Kengash va turli yig‘ilishlarga tayorgarlik ko‘rishda rahbar quyidagilarga rioya qilishi lozim:
kengash mavzusini ta’lim mazmunini takomillashtirish va rivojlantirishlarga yo‘naltirilgan aniq va ravshan tanlay bilish;
maqsadni oldindan aniq belgilash;
kengashdan kutilayotgan natijalarni oldindan ko‘ra olish;
o‘rinli, amaliy, ijro etish mumkin bo‘lgan tavsiyalar qabul qilish va vazifalar belgilash;
INGLIZ TILI
RUS TILI
AMALIY FANLAR
BOSHLANG’ICH TA’LIM
IJTIMOIY FANLAR
TABIIY FANLAR
ONA TILI VA ADABIYOT
ANIQ FANLAR
METODIK KENGASH
Sinf rahbarlar
METODIK KENGASH NIZOMI Umumiy o’rta ta’lim muassasasi metodik kengashi to’g’risidagi namunaviy Nizom O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 31 martdagi 3-mh-sonli “Umumiy o’rta ta’lim muassasasining metodik kengashi to’g’risidagi namunaviy nizomini tasdiqlash haqida” buyrug’i bilan tasdiqlandi. Mazkur nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarga muvofiq umumiy o’rta ta’lim muassasasi metodik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi. Metodik kengash tarkibi va uni ishini tashkil etish
Metodik kengash tarkibi muassasa direktorining buyrug’i bilan shakllantirilib, muassasaning pedagogik kengashiga bo’ysunadi va o’z faoliyatini pedagogik kengash qarorlarini bajarishga yo’naltiradi.
Metodik kengash a’zoligiga umumta’lim muassasasi direktorining o’rinbosarlari, uslubiy birlashmalar rahbarlari, oliy, birinchi va ikkinchi toifali o’qituvchilar kiritilib, metodik kengash a’zolari soni pedagog xodimlar va o’quvchilar sonidan kelib chiqib 5-15 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Metodik kengash raisi umumta’lim muassasasi direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari hisoblanadi.
Metodik kengash kotibi o’qituvchilar orasidan tayinlanadi. Metodik kengashning faoliyati umumta’lim maktabi direktori tomonidan nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |