Mavzu: Mikroorganizmlarda irsiy o’zgaruvchanlik. Reja


Download 0.9 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1057891
  1   2   3
Bog'liq
Mikroorganizmlarning o\'zgaruvchanligi


Mavzu: Mikroorganizmlarda irsiy o’zgaruvchanlik.
Reja:
  • Mikroorganizmlarda genotipikva fenotipik o’zgaruvchanlik
  • Mutatsiyalar
  • Genetik rekombinatsiyalar




Irsiyat haqida tushuncha
Oxirgi bir necha o’n yilliklar ichida mikroorganizmlar genetikasini o’rganishda nihoyatda ko’p va buyuk yangiliklar kashf qilindi. Mikroorganizmlar genetikasi ustida olib borilgan ishlar shuni ko’rsatdiki, mikroblarni hamma xossalarini ham o’zgartirish mumkin ekan.
Irsiyat bilan o`zgaruvchanlik bir — biri bilan chambarchas bog`liq ikki jarayon bo`lib, tiriklikka xos asosiy hossani tashqil etadi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning irsiy xususiyatlari va o`zgaruvchanligi boshqa organizmlarnikiga qaraganda yaxshi o`rganilgan
G.A.Nadson va G.S.Filippov (1925) achitqi zamburug`lariga rentgen nurlarini ta`sir ettirib, yangi mutantlar olishga muvaffaq bo`lganlar. Ulardan keyin M.N. Meysel (1928 — 32 yillarda) achitqilarga xloroform va kuchsiz tsian tuzlari ta`sir ettirib, yangi mutantlar oldi.
Genetika qonuniyatlarini o`rganishda mikroorganizmlar muhim ahamiyatga zga. Chunki bakteriyalarnnng tez bo`linishi va naslning nihoyatda ko`p, mayda bo`lishi va kam joy egallashi ularni nihoyatda qulay ob`ekt qilib kuyadi. Masalan, ichak tayoqchasi har 15 minutda bo`linib turadi, bitta hujayra naslining soni 18 — 24 soatdan keyin 1 mm3 da 24 milliardga yetadi. Mikroorganizmlarda fenotipik (nasldan-naslga ugmaydigan) va genotipik (nasldan — naslga o`tadigan) o`zgaruvchanlik farq qilinadi. Bular hujayraning ikki asosiy xususiyati: genotipi va fenotipiga bog`liqdir.
Genotip hujayradagi umumiy genlar majmuasi (yig`indisi) dir. U organizmning butun bir hossalari guruhini, tashqi muhitning har — xil sharoitida turlicha namoyon bo`lishini belgilab beradi. Biroq, genotip har qanday sharoitda ham nisbiy doimiyligini saqlab qoladiki, bu hol mikroorganizmlar turlarini bir—biridan farq qilib, ajratib olishga imkon beradi
Fenotip har bir individiumga xos morfologik va fiziologik hossalarning umumiy kompleksidir. Fenotip go`yo ma`lum bir konkret yashash sharoitida genotip harakterining tashqi ko`rinishi ifodasidir.
Genotip hujayraning yuzaga chiqishi mumkin bo`lgan umumiy xususiyati bo`lsa, fenotip ushbu xususiyatlarning kuzga ko`rinadigan ifodasidir
Fenotip o`zgaruvchanlik Modifikatsiyalar tashqi muhitning turli omillari ta`sirida kelib chiqadi va odatda, mikrob turli oziq muhitida o`sib ko`payganda kuzatiladi.
Muhitga penitsillin qo`shiladigan bo`lsa, hujayralar cho`ziladi, ba`zan juda o`zgarib ketadi. Bakteriyalarda spora hosil bo`lishi ham muhit harakteriga (quyuq yoki suyuqligiga), uning tarkibi, o`stirish temperaturasiga bog`liq
Muhitga 0,1% pepton qo`shilganda, 48 soatdan so`ng 100% spora hosil bo`lsa, 2% pepton qo`shilganda faqat esa vegetativ formalar qayd etiladi. Ko`pgina bakteriyalar va zamburug`lar turli oziq muhiti va turli temperaturada o`stirilganda, pigment hosil qilish tezligini o`zgartiradi
Genotipik o`zgaruvchanlik Hujayraning irsiy axboroti ona hujayradan qiz hujayraga o`tadigan xromosomadagi genlarda joylashgan. Jinssiz bo`linishda mitoz jarayonida genlar ikkita hujayra o`rtasida teng taqsimlanadi. Qiz hujayralar dastlabki (o`zidan oldingi) hujayraning to`liqgenlar to`plamini (naborini) oladi va bir xil,bo`ladi.
Genotipik o`zgaruvchanlik mutatsiyalar va genotip rekombinatsiyalar (kon`yugatsiya, transformatsiya, transduktsiya) natijasida vujudga kelishi mumkin.
Mutatsiyalar. Turli omillar ta`sirida DNK molekulasining o`zgarishi undagi axborotning ham o`zgarishiga olib keladi. Shunday o`zgarishlar natijasida mutatsiyalar paydo, bo`ladi. Mutatsiyalar spontan va induktsiyalangan bo`lishi mumkin. Spontan mutatsiyalarda kelib chiqish sabablarini aniqlab bo`lmaydi. Induktsiyalangan mutatsiyalarda esa ularning sabablarini bilish mumkin ,bo`ladi. Mutatsiyalarni keltirib chiqaradigan sabablardan kimyoviy moddalar (kolxitsin, etilamin, iprit va h.), jinsiy gormonlar, o`sishni tezlashtiruvchi moddalar va boshqalarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Bularning ta`sirida nukleotidlar tasodifan qayta guruhlanadi va yangi hossaga ega bo`lgan mutant vujudga keladi. Agar vujudga kelgan mutatsiya organizm uchun foydali bo`lsa, mutantlar ko`payib ketadi va aksincha vujudga kelgan o`zgarish foydali bo`lmasa, mutantlar nobud ,bo`ladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling