Agregatlar va ma’lumotlarni guruhlash
Agregat funksiyalar jadval uchun natijaviy satr hosil qiladi. Masalan: Buyurtma
o‗rtacha narxi qancha?
SELECT AVG(AMOUNT)
FROM ORDERS
Masalan, oraliq natijani topish lozim bo‗lsin. Bu holda guruhlanishli so‗rov
yordam beradi. Ya‘ni SELECT operatorining GROUP BY ifodasi. Avval GROUP
BY ifodasi qatnashgan quyidagi so‗rovni ko‗ramiz: Har bir xizmatchi uchun
buyurtma o‗rtacha narxi qancha?
SELECT REP, AVG(AMOUNT)
FROM ORDERS
GROUP BY REP
REP maydoni bu holda guruhlash maydonidir, ya‘ni REP maydonning hamma
qiymatlari guruhlarga ajratiladi va har bir guruh uchun AVG(AMOUNT) ifodasi
hisoblanadi! YA‘ni quyidagilar bajariladi:
So‗rovlar har bir xizmatchaga bittadan guruhga ajratiladi. Har bir guruhda REP
maydoni bir xil qiymatga ega.
Har bir guruh uchun guruhga kiruvchi hamma satrlar bo‗yicha AMOUNT ustuni
o‗rta qiymati hisoblanadi va bitta natijaviy satr hosil qilinadi. Bu qator guruh
uchun REP ustuni qiymati vash u guruh uchun so‗rov o‗rta qiymatini o‗z ichiga
oladi.
SHunday qilib, GROUP BY ifodasi qo‗llanilgan so‗rov, "GURUHLANISHLI
SO‗ROV " deb ataladi! Shu ifodadan keyin kelgan ustun "guruhlash ustuni "
deyiladi. Yana bir necha guruhlanishli so‗rovlarni ko‗rib chiqamiz. Har bir ofis
uchun sotuvlarning rejalashtirilgan xajmi diapazoni qancha?
Do'stlaringiz bilan baham: |