Matnda ko‘p ma’noli so‘zning faqat bitta ma’nosi reallashadi. O`z va ko‘chma ma’no birikib
ko‘pma’noli so`zlar hosil bo`ladi.
Ko‘pma’nolilik quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
I.Lug‘aviy ko‘p ma’nolilik (polisemiya) – so‘zlarning va iboralarning ko‘p ma’noli
bo‘lishidir. U ikki turga bo‘linadi:
1.Leksik polisemiya (so‘zlar
):
bosh, ko‘z, yoqa, qo‘l, yo‘l, achchiq, qanot.
2.Frazeologik polisemiya (iboralar)
: yaxshi ko‘rmoq (yoqtirmoq, sevmoq), jar solmoq
(baland ovozda aytmoq, hammaga aytmoq), joni chiqmoq (o`lmoq, qo`rqmoq).
II.Grammatik ko‘p ma’nolilik (polisemiya) - qo‘shimchalarning ko‘p ma’noli
bo‘lishidir
(qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabati mavzusiga qarang). Masalan: ot
yasovchi:
-chi(ishchi, tovlamachi), -lik(yaxshilik, tepalik), -ki(-gi) (tepki, kuzgi); sifat yasovchi: -
li(kuchli, unumli), -lar(kitoblar, dadamlar..) kabi.
Mavzuni umumlashtiruvchi sharhlar
Insoniy fazilatlarga oid xalq maqollarini mustaqil tahlil qilish
(har bir o’quvchiga alohida bittadan beriladi)
1.
Ota oldidan o’tma,
Odob
oldidan ketma
2.
O’g`il ko’rsang, terak ekkin
3.
Borsang – qarindosh
Bormasang - begona
4.
Onasi
maqtagan qizni olma,
Yangasi maqtagan qizdan qolma.
5.
Qildan qiyiq qidirma.
6.
Bir qilgan – madad,
Ikki qilgan - odat
7.
It irillashni onasidan o’rganar
8.
Choyning oxirini otangga ham
berma
9.
Aravani ot oldiga chiqarib bo’lmas.
10.
Urgandan turtgan yomon
So’zlagandan so’kkan yomon
Mavzu bo’yicha topshiriqlar
Do'stlaringiz bilan baham: