SELECT AVG(100 * (SALES/QUOTA))
FROM SALESREPS
Yana bir shakl: Sizni kompaniyangizda reja bajarilishi o‗rtacha protsenti qancha?
SELECT AVG(100 * (SALES/QUOTA)) PROCENT
FROM SALESREPS
Bu holda ustun nomi ma‘noliroq, lekin bu asosiysi emas. Ustunlar summasini
hisoblab ko‗ramiz. SUM() funksiyasini qo‗llaymiz, ustun sonli bo‗lishi kerak!
Masalan, quyidagicha: Kompaniya xizmatchilari sotuvlar xajmi rejadagi va haqiqiy
o‗rta qiymati qanchaga teng?
SELECT SUM(QUOTA), SUM(SALES)
FROM SALESREPS
AVG() agregatlash funksiyasiga yana bir necha sodda misollarni ko‗ramiz.
Masalan: "ACI" ishlab chiqaruvchi mollari o‗rtacha narxini hisoblang.
SELECT AVG(PRICE)
FROM PRODUCTS
WHERE MFR_ID = 'ACI'
Ekstremumlarni topish funksiyalari yani MIN(), MAX() funksiyalarini
ko‗ramiz. Bu funksiyalar sonli ustunlar, sanalar va satrli o‗zgaruvchilar bilan
ishlaydi. Eng sodda qo‗llanishi sonlar bilan ishlash. Masalan quyidagi so‗rov
beramiz: Eng ko‗p va kam sotuvlar rejadagi xajmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |