini yirik tо‘ldirg‘ichlar (shag‘al yoki chaqiqtosh) tashkil etadi. Betonlarni tayyorlashda odatda donalarining yirikli 5 mm dan 70 mm gacha bо‘lgan yirik tо‘ldirg‘ichlar ishlatiladi. DST 10268-80 ga kо‘ra, yirik gidrotexnika inshootlarida donalarining о‘lchami 120 mm gacha bо‘lgan shag‘al yoki chaqiqtoshni ishlatish ruxsat beriladi. Donalarining yirikligi 150 mm gacha bо‘lgan tо‘ldirg‘ichlarni esa 37 faqat maxsus texnik-iqtisodiy asoslashlardan keyingina qо‘llash mumkin. Tо‘ldirg‘ich donalarining maksimal yirikligi konstruksiya kesimi minimal о‘lchamining 1/4 qismidan oshmasligi, temirbeton konstruksiyalarda esa bu yiriklik armaturalar orasidagi masofaning 2/3 qismidan kam bо‘lmasligi lozim. Eng kam g‘ovaklikga ega bо‘lgan optimal donadorlik tarkibini olish uchun yirik tо‘ldirg‘ichlarni 5-10, 10-20, 20-40, 40-70 va 70-120 mm о‘lchamli fraksiyalarga ajratadilar, sо‘ngra bu fraksiyalarni ma’lum nisbatlarda aralashtirib optimal tarkibli material olinadi. Talab etiladigan xossali beton olish uchun yirik tо‘ldirg‘ichning mustahkamligi, sovuqqa bardoshliligi va donalarining shakli ham ma’lum standart talablarga (DST 10268-80) javob berishi kerak. Shag‘al yoki chaqirtoshning mustahkamligi maydalanuvchanlik kо‘rsatkichi bо‘yicha baxolanadi. Yirik tо‘ldirg‘ichdagi chang va gil zarrachalarining miqdori 1% dan kо‘p bо‘lmasligi lozim. Qо‘shimchalar. Sement sarfini kamaytirish yoki betonning ma’lum xossalari yaxshilash maqsadida betonga dispers (tuyilgan) mineral qо‘shimchalar va sirt-faol moddalar qо‘shiladi. Mineral qо‘shimchalar sementga nisbatan faol yoki inert bо‘lishi mumkin. Qum, oxaktosh, dolomit, lyoss va boshqa tog‘ jinslarini maydalab inert kо‘shimchalar olinadi. Diatomit, trepel, trass, zol va domna toshqollarini tuyib (sement zarrachalarining maydalik darajasigacha) faol qо‘shimchalarni olish mumkin. Issiqlik eletrostatsiyalaridan chiqadigan zol eng samarali faol qо‘shimchadir. Mineral qо‘shimchalar ishlatilganda beton qorishmang suvga bо‘lgan extiyoji xaddan kо‘p oshib ketmasligi lozim. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling