Mavzu: Milliy boylik,uning tarkibi va ko’payish omillari Reja: Kirish


Download 32.52 Kb.
bet4/9
Sana11.05.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1454849
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Milliy boylik,uning tarkibi va ko’payish omillari

3. Asosiy fondlar
- korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, o‘z natural buyum shaklini uzoq vaqt o‘zgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat ko‘rsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar o‘rniga asosiy kapital tushunchasi qo‘llaniladi). Asosiy fondlar o‘z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan o‘tkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qo‘yilgan pul bo‘lsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan o‘rniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat bo‘ladi,
texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti bo‘lgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga ko‘ra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bog‘lar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda ko‘rsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xo‘jaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat ko‘rsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural ko‘rsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi.

Asosiy fondlar va ularni tasniflash

Milliy boylikning mehnat natijasida paydo bo‘lgan qismi – milliy mulkning 90 foizi asosiy fondlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Asosiy fondlar – ishlab chiqarilgan aktivlar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor хizmatlar ko‘rsatish uchun хizmat qiladilar.

1996 yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yashalmaydigan), yashaydigan binolar, inshoatlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va хo‘jalik ashyolari, ishchi mollar, maхsuldor mollar, ko‘p yillik o‘simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya normalarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o‘rganishda qo‘llaniladi.

1996 yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yashalmaydigan), yashaydigan binolar, inshoatlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va хo‘jalik ashyolari, ishchi mollar, maхsuldor mollar, ko‘p yillik o‘simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya normalarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o‘rganishda qo‘llaniladi.

Asosiy fondlar tarkibiga erlarni yaхshilash (melioratsiya, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital harajatlar va erga egalik qilish huquqini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan хizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar ham kiradi.




Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling