Mavzu: milliy hisoblar tizimi va o’zbekistonda unga o’tishning vazifalari reja: kirish


Milliy hisoblar tizimidagi asosiy tushunchalar va tasniflar


Download 68.3 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2023
Hajmi68.3 Kb.
#1274414
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
milliy hisoblar tizimi va uning O\'zbekistondagi vazifalari

2. Milliy hisoblar tizimidagi asosiy tushunchalar va tasniflar

Iqtisodiy operatsiyalar. Institutsion birliklar o'rtasidagi har qanday iqtisodiy ma'noga ega bo'lgan munosabatlar - iqtisodiy operatsiyalar deyiladi. Iqtisodiy operatsiyalar ikki birlik o'rtasida bo'ladi va ikkala birlik bu munosabatni iqtisodiy operatsiya sifatida qayd etadi. Masalan, M birlik Z birlikka 1000 so'mlik tovarni sotdi. Bu tovar ayirboshlash operatsiyasi hisoblanadi. Agar, A birlik rezident institutsion birlik, Z- norezident bo'lsa bu operatsiya M uchun eksport, Z uchun esa import operatsiyasi hisoblanadi. Ma'lumki, iqtisodiyotda minglab institutsion birliklar mavjud. Ular o'rtasida millionlab operatsiyalar bajariladi. MHTda operatsiyalarning har biri alohida-alohida emas, balki ma'lum tartibda guruhlangan holda tarmoq va sektorlar miqyosida qayd etiladi. Iqtisodiy operatsiyalar quyidagicha guruhlanadi: tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish, ularni ayirboshlash, ishlatish va iste'mol qilish bilan bog'liq operatsiyalar; daromad taqsimoti va qayta taqsimot operatsiyalari; moliya instrumentlari bilan bog'liq operatsiyalar (moliya aktivlari va passivlariga ega bo'lish, ularning o'zgarishi, kreditlar olish va berish, qarzlarni to'lash, dividendlar va foizlar olish va to'lash, qarzdan voz kechish, aktiv yoki passivlaming inflyatsiya va valyuta kurslari o'zgarishi natijasida o'zgarishi va h.k.); favqulodda ro'y beradigan hodisalar, tabiiy ofatlar, urushlar natijasida aktivlarning o'zgarishini ifodalovchi boshqa operatsiyalar. Operatsiyalarga misol qilib, tovar va xizmatlami ishlab chiqarish, sotish, tarmoq va sektorlar o'rtasidagi tovar va xizmatlarni ayirboshlash, ular o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ichki iqtisodiyot sektorlari bilan norezident birliklar (tashqi dunyo sektori) o'rtasidagi eksport, import, investitsiyalar ayirboshlash, ularni qaytarish kabi amaliyotlarni ko'rsatish mumkin. Operatsiyalarni qayd etishda oqimlar va zaxiralarni farqlash lozim. Oqimlar- kuzatilayotgan ma'lum bir davrdagi iqtisodiy o'zgarishlarni ifodalovchi operatsiyalardir. Masalan, tovar va xizmatni ayirboshlash, aktiv va passivlarning o'zgarishini ifodalovchi operatsiyalar, ma'lum bir davrdagi ishlab chiqarish hajmini olingan (yoki berilgan) daromadlarning miqdorini qayd etuvchi operatsiyalar oqimlarga misol bo'la oladi. Zaxiralar esa - iqtisodiy va sotsial o'zgarishlarni ma'lum bir sanadagi holatini ifodalovchi operatsiyalardir. Misol tariqasida, ombordagi mahsulotlarning oy boshidagi yoki oxiridagi holatini, asosiy kapitalning ma'lum sanadagi holatini, aholining yil boshidagi va oxiridagi holatini, mamlakatning oltin va valyuta zaxiralarining ma'lum bir sanadagi holatini ifodalovchi operatsiyalarni keltirish mumkin. Odatda, oqim va zaxira operatsiyalari yordamida biridan ikkinchisini keltirib chiqarish mumkin. Masalan, davr boshidagi va oxiridagi zaxiralar o'rtasidagi farq, shu o'tgan davrdagi o'zgarish(oqim)larni ifodalaydi. Dinamikada oqimlarni ifodalovchi ko'rsatkichlar orqali zaxira ko'rsatkichlarini topish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish va sotish hajmini bilgan holda ombordagi mahsulotning ma'lum bir sanadagi holatini bilish qiyin emas. Bir davrdagi oqim va zaxirani ifodalovchi ko'rsatkichlar orqali, shu davrga yoki keyingi davrlar uchun oqim yoki zaxira xarakteridagi ko'rsatkichlarni topish mumkin. Odatda operatsiyalar ikki birlik o'rtasida bo'ladi. Masalan, bir birlik ikkinchi birlikka tovar yoki boshqa aktivni bersa, ikkinchi birlik buning evaziga boshqa aktivni (shu tovar qiymatiga teng pul, tovar, xizmat) beradi yoki shu tovar qiymati miqdorida qarz(majburiyat) bo'ladi. Bunday xarakterdagi operatsiyalar ikki tomonlama operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalarda har doim bir tomonning ikkinchi tomonga talabi ortsa, o'z navbatida ikkinchi tomonning birinchi tomon oldida majburiyati ortadi. Iqtisodiyotda shunday operatsiyalar borki, bu operatsiyalarda bir birlik ikkinchi birlikka o'z tovar va xizmatlarini, boshqa aktivlarini berganda evaziga ikkinchi birlikdan hech narsa talab qilmaydi, ya'ni birinchi birlikning talabi, ikkinchi birlikning esa - majburiyati ortmaydi. Bu xarakterdagi operatsiyalar transfertlar deyiladi. Transfertlar-bir tomonlama iqtisodiy operatsiyalardan iborat. Bu operatsiyalar orqali bir institutsion birlikning boshqa institutsion birliklarga tovar va xizmatlarni, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, nomoddiy aktivlarga egalik huquqini bepul berish operatsiyalari aks ettiriladi. Transfert operatsiyalari mamlakat iqtisodiyotida ishtirok etuvchi rezident institutsion birliklar va rezidentlar bilan norezidentlar o'rtasida bo'lishi mumkin. Norezidentlar bilan bo'ladigan transfert operatsiyalari to'lov balansida va MHTning tashqi dunyo schyotlarida qayd etiladi. MHTda transfertlar xarakteriga ko'ra joriy va kapital transfertlarga ajratiladi. To'lov balansi metodologiyasida ular 1993-yilgacha joriy va kapital transfertlarga ajratilmagan. To'lov balansining 1993-yilgi nashrida transfertlar MHTdagi kabi joriy va kapital transfertlarni alohida-alohida operatsiyalar sifatida qayd etiladigan bo'ldi. MHTda joriy transfertlar pul va natura holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyotlarida qayd qilinsa, kapital transfertlar kapital xarajatlar schyotida qayd qilinadi. To'lov balansida esa, joriy transfertlar joriy operatsiyalar schyotida, kapital transfertlar kapital operatsiyalar schyotida qayd etiladigan bo'ldi. Transfertlarning joriy va kapital transfertlarga ajratilishining sababi ularning keyinchalik qay tarzda ishlatilishiga bog'liq. Agarda transfert sifatida berilayotgan yoki olinayotgan aktivlar ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilsa, bunday aktivlar kapital transfertlar, oraliq va yakuniy iste'mol sifatida ishlatilsa esa- joriy transferlar hisoblanadi. Odatda, kapital transfertlar bir hisobot yilidan ko'proq vaqtda ishlatiladigan aktivlardan iborat bo'ladi. Ya'ni, bu aktivlar bir hisobot yilida o'z qiymatini yo'qotmaydi va keyingi davrlarda ham ishlab chiqaruvchi asosiy vosita sifatida ishlatiladi. Joriy transfertlar - bir hisobot davrida iste'mol qilingani uchun, keyingi davrlarda ularning qiymati nolga teng bo'ladi. Ular schyotlarda oraliq va pirovard iste'mol sifatida qayd etiladi. Kapital transfert operatsiyalariga kapital tovarlar va ular bilan bog'liq transfert operatsiyalar kiradi. Ularga ishlab chiqarilmagan (masalan,yer va konlardan foydalanish huquqi), nomoddiy xarakterdagi aktivlar (masalan, patentlar, tovar belgilaridan va avtorlik huquqidan foydalanish huquqi), ish joylari, inshootlar, stanoklar, mashina va mexanizmlar, texnologik liniyalar va shu kabi aktivlar bilan bog'liq operatsiyalar kiradi.Bulardan tashqari, kapital transfertlarni norezidentlarga berilganda olinadigan soliqlar(merosga va sovg'a sifatida berilganda olinadigan soliq, berilgan mulkdan soliq) va qarzdan voz kechish operatsiyalari ham kapital transfert operatsiyalari hisoblanadi. Joriy transfertlarga kapital transfertlar tarkibiga kiritilmagan barcha transfert operatsiyalar kiradi. Ularga iste'mol tovarlarini va xizmatlarni boshqa birliklarga bepul berish va ko'rsatish; insonparvarlik va texnik yordamlar ko'rsatish misol bo'la oladi. Transfertlar pul va natura holatida berilishi mumkin. Pul holatidagi transfertlar bir birlikning ikkinchi birlikka naqd pul yoki hisob raqamiga pul o'tkazish yo'li bilan bergan pul miqdoridan iborat. Natura holatidagi transfertlar deganda, bir birlikning ikkinchi birlikka evaziga hech narsa olmay, tovar va aktivlarni berish, hamda xizmatlami ko'rsatish jarayoni tushuniladi. Natura holatidagi transfertlar ularning olingan (berilgan) davrdagi bozor baholaridagi miqdorida qayd etiladi. MHTda har bir operatsiya 2 martadan qayd etiladi. Ikki tomonlama operatsiyalarda aktivni bergan birlik uchun bu holat uning schyotida "ishlatilishi tarafida qayd etiladi. Aktivni olgan birlik uchun - schyotning "resurs” tarafida qayd etadi. Transfertlar esa, mos ravishda olingani "resurs"da, berilgani "ishlatilishi"da "transfertlar" deb qayd etiladi. Operatsiyalarni qayd etishda joriy va kapital xarajatlarni farqlash lozim. Kapital operatsiyalarga ikki birlik o'rtasidagi ishlab chiqarish vositalari (yer, binolar, inshootlar, stanoklar, texnik qurilmalar va uskunalar, mashinalar va h.k) ni ayirboshlash jarayonlari kiradi. Ishlab chiqaruvchi birliklar o'rtasidagi kapital operatsiyalar natijasida bir tomonning asosiy kapitali qanchaga ko'paysa, ikkinchi tomonda shunchaga kamamyadi. Operatsiyalarni qayd etishda, ularning qaysi guruhga va qaysi birliklarga tegishliligini bilish muhim ahamiyatga ega. Masalan, tovar va xizmatlami sotishdan, transfertlar sifatida, taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida oIingan daromadlarni bir-biridan farqlash Iozim. Ularning farqlanmasligi mamlakat miqyosida daromadlarni hisoblashda noaniqliklarga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish natijasida yaratilgan daromadlarni iqtisodiy birliklar o'rtasida shakllanishi, taqsimot va qayta taqsimot operatsiyalarini belgilangan tartibda mos schyotlarda alohida-alohida qayd etilishi lozim. Iqtisodiyotda qatnashuvchi birliklar o'z faoliyatlarini yuritishi uchun ma'lum bir daromad manbasiga ega bo'lishlari mumkin. Mablag'siz iqtisodiy faoliyat yuritish mushkul. Har turdagi institutsion birliklar uchun daromad manbai turlicha bo'ladi. Masalan, bozor uchun tovar va nomoliyaviy xizmatlar ishlab chiqaruvchi korxonaning asosiy daromad manbai shu tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan tushumlardan, mulkdan olgan daromadlaridan va transfertlardan iborat bo'lishi mumkin. Bir qarashda bu daromadlarning hammasi shu korxonanikidek ko'rinadi. Aslida esa, korxona yaratgan daromadlarining bir qisminigina o'z ixtiyorida qoldirishi va o'zi xohlaganday ishlatishi mumkin. Ya'ni, korxona daromadining ko'p qismi boshqa birliklarga tegishli ekanligini yaqqol ko'rish mumkin. Masalan, ish haqi ishchilarniki, soliqlar davlat boshqaruv idoralariniki, ishlab chiqarishda ishlatilgan tovar va xizmatlar sarfi esa shu tovar va xizmatlarni ishlab chiqargan ishlab chiqaruvchi birliklarniki. Bundan, shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday tushumlar ham shu birlikning daromadi bo'lavermaydi. MHTda daromadlar quyidagi turlarga bo'linadi: birlamchi daromadlar; o'zgartirilgan ixtiyordagi daromadlar; ixtiyordagi daromadlar. Birlamchi daromadlarga iqtisodiy birliklarning ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashganliklari uchun va mulkdan olgan daromadlariga aytiladi. Birlamchi daromadlar tarkibiga ish haqi, soliqlar va subsidiyalar, foyda va aralash daromad, olingan foizlar va dividendlar kiradi. Ixtiyordagi daromadlar tarkibiga birlamchi daromadlar va joriy transfertlar saldosi kiradi. O'zgartirilgan ixtiyordagi daromad ko'rsatkichi davlat boshqaruv idoralari, uy xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi notijorat tashkilotlar va uy xo'jaliklari sektorlariga xos bo'lgan ko'rsatkich hisoblanadi. Bu ko'rsatkich, yuqorida sanalgan sektorlar "ixtiyordagi daromad"ko'rsatkichlarini natura holidagi transfert operatsiyalari hisobiga o' zgarishini ifodalaydi. Iqtisodiyotda ishlab chiqaruvchi birliklar o'rtasidagi ayirboshlash operatsiyalarida bir birlik uchun daromad hisoblangan operatsiya ikkinchi birlik uchun sarf-xarajat hisoblanadi yoki aksincha bir birlik sarf-xarajat qilsa, ikkinchi birlik uchun daromad hisoblanadi. Demak, daromadlar bilan sarflar bir vaqtda sodir bo'ladi va ikkala birlik schyotlarida alohida - alohida operatsiya sifatida qayd etiladi. Institutsional birliklar tomonidan davlat birliklariga majburiy (qonun bilan belgilangan tartibda) ravishda to'lanadigan va o'rni qoplanmaydigan to'lovlarga soliqlar deyiladi. Subsidiyalar esa - davlat tomonidan institutsional birliklarga ishlab chiqarish faoliyatini yuritish, chetga tovar va xizmatni sotish va boshqa faoliyatlaridagi xarajatlarini qisman qoplash uchun to'lanadigan va qaytarib olinmaydigan to'lovlardan iborat. Aslini olganda soliqlar va subsidiyalar xarakteriga ko'ra bir-biriga o'xshash. Biri institutsion birliklar tomonidan davlat birliklariga to'lansa, ikkinchisi aksincha. Shu sababli, subsidiyalarni minus ishorali soliqlar deb, qarash mumkin. Ularning tasnifi, to'lash ko'rinishlari va iqtisodiyotda ular bajaradigan vazifalar ham o'xshash. Soliqlar va subsidiyalar pul, tovar va xizmat ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda, ular yashirin ko'rinishda bo'lishi mumkin. Agar ishlab chiqaruvchi tovar va xizmatni bozor bahosidan past narx bilan davlatga sotsa, bozor bahosi bilan sotib olingan narx o'rtasidagi farq yashirin soliq bo'ladi. Aksincha, esa subsidiya bo'ladi. Bundan tashqari, iqtisodiyotda bir necha valyuta ayirboshlash kurslari mavjud bo'lganda va tashqi savdo erkinlashmagan holatlarda ham yashirin soliqlar va subsidiyalar mavjud bo'lishi mumkin. Soliq va subsidiyalarning iqtisodiyotni boshqarishda tutgan o'rni va vazifasi juda muhim. Bozor iqtisodiyotida mamlakat iqtisodiyotini boshqarish va uni kerakli tomonga yo'naltirish boshqa moliyaviy vositalar bilan birga soliqlar va subsidiyalar stavkasi orqali amalga oshiriladi. Shu sababli, soliq va subsidiyalarning tabiatini va tasnifini to'g'ri ifodalash muhim ahamiyatga ega. Soliqlar va subsidiyalar mohiyatiga va to'lanish jarayoniga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi. Qo'shilgan qiymat solig'i - tovar va xizmat tayyor bo'lgandan so'ng va ishlab chiqaruvchi birlik tomonidan iste'molchiga berilayotgan (sotayotgan, ayirboshlayotgan) vaqtda to'lanadigan soliq bo'lib, uni iste'molchilar to'laydi. Soliqqa tortish bazasi sifatida ishlab chiqaruvchi birlikning shu tovar va xizmatni yaratishdagi hissasi, ya'ni qo'shilgan qiymati olinadi. Import solig'i - tovar va xizmatlarni norezidentlardan rezidentlarga o'tganda to'lanadigan soliq bo'lib, tovar yoki xizmatlarning bojxona (davlat) chegarasidan o'tish vaqtida to'lanadi. Soliq bazasi sifatida joriy baholardagi import hajmi olinadi. Eksport solig'i - tovar va xizmatlarni rezident birliklardan norezident birliklarga o'tganda to'lanadigan soliq bo'lib, tovar va xizmatlar iqtisodiy hududdan chiqib ketish vaqtida to'lanadi. Soliq stavkasi joriy baholardagi eksport hajmiga nisbatan belgilanadi. Bevosita ishlab chiqarish soIig'i - ishlab chiqaruvchi birliklarning ishlab chiqarish jarayonida olgan foydalaridan (daromadlaridan) to'lanadigan soliqlardan iborat, amaliyotda u to'g'ri soliq deb ham yuritiladi. Bu soliq ishlab chiqarishda ishlatiladigan yer, ish joylari, inshootlar va binolar, ishchi kuchidan foydalanganliklari uchun to'lanadigan soliqlar (yer va mulk solig'i, ekologiya va transport to'lovlari va h.k.) dan iborat. Mahsulot uchun soliq-ishlab chiqaruvchi birliklarning tovar yoki xizmatni boshqa institutsional birliklarga sotish (yoki berish va almashish) vaqtida to'laydigan solig'i bo'lib, tovar va xizmatning miqdoriga nisbatan aniqlanadi va u amaliyotda egri soliq deb ham yuritiladi. Soliq stavkasi mahsulot hajmiga nisbatan belgilanadi. Misol tariqasida mahsulot uchun soliqlarga qo'shligan qiymatga aksiz soliqlarini keltirish mumkin. Bevosita ishlab chiqarish uchun subsidiyalar - institutsion birliklarning ma'lum bir iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanganliklarini qo'llab quvvatlash maqsadida davlat tomonidan to'langan to'lovlardan iborat. Masalan, korxonaga tashqi muhitga ekologiyani buzadigan chiqitlarni miqdorini kamaytiradigan texnologiyani joriy etgani uchun subsidiya berilishi mumkin. Yoki, elektr ishlab chiqarish stansiyasida gaz o'rniga ko'mir ishlatgani uchun, import tovarlarini ishlatadigan korxonaga mahalliy xom ashyo ishlatgani uchun subsidiyalar joriy qilinishi mumkin. Mahsulot uchun subsidiyalar - davlat tomonidan institutsional birliklarga ishlab chiqargan tovarlari yoki ko'rsatgan xizmatlarining har bir birligiga nisbatan beriladigan to'lovlardan iborat. Mahsulot uchun soliqlarning bir qismini ishlab chiqaruvchi birliklarda qoldirilishi ham subsidiya sifatida hisobga olinishi lozim. Masalan, korxona uchun soliq bazasi 1000 birlik va qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20% belgilangan bo'lsin. Soliqning 40% (ya'ni stavkaning 8%) korxona ixtiyorida qoldirish belgilangan bo'lsin. Bu misolda qo'shilgan qiymat solig'i 200 ga teng va mahsulot uchun subsidiya 80 ga teng bo'ladi. Import subsidiyasi - davlat tomonidan institutsional birliklarga ularning rezident birliklarga belgilangan turdagi import mahsulotini yetkazgan yoki xizmatini bajargan vaqtlarida beriladigan to'lovlardan iborat. Import subsidiyasi stavkasi odatda import hajmiga mos ravishda belgilanadi. Masalan, korxona chet eldan aholi uchun zarur mahsulotni import qilishi va ichki bozorda sotishi natijasida zarar ko'rsa, bunday hollarda, ichki bozorda bu mahsulotlar tanqisligining va narxining ko'tarilishini oldini olish maqsadida, import subsidiyasi belgilanishi mumkin. Eksport subsidiyasi - davlat tomonidan institutsional birliklarga ular tovar yoki xizmatlami eksport qilganlarida beriladigan to'lovlardan iborat. Eksport subsidiyasi stavkasi eksport hajmiga mos ravishda belgilanadi. Eksport subsidiyasi ichki bozorda tovarlarning ko'payishi natijasida uning narxini keskin tushib ketishini oldini olish (ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish) va bu turdagi tovarlarni eksportga yo'naltirishni rag'batlantirish maqsadida beriladi. Institutsion birliklarning egalik huquqini tarqatish mumkin bo'lgan va ularni ishlatganda va boshqa birliklarga berganda va almashganda biror naf keltirishi mumkin bo'lgan iqtisodiy obyektlarga aktivlar deyiladi. Aktivlarni berishdan va olishdan ko'zlangan naflar - turli xil maqsadIarni amalga oshirishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Masalan: bir aktiv o'rniga boshqa turdagi aktivlarni olish va ulardan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish; aktivlarni ma'lum muddatlarga berish va evaziga daromadlar (foizlar, dividendlar) olish; aktivlarni ijaraga berish va ijara to'lovlari olish; aktivlarni bepul, insonparvarlik yoki texnik yordam sifatida berish(ma'naviy naf); aktivlardan jamg'arish vositasi sifatida foydalanish va h.k. Odatda bir birlik o'z aktivini ikkinchi birIikka iqtisodiy naf olish maqsadida berganda shu aktivga ekvivalent miqdordagi boshqa aktivga ega bo'lishi kerak. Lekin, amaliyotda aktivlarning ekvivalent almashishi har doim ham bir vaqtda sodir bo'lavermaydi. Shu sababli, olingan aktiv evaziga hali qaytarib berilmagan aktiv miqdori ikkinchi birlik uchun vaqtincha (ya'ni qaytarib berguncha), birinchi birlik oIdida qarz yoki majburiyat hisoblanadi. Odatda bu majburiyat miqdori ikkinchi birlik uchun passiv bo'ladi. Aktivlarning institutsion birliklar o'rtasida almashishi tomonlar o'rtasida mos ravishda bir tomonda aktiv sifatida qayd etilsa, ikkinchi tomonda passiv sifatida qayd etiladi. Agar aktivlarni berishdan maqsad iqtisodiy naf ko'rish bo'lmasa, ya'ni evaziga ekvivalent aktiv taIab etilmasa, bunday operatsiyalar ikkala tomonda ham mos ravishda transfert sifatida qayd etiladi. Iqtisodiyotda institutsion birliklar o'rtasida turli-tuman aktivlar almashuvi sodir bo'ladi. Ularning har birini mamlakat miqyosida alohida-alohida qayd etish amaliy jihatdan mumkin emas. Shu sababli, ularning mohiyatiga, kelib chiqishiga, bajaradigan vazifasiga va boshqa belgilariga qarab guruhlash iqtisodiy jarayonlarni hisobga olishda va yoritishda katta ahamiyatga ega.
MHTda aktivlar quyidagicha guruhlanadi:
1.NOMOLIYAVIY AKTIVLAR
2.MOLIYAVIY AKTIVLAR
Nomoliyaviy aktivlar: Ishlab chiqariladigan va Ishlab chiqarilmaydigan
Ishlab chiqariladigan aktivlar o’z o’rnida moddiy va nomoddiy aktivlarga bo’linadi.Moddiy aktivlarga moddiy asosiy fondlar (Uy-joy, bino va inshoatlar, konlar, ish o'rinlari, stanok va uskunalar, uzumzorlar, mevazorlar, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan chorva mollari va h.k.), moddiy aylanma mablag’lar (zaxiradagi tayyor ishlab chiqarilgangan mahsulotlar, butIovchi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlari, qayta sotish uchun olingan tovarlar), qimmatbaxo buyumlar, qiymatini uzoq muddat saqlaydigan moddiy aktrivlar (qimmatbaho metallar, toshlar va ulardan tayyorlangan buyumlar, san'at asarlari) kiradi. Nomoddiy aktivlarga esa nomoddiy asosiy fondlar (ishlab chiqarishda ishlatiladigan kompyuterlar dasturiy ta'minotlari va axborot bazalari, geologiya-qidiruv ishlariga bo'lgan sarflar, yaratilgan adabiy va badiiy asarlar asl nusxlari yoki ularga egalik huquqi) kiradi. Ishlab chiqarilmaydigan aktivlar ham moddiy va nomoddiy aktivlarga bo’linadi. Moddiy akktivlarga yer (binolar, inshootlar, yo'llar, suv omborlari joylashgan yerIar, qishloq xo'jaligini yuritishda ishlatiladigan yerlar), konlar (ko'mir, neft, gaz, rangli metallar, har xil rudalar konlari), tabiiy biologok resurslar (o'rmonlar, yovvoyi hayvonlar, tabiiy suv havzalaridagi baliqlar va boshqa foydali mahsulotlar), suv resurslari kiradi. Nomoddiy aktivlarga patentlangan iqtisodiy obyektlar, yer yoki boshqa ishlab chiqarish o'rinlariga ijara huquqi, faoliyat turi yoki ishlab chiqarish texnologiyasiga avtorlik yoki egalik huquqi, hali ishlab chiqarilmagan aktivlarga egalik huquqi va h.k.lar kiradi.
MOLIYAVIY AKTIVLARGA:

  1. Monetar oltin

  2. Naqd pullar va depozitlar

  3. Qimmatbaho qog’ozlar (aksiyalardan tashqari)

  4. Aksiyalar va boshqa aksiyadorlik kapitaliga egalik huquqini beradigan qog’ozlar

  5. Berilgan kreditlar

  6. Sug’urta rezervlari

  7. Debitorlik majburiyatlar

  8. Boshqa moliyaviy aktivlar.

Passivlar - boshqa birlik oldidagi majburiyat. Passivlar tasnifi aktivlar tasnifi bilan deyarli bir xil. Asosiy farq aktivdagi monetar oltin boshqalar uchun passiv bo'lmaydi. Bundan tashqari, aktivdagi debitorlik majburiyati(qarzi), berilgan kreditlar, boshqa moliyaviy aktivlar turlari o'miga mos ravishda passivda kreditorlik qarzi, olingan kreditlar va boshqa moliyaviy passivlar, deb yoziladi. Yuqorida keltirilgan aktivlar tasnifi tarkibi passivlar uchun ham o'rinli bo'ladi.

. BOB. O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA SCHYOTLAR TARKIBI VA HISOBLASH USULLARI




  1. Download 68.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling