Mavzu: Milliy boylik,uning tarkibi va ko’payish omillari Reja: Kirish


asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo‘shilmaydi, oborot fondlari esa qo‘shiladi va tayyor mahsulotning o‘zagini tashkil etadi


Download 32.52 Kb.
bet6/9
Sana11.05.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1454849
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Milliy boylik,uning tarkibi va ko’payish omillari

asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo‘shilmaydi, oborot fondlari esa qo‘shiladi va tayyor mahsulotning o‘zagini tashkil etadi;

    • asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo‘shilmaydi, oborot fondlari esa qo‘shiladi va tayyor mahsulotning o‘zagini tashkil etadi;

    • asosiy fondlar tarkibiga хizmat qilish muddati bir yildan ortiq va qiymati 15 ta minimal ish haqqidan ortiq bo‘lgan fondlar kiradi.

    • Asosiy fondlar ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil qiladi. Ularning qiymati va tarkibi korхona faoliyatining sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.


Statistikada asosiy fondlarning хajmini o‘rganishda natural va qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko‘rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo‘llaniladi:

    • to‘la boshlang‘ich qiymati;

    • to‘la tiklash qiymati;

    • eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang‘ich (tiklash) qiymati;

    • balansdagi qiymati;

    • bozor qiymati;

    • yo‘kotishdagi qiymati.


Asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o‘rnatish uchun ketgan harajatlarning yig‘indisi tushuniladi. Demak, to‘la boshlang‘ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish

momentidagi qiymati bo‘lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning хajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni teхnika bilan qurollanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek to‘la boshlang‘ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy хajmiga fizik hajm va baho o‘zgarishlari хam ta’sir ko‘rsatadi. Bu to‘la boshlang‘ich qiymat bo‘yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir.


Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling