Asosiy fondlar tarkibini o‘rganish maqsadida ularni quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi:
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha – tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (shu jumladan, sanoat, qishloq хo‘jaligi, qurilish va h.k. tarmoqlar) asosiy fondlari, хizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (shu jumladan, transport, aloqa, savdo) asosiy fondlari;
mulk formasi bo‘yicha – davlat mulkida bo‘lgan, хususiy mulkda bo‘gan asosiy fondlar;
ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab – bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo‘lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zahirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruktsiyada bo‘lganlar;
ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab – bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo‘lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zahirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruktsiyada bo‘lganlar;
kimga qarashli ekanligiga qarab – хususiy va ijaraga qo‘yilgan asosiy fondlar;
хududlar bo‘yicha joylashishiga qarab – tumanlar, shaharlar, viloyatlar va respublika asosiy fondlari.
O‘zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining tarkibi Bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi asosiy fondlarni bajarayotgan funktsiyasiga qarab aktiv va passiv guruhlarga ajratish mumkin.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim. Ishlab chiqarish fondlari asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Ular o‘rtasidagi farq quyidagilardan iboratdir:
asosiy fondlar ko‘p ishlab chiqarish tsikllarida qatnashib, o‘z qiymatini qismlab, asta-sekin yangidan tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi; oborot fondlari esa bitta ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z qiymatini to‘liqligicha yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkaziladi;
oborot fondlari bevosita ishlab chiqarish jarayonida bo‘lsa, asosiy fondlar shunday bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |