Mavzu: Mikroorganizmlarda irsiy o’zgaruvchanlik. Reja


Genetik rekombinatsiyalar


Download 0.9 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1057891
1   2   3
Bog'liq
Mikroorganizmlarning o\'zgaruvchanligi

Genetik rekombinatsiyalar

Yuqori turuvchi organizmlar singari, mikroorganizmlar uchun ham genetik rekombinatsiya xosdir. Ma’lumki eukariotlar uchun jinsiy ko‘payish xosdir. Prokariotlarda bu xol kuzatilmaydi. Mikroblarda rekombinatsiya retsepient kletkaga, donor kletka xromasomasining bir qismini kirishi natijasida to‘liq bo‘lmagan Zigota-merozigota hosil bo‘ladi.
Transformatsiya
Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida DNK donor, ikkinchisida DNK retsepient bo’ladi. Lekin hamma hujayralar ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish xususiyatiga ega bo’lgan hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi.
Transformatsiya holatini chaqirish uchun ba’zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta’sirida ishlanib, hujayra devorini o‘tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya protsessi bir necha fazada o‘tadi.
1. DNK donorni retsepietga adsorbsiyasi.
2. Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi.
3. Donor DNK sini retsepient xromasomasining o‘ziga o‘xshash qismi bilan birlashib rekombinatsiya hosil qilishi.
Transduktsiya
Donor bakteriya xueusiyatining bakteriofag orqali retsipient bakteriyaga o`tishi transduktsiya deyiladi. Masalan, bakteriofaglar orqali retsipient bakteriyaga xivchinlar, ovqatlanishni nazorat qiluvchi genlar, fermentlar sistemasi, antibiotiklarga, kislotaga chidamlilikni belgilovchi genlar, virulentlik, kapsula hosil qilish va boshqa xususiyatlarni belgilovchi genlar o`tishi mumkin.
Bu ish odatda mo``tadil bakteriofaglar tomonidan bajariladi.
Transduktsiyaning 3 turi ma`lum:
1) umumiy (nospetsifik) transduktsiya,
2) maxalliy spetsifik transduktsiya,
3) abortiv transduktsiya.
1. Nospetsifik transduktsiyada DNK ning har xil fragmentlari mo``tadil bakteriofaglar orqali retsipient hujayraga o`tishi kuzatiladi. Bunda bakteriofag olib o`tgan DNK—fragmenti retsipient hujayra DNK—sining gomologik uchastkasiga birikishi mumkin.
2. Spetsifik transduktsiyada bakteriofag donor hujayra DNK-sidagi aniq bir genni retsipient hujayraga olib o`tadi. Bunda transduktsiya qiluvchi bakteriofag DNK—si bakterial hujayra DNK—sining (donor) ma`lum genlari bilan birikadi. Har bir bakteriofag zarrachasi bir yoki bir necha yaqin joylashgan gen (genlarii) olib o`tadi.
3. Abortiv transduktsiyada bakteriofag olib o`ttan donor hujayraning DNK fragmenti retsipient hujayra DNK—siga birlashmaydi va retsipient hujayra tsitoplazmasida avtonom bo`lib joylashadi va shu holda o`z funktsiyasini bajaradi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling