Mavzu: Mikrokredit tashkilotlarining aktiv va passiv operatsiyalari Kirish Reja: 1


Download 220.34 Kb.
bet7/8
Sana21.04.2023
Hajmi220.34 Kb.
#1367903
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mikrokredit tashkilotlarining aktiv va passiv operatsiyalari

Xususiy muddatli depozit omonatchi tomonidan bank ixtiyoriga shartnoma asosida ma’lum muddatga butunlay beriladi. Muddat tuga-gandan so‘ng, qo‘yilma omonatchi tomonidan xohlagan vaqtda olinishi mumkin. Bunday depozit uchun to‘lanadigan foiz depozitning muddati, hajmi va omonatchi tomonidan shartnomaning bajarilishiga bog‘liq.
Avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo‘yilgan muddatli depo-zitni olish uchun shartnomaga ko‘ra, omonatchi qachon va qancha miqdorda mablag‘ini olishi haqida bankka xabar berishi lozim. Xabar berish muddatiga ko‘ra, omonatga foiz o‘rnatiladi. Muddatli depozit-larning hajmi shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida o‘zgartirilmaydi. Bu depozitlardan joriy hisob-kitoblar, to‘lovlar uchun foydalanilmaydi.

Jamg‘arma (depozit) sertifikati – bu bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday bo‘limidan belgilangan muddat tugagandan keyin, omonat miqdorini va sertifikatda shartlashilgan foizlarini olish huquqini tasdiq-lovchi qimmatli qog‘ozdir. Jamg‘arma (depozit) sertifikati taqdim etila-digan yoki egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Jamg‘arma (depozit) ser-tifikati muddatdan oldin taqdim etilgan hollarda, agar depozit shartlariga ko‘ra, foizlarning boshqa miqdori belgilanmagan bo‘lsa, ushbu bank sertifikati bo‘yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun to‘lanadigan omonat miqdorini va foizini to‘laydi.

Ko‘pgina banklarda keyingi vaqtlarda mijozlar orasida muddatli depozitlarga bo‘lgan qiziqish juda ortdi va depozitlar umumiy qo‘yil-malar hajmining 80 foizini tashkil qilmoqda. Muddatli depozitlarning turlari orasida yuqori daromadli jamg‘arma qo‘yilmalari, ayniqsa, bozor sharoitidagi o‘zgarishlar tufayli omonatchilar daromadlarining ortib borishiga qattiq ta’sir ko‘rsatuvchi pul bozoridagi depozitlar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Oddiy, talab qilib olinguncha depozitlar hajmi esa keskin qisqardi.

Pulning qadrsizlanishi, pul muomalasining buzilishi, raqobatning kuchayishi hamda mijozlar bilimi va saviyasining ortishi banklar xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan depozitlar tarkibining anchagina o‘zgarib ketishiga olib keladi. Hozirgi davrda jahon amaliyotida keng tarqalgan asosiy depozitlarning ikkinchi turi xorijiy davlatlar, u yerdagi biznes-menlar va fuqarolar depozitlaridir. Depozitlarning bunday turlari mamlakatimiz bank tizimi amaliyotida hali uncha keng qo‘llanilmaydi. Lekin bunday depozitlar haqida bilimga ega bo‘lish foydadan xoli emas.

Bunday depozitlar hajmining tez o‘sib borishi, jahon savdosining rivojlanishi va xorijiy investitsiyalarning oshishi bilan bog‘liq. Lekin keyingi paytlarda bunday depozitlarning hajmi qisqarib bormoqda. Bunga sabab mamlakat ichidagi depozitlarga qo‘yiladigan foiz stavka-larining omonatchilar uchun ancha qulay bo‘lib borayotganidir.

Asosiy depozitlarning yana bir turi boshqa bank qo‘yilmalaridir. Bularga vakillik xizmatlari haqlarini to‘lash maqsadida bir-birlarining banklaridagi hisobvaraqlarda saqlaydigan mablag‘lar kiradi.
Boshqa banklar mablag‘larini o‘zida saqlaydigan bank bu mab-lag‘larni o‘z balansida «loro» hisob raqami bo‘yicha qarz deb hisob-laydi (mazkur bankning vakillik hisob raqamidagi qoldiq). Boshqa bankda o‘z mablag‘ini saqlab turgan bank esa o‘z balansida ularni «nostro» hisoblash raqami bo‘yicha aktiv deb belgilaydi.
Xulosa
Tijorat banklari faoliyatini o’rganish jaroyonida shunday xulosaga keldikki O’zbekison Respublikasi tijorat banklari faoliyati, ularning tashkil topish asoslari O’zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy xujjatlariga asosan asosan amalga oshiriladi va ularning tijorat faoliyatini olib borishlari, turli xil operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun imtiyozlar va qulayliklarga egaligini ko’rishimiz mumkin.
Xozirda jaxonda banklar mijozlarga 300 dan ortiq xizmatlar ko’rsatadilar. Shulardan asosiylaridan biri bo’lgan lizing operatsiyalaridir. Shu o’rinda aytib
o’tish kerakki O’zbekiston Respublikasi Mrkaziy bankining tijorat banklarda lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun iqtisodiy meyorining o’rnatilgani tijorat banklarida lizing xizmatlarining o’sishiga xizmat qiladi, bu esa banklarda lizing bo’yicha xatarni kamaytirish bilan birga, bank bo’lmagan lizing beruvchilarga banklar bilan raqobat qilish uchun sharoit yaratadi.
O’zbekiston Respublikasida lizing xizmatlari o’sish tendensiyaga ega bo’lsada, foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun quyidagilarni taklif qilamiz:


  • lizing beruvchilarga kredit axbaroti tizimining aktiv ishtirokchilari bo’lishlari, undan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish kredit xatarini ancha kamaytirgan bo’lar edi:

  • jixozlar xar xil maishiy texnika vositalri, avtotransport vositalarini, ro’zg’orda foydalanildigan qishloq xo’jaligi taxnikalarini jismoniy shaxslarga xam lizingga bersa jismoniy shaxslarda oldinga intilish, o’z ishlab chiqarishini amalga oshirishga imkon tug’ilar edi:

Yuqorida keltirilgan fikrlar, faktlar lizingning rivojlanishi qolaversa

Respublikamiz iqtisodiyotining, bank tizimining barqarorligini ta’minlashda ishtirok etadi. Lizingdan foydalanishning kengayishi, investitsiya muxitining yangilanishi, samaradorligining oshishi, makroiqtisodiy barqarorliokning mustaxkamlanishiga olib keladi. Natijada mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanadi va axoli turmush darajasi yanada yaxshilanadi.


Download 220.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling